“Ilm olish sirlari” kitobiga taqriz
Afsuski, hozirgi kunimizda yoshlarni ko’p qismi o’tkunchi hoy-u-havaslarga aldanib vaqtlarini zoya qilayotgan bir vaqtda shu va shunga o’xshash kitoblarni ko’paytirib, ularni keng ommaga yetib borishiga har birimiz hissa qo’shib, birinchi navbatda o’zimizni, so’ngra boshqalarni jaholat botqog’idan chiqarishimiz kerak. “Men yetuklik sari qadam tashlayman hamda unda bardavom bo’laman, oilamga va jamiyatga foyda keltiraman” deb jiddu-jahd qilgan har bir yoshga bu kitob ayni muddaodir.
Inson albatta ilm bilan tirikdir, ya’ni uning jasadi uchun ozuqa kerak bo’lganidek, ruhi uchun ozuqa bu – ilm hisoblanadi. Insonda hosil bo’ladigan haqiqiy ilm – Alloh taoloning Odam alayhissalom va uning zuriyotlariga berilgan ulkan martabasi va najotidir. Buni anglamoq uchun, avvalambor, bu kabi kitoblarni o’qib va uni chuqur uqish kerakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |