Esse mavzusi: "Nima uchun Oʻzbekiston tarixini bilish shart?" Reja



Download 19,99 Kb.
bet1/8
Sana01.06.2023
Hajmi19,99 Kb.
#947379
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-topshiriqoʻzbekistontarixi



Esse mavzusi:
"Nima uchun Oʻzbekiston tarixini bilish shart?"
Reja:

  • Kirish

  • Asosiy Qism

  • Xulosa

1.Kirish
Tarix” so‘zi arabcha bo‘lib, “o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nosida ishlatiladi. Demak, tarix odamzotning turli davr va sharoitlardagi kechmishi, insonning hayot uchun kurashi, turli qiyinchiliklarni yengishga, bunyodkorlikka, odamiylikka, ezgulikka intilishi haqida aniq dalillar bilan hikoya qilar ekan. “O‘zbekiston tarixi” fanini xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi ko‘zgu va ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar to’plami desak bo’ladi. U xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va shonli o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishga, uni tushuntirishga qaratilgan.

2. Asosiy Qism
Shuni aytib o’tmoqchi edimki, yuqorida berib o’tilgan savolga davlatimizning birinchi prezidenti marhum Islom Abdug’aniyevich Karimovning aytib o’tgan gaplari keng ma’noda javob bo’la oladi: “Har bir fuqaroni, jumladan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanligini anglashga undaydi”. Shunday ekan, O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan cheklanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi.
Mening fikrimcha, O‘zbekiston tarixi fani boshqa fanlar orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki u ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, xalqimizning o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zini-o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy poydevor hisoblanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, “ Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba–bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. ” Bizning oldimizdagi vazifa esa tarixiy xatolardan xulosa chiqarib, o’gitlardan saboq olib ish yuritishdir. Hozirgi kunda ham yurtimizda olib borilayotgan siyosat, iqtisodiy munosabatlar va albatta davlatimiz boshqaruvi, hammasi tarixdan xulosa qilib, adjodlarimiz o’gitlaridan saboq olgan holda amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida tarixda parchalanib ketgan ko’plab davlatlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, arab xalifaligi davrini oladigan bo’lsak, islomni qabul qilmaganlardan ko’p miqdorda soliq olinganligi ayovsiz chora tadbirlar olib borilganli sababli, tohiriylar davrida esa soliqlar haddan ziyod ko’payib( yiliga 48mln dirhamni tashkil qilgan) aholi qiynalib qolganligi va shu kabi sabablarga ko’ra davlatlar inqirozga yo’l tutganligini bilishimiz mumkin. Bu xatolardan xulosa chiqarishimiz kerak bo’lsa, davlatni boshqarishda , rivojlantirish yo’lida olib borilgan ishlardan biri - amaldorlardan dunyoviy va diniy bilimlar birdek talab qilinganligi, bu esa davlatni tez fursatda yuksalishida katta ahamiyat kasb etganligi bizga o’rnak olishimiz kerak bo’ladigan bir saboq deb o’ylayman.
3. Xulosa
Demak, O’zbekiston tarixi fani tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, halollik, mehr–oqibat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi fazilatlarni shakllantirishga yordam berar ekan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tarix–bu tafakkur bulog‘i. U bizni o‘tmish voqealariga ochiq ko‘z bilan qarashga, oq qorani aniqroq ko‘rishga, ziyraklik bilan anglashga o‘rgatadi, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. Shunday ekan, tariximizning buyuk murabbiy ekanligini doimo yodda tutmog’imiz lozim.



Download 19,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish