3. Музокаралар олиб бориш услублари. Музокараларга тайёргарлик кўриш ва уларни ўтказиш. Музокаралар якуни бўйича хулоса қилиш


Шахсий фазилатлар. Бу устунда иш қидирувчининг фақатгина бўлажак ишига ёрдам берувчи фазилатлари кўрсатилиши мақсадга мувофиқ. 8



Download 154,57 Kb.
bet16/46
Sana23.07.2022
Hajmi154,57 Kb.
#840916
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Bog'liq
metodoliyadan nazariy javoblar shaxsiy yoq

7. Шахсий фазилатлар.
Бу устунда иш қидирувчининг фақатгина бўлажак ишига ёрдам берувчи фазилатлари кўрсатилиши мақсадга мувофиқ.
8. Аввалги иш жойидан тавсияномалар.
Резюменинг охирида аввалги иш жойидаги раҳбарнинг тўлиқ исми-шарифи ва контакт телефони кўрсатилиши мақсадга мувофиқдир. Бу маълумотлар бўлажак иш берувчи ёки унинг вакилига иш қидирувчининг касбий маҳорати ва унга оид бошқа маълумотларни аниқлаб олиш учун керак.
Резюменинг энг охирида иш қидирувчи томонидан янги ишни бажаришга киришиш вақти ва ўзи умид қилаётган тахминий ойлик иш ҳақи миқдори кўрсатилиши мумкин. 
РЕЗЮМЕ ТУЗИШДАГИ ХАТОЛАР 
Резюме тузишда қуйидаги холатлар хато деб баҳоланади:
1. Номзоднинг меҳнат фаолияти, маълумоти, тажрибасининг янги иш берувчининг талаблари ёки таклиф қилинаётган лавозимга номувофиқлиги.
2. Резюменинг жуда қисқалиги.
3. Меҳнат фаолияти давомида иш жойи тез-тез ўзгарган бўлса, унинг объектив сабабларини кўрсатмаслик ҳолати.
4. Касбий ўсиш ҳолатларини далиллаб кўрсата олмаслик.
5. Турли ўқув курслари ва семинарлар сонига хаддан ташқари урғу бериш.
6. Керак бўлмаган маълумотлар, лирик чекинишлар ёки ўринсиз юмордан фойдаланиш.
7. Грамматик хатоларга йўл қўйиш.
8. Сурат. 
ҲУҚУҚШУНОС РЕЗЮМЕСИНИ ТУЗИШ УЧУН ТАВСИЯЛАР 
Резюме тузиш учун қуйидаги маслаҳатларга риоя этиш тавсия этилади:
1. Резюмени ёзишда сифатли қоғоздан фойдаланинг.
2. Резюмеда акс эттирилган ҳар бир саволга жиддий ёндашган ҳолда жавоб ёзинг.
3. Фақатгина ҳақиқатан ҳам сиз учун муҳим бўлган маълумотларни ёритинг.
4. Фикрингизни тўлиқ, қисқартиришсиз ифодаланг.
5. Фикрингизни ҳозирги замонда шакллантиринг.
6. Резюмени ёзиб бўлгандан сўнг, уни яна бир маротаба диққат билан ўқиб чиқинг, балки баъзи бир тузатишлар киритиш лозим, деб топарсиз. 

9-KAZUS muzokara olib borish bu ham


Nyu-Yorkdagi telefon kompaniyasi oʻz tarixi mobaynida eng badjahl mijozga duch keldi. Bir kuni bu odam mijozlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻini ham urishib tashladi. U bunday ishlarni aʼlo darajada uddalar, telefon simlarini tag-tugi bilan yulib tashlayman, deb qoʻrqitardi. Notoʻgʻri hisoblangan deya daʼvo qilib, toʻlovdan ham bosh tortardi. U gazetaga yozgan, aholiga xizmat koʻrsatish kompaniyasiga son-sanoqsiz shikoyatlar joʻnatgan va telefon kompaniyasiga qarshi bir necha sud jarayonlarini boshlab yuborgan edi.
Nihoyat, kompaniya rahbariyati “osoyishtalikni buzuvchi” bu mijozning huzuriga nizolarni hal etish boʻyicha eng tajribali mutaxassisni joʻnatdi. U esa tinib-tinchimagan mijozning bor gapni aytib olishiga imkon berdi. Telefon kompaniyasi vakili sabr bilan tingladi. Oʻz hamdardligi va tushunganini ifodalash uchun, onda-sonda “ha” soʻzini qoʻshib turdi.
“Bu odam hamma yoqning toʻs-toʻpolonini chiqardi, men esa uni deyarli uch soat tingladim, – dedi mutaxassis. – Shundan soʻng yana huzuriga bordim va tagʻin tingladim. Toʻrt marta muloqotda boʻldim va toʻrtinchi suhbat oxiriga kelib u tashkil etayotgan tashkilotning taʼsischilaridan biriga aylandim. Bu tashkilotni “Telefon tarmogʻi abonentlarini himoya qilish assotsiatsiyasi”, deb atadi. Men mazkur assotsiatsiya aʼzosiman va hozir, bilishimcha, uning yagona aʼzosiman.
Men tinglar va suhbat vaqtida u tilga olgan har bir masala boʻyicha hamdardligimni bildirardim. Bu odam oʻzi bilan shu tarzda gaplashgan birorta ham telefon kompaniyasi vakilini uchratmagan edi. U menga nisbatan asta-sekin doʻstona munosabatda boʻla boshladi. Birinchi uchrashuvda tashrifim maqsadi haqida, hatto gapirmagandim ham. Bu haqda ikkinchi, uchinchi uchrashuvda ham aytilmadi, lekin toʻrtinchi uchrashuvdan keyin ish toʻliq hal boʻldi. U barcha hisob-kitoblar boʻyicha toʻliq pul toʻladi. Qolaversa, telefon kompaniyasi bilan kechgan nizodan beri birinchi marta koʻngilli ravishda oʻzining shikoyatlarini qaytarib oldi. Shikoyatlar aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha komissiyaga joʻnatilgandi. Shubha yoʻqki, u oʻzini uyatsizlarcha ekspulatatsiya qilinayotgan fuqarolarni himoya qiluvchi inson, deb hisoblardi. Haqiqatda esa, u faqat oʻz qadrini his etishni xohlardi. Boshida bunga faol noroziligi va shikoyatlari bilan erishmoqchi boʻldi. Lekin kompaniya vakili suhbat natijasida oʻz qadrini his eta boshlagani zahoti, tasavvur qilgan barcha noroziliklari tutun kabi tarqab ketdi”.
(1) Mazkur vaziyatda mutaxassis mijozda yaxshi taassurot qoldirish uchun qanday yoʻl tutdi? Javobingizni izohlang.
(2) Kompaniyaning tajribali mutaxassisi mijoz bilan muloqotda muzokara oʻtkazish boʻyicha berilgan tavsiyalarning qaysilarini qoʻlladi?
(3) Kompaniyaning ijobiy imijini saqlab qolish uchun mutaxassis kasb etika talablariga rioya qildimi?
(4) Nizoni hal qilishda samarali deb hisoblagan qanday yondashuvlarni bilasiz? Fikringizni izohlang.
10-KAZUS
25 yoshimda kompaniyaning direktor lavozimiga tayinlandim. Xizmat vazifamdan kelib chiqib turli insonlar: amaldorlar, biznesmenlar bilan muzokaralar olib borishimga toʻgʻri keldi. Ruxsatnoma, lizensiya, sertifikat, ijara, meditsina xulosasini olish boʻyicha masalalarni hal qilishga toʻgʻri kelardi. Ayniqsa, bitta muzokara xotiramda qolgan. Mening opponentim – toʻqsoninchi yillarda avtokombinatni xususiylashtirish orqasidan boyib ketgan, katta konsern egasi. Shahar markazida ofis, qoʻriqlov xizmati. Men bunday insonlar bilan bemalol tengma-teng gaplasha olaman degan fikrda edim. Oʻzimni muzokaralar qiroli deb hisoblardim. Belgilangan vaqtda uchrashuvga keldim. Qoʻlimda bir quti shokolad. Qimmatbaho mebellar qoʻyilgan katta xonaga kirdim. Mening opponentim kresloda gazeta oʻqib oʻtirardi.
- Ivan Petrovich, mening ismim Igor Romanovich, siz bilan arenda masalasida gaplashgani keldim.
- .............. (U hatto boshini ham koʻtarmadi).
- Men Minskdagi katta kompaniyani vakiliman.
- ................
- Biz sizning joylaringizni koʻrib chiqib ijaraga olishga tayyormiz....
- Yigitcha, (gapimni boʻlib) nimaga meni yonimga kelding?
- ....Ivan Petrovich, siz bilan ijara masalasida gaplashgani......
- Romanovichmi, oting nimaydi. Sendaqalar tiqilib yotibti. Shartlarimiz yoqmasa, katta koʻcha. ...Konfetlaringni olib ket, qizlarga berasan.
Men sarosimaga tushib qoldim va biz uchun qulay boʻlmagan shartlarni qabul qilishga majbur boʻldim.
(1) Oʻzini muzokaralar qiroli deb hisoblaydigan bu yigit bilan nima uchun bunday holat sodir boʻldi? Muammoni sababini aniqlang.
(2) Opponentlarning xatti-harakatlarida kasb etikasi talablariga rioya qilinganmi? Fikringizni izohlang.
(3) Mazkur vaziyatda suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirishning qanday usullaridan foydalangan boʻlar edingiz? Yoritib bering.

Download 154,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish