4-bob. Umumiy montaj ishlarida ishlatiladigan yuk ko‘tarish mashinalari



Download 5,21 Mb.
bet1/24
Sana31.03.2022
Hajmi5,21 Mb.
#520378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
yuk kotarish

4-BOB. UMUMIY MONTAJ ISHLARIDA ISHLATILADIGAN YUK KO‘TARISH MASHINALARI


Uskunalarni texnologik montaj qilish eng kam harajat talab qilinadigan kuch va vositalarda montaj qilishning eng rasional usullarini ta’minlovchi tegishli mexanizmlar, moslamalar va asboblarni tanlashni ko‘zda tutadi.
Montaj ishining texnik vositalarini tanlash asoslangan bo‘lishi kerak, ularning narxlarini hisobga olish zarur. Montaj ishlari narxini barcha o‘lchovlarda kamaytirish zarurligini nazarda tutgan holda, agar zaruriyati bo‘lmasa, mexanizmning noyob vositalaridan foydalanish shart emas.
Kimyo va qurilish materiallari korxonalaridagi uskunalarni montaj qilishda barqaror yuk ko‘taruvchi kranlar keng qo‘llaniladi. Bu yuk ko‘tarish kranlari katta va turli yo‘nalishda harakat qilaoladigan hamda yukori ish unumdorligi bilan xarakterlanadi. Kranlarning afzalligi shundaki, ulardan foydalanganda, qiyin tayyorgarlik ishlarining bajarish zarurati sezilmaydi.
Montaj maydonchasida asosan o‘ziyurar, strelali kranlar qo‘llaniladi. Uskunani montaj qilishda agar loyihada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, yuk ko‘tarish operasiyalari minorali, machtali, chorpoyali va ko‘prikli kranlarda shuningdek, kabel kranlarda bajariladi. O‘rmalovchi, zanjirli kranlarning yuk ko‘tarishi 1MNga yetadi. Ular yaxshi harakatlanganligi bilan xarakterlanadi va harkanday maydonchada yengil siljiydi. Baland bo‘lmagan uskunalarni ko‘chirish uchun gusenisali traktorlar asosida tayyorlangan quvur yotqizuvchi kranlar qo‘llaniladi.
O‘ziyurar strelali kranning ruxsat etilgan yuk ko‘tarishi uning ishchi xarakteristikasiga mos kelgan strela uzunligi va quloch kattaligi bilan aniqlanadi. Yuk og‘irligi va moslangan strela og‘irligi yuzaga keltiradigan ag‘daruvchi momenti, kranning ishlashi vatida shamol kuchi va tushayotgan yukni tormozlanganda yuzaga keladigan inersion kuch hisobiga kattalashadi.
Shuning uchun kran og‘irligi va qarama-qarshi og‘irlik orkali yuzaga keladigan ushlab turuvchi moment ag‘daruvchi momentdan kamida 1,4 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Ushlab turuvchi momentni ag‘daruvchi momentga nisbati barqarorlik (zahirasi) koeffisienti deb ataladi.
Ish xarakteriga ko‘ra bu mashinalar davriy harakat qiluvchi mashinalar hisoblanadi. Ularning asosiy parametrlaridan biri yuk ko‘tarish qobiliyatidir. Yuk ko‘tarish qobiliyati massa birligi (kg,t) da belgilanadi.
Yukning og‘irlik kuchi uning massasi va erkin tushish tezligiga bog‘liq bo‘lganligidan, uning birligi qilib (n,kn va mn) belgilanadi. Bundan tashqari yuk ko‘tarish kranlari xizmat ko‘rsatish maydoni yukni ko‘tarish balandligi va qulochi, ish jarayoni harakati tezligi, massasi, sarflanadigan quvvati va tayanchlariga tushadigan yuklar qiymati bilan xarakterlanadi. Yuk ko‘tarish kranlarining yuk ko‘tarish qobiliyati ilgakning qulochiga bog‘liqdir. Ilgakning qulochi deb, kranning burilish qismi o‘qidan yuk ko‘taruvchi ilgakkacha bo‘lgan masofaga aytiladi. SHuning uchun kranlar yuk momenti (yukning og‘irlik kuchini yuk yelkasi ilgakning qulochiga ko‘paytmasi) bilan harakatlanadi. Ishlash ko‘lamiga ko‘ra, kranlariga konsolli kranlar, stasionar-machtali, machta strelali, minorali, strelali, o‘ziyurar kranlar, yordamchi yuk ko‘tarish mashinalari va maxsus quvur yotqizuvchi kranlar kiradi.

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish