Reja:
Kirish
1. Fuqarolarning mehnat munosabatlariga oid huquqlarini amalga oshirishning shakli sifatida mehnat shartnomasi tushunchasi va uning taraflari
2. Mehnat munosabatlarini tuzishning umumiy tartibi
3. Ayrim turdagi mehnat munosabatlarini tuzishning o„ziga xos xususiyatlari
4. Xulosa.
ANNOTATSIYA
Mehnat huquqi fanidan taqdim etilayotgan mehnat shartnomasini tuzish mavzusidagi referat mehnat huquqi fani asosida yoritib berishga harakat qilindi. Ushbu mavzuda, mehnat shartnomasi tushunchasi, mehnat shartnomasi turlari, mehnat shartnomasini tuzish tartibi, ayrim turdagi mehnat shartnomalarini tuzishning o„ziga xos xususiyatlari va boshqa masalalar yoritib berildi.
Mehnat shartnomasini tuzish mavzusini o„rganish va puxta o„zlashtirish talabalarda mehnat qonunchiligini shakllanishida muhim o„rin egallaydi.
Kirish
Mamlakatimiz o„z mustaqilligini qo„lga kiritganidan keyin erkin iqtisodiy munosabatlar makonini yaratishni o„z oldiga maqsad qilib oldi hamda barcha sohalarda bozor iqtisodiyoti talablarini aks ettirgan islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Buning uchun mustahkam huquqiy asos sifatida 1992 yilda o„z Konstitutsiyasini qabul qildi. Bugungi kunda barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib kelayotgan oliy yuridik kuchga ega bo„lgan mazkur Asosiy qonun har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash hamda qonunda nazarda tutilgan hollarda ishsizlikdan himoyalanish huquqlarini kafolatlab qo„ygan.
Konstitutsiyamizda o„z ifodasini topgan fuqarolarning mazkur huquqlarini amalga oshirish yuzasidan mamlakatimizda ko„plab maxsus qonunlar, qonunosti normativ hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi1, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to„g„risida2”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to„g„risida3”gi, “Aholini ish bilan ta'minlash to„g„risida4”gi qonunlar fuqarolarimizning mehnat qilishga bo„lgan huquqlarni ro„yobga chiqarilishida huquqiy asos bo„lib xizmat qilmoqda.
1 Ўзбекистон Республикаси меҳнат қонунчилиги бўйича меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами. Т: Ўзбекистон, 2006 й.
2 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. Т: Адолат, 1992 й. 6-сон, 72-бет.
3 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. Т: Адолат, 1993 й. 8-сон, 103-бет.
4 Ўзбекистоннинг янги қонунлари.Т: Адолат, 1998 й. 19-сон, 191-бет.
Shuningdek, mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari har bir xodimning adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, hayoti va sog„lig„i muhofaza qilinishini ta'minlash, g„ayriqonuniy ravishda ishdan bo„shatishdan himoyalash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Xodimlarning hayoti va sog„lig„iga xavf tug„diruvchi har qanday holatlar va ularni sodir bo„lishiga sabab bo„lgan korxona, tashkilot, muassasalar va ularning rahbarlari mehnat qonunchiligiga muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar.
O„zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi fuqarolarning mehnat qilish hamda adolatli mehnat sharoitlarida ishlashga oid konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish yuzasidan bir qancha qoidalarni o„ziga biriktirgan. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarning o„z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo„lmagan 4
miqdorda haq olish, muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o„rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to„lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ish bilan bog„liq holda sog„lig„iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o„rnini qoplash, kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish, qariganda, mehnat qobiliyatini yo„qotganda, boquvchisidan mahrum bo„lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqlarini belgilab qo„ygan.
Yuqoridagi barcha holatlarning vujudga kelishi eng avvalo ish beruvchini xodim bilan mehnat munosabatlariga kirishiini, ularni huquq va majburiyatlar bilan bog„lovchi mehnat shartnomasiga to„g„ridan-to„g„ri bog„langan. Shunday ekan mehnat shartnomasini tuzish tartibiga ham o„zaro huquq va majburiyatlar tug„diruvchi yuridik fakt sifatida alohida ahamiyat kasb etishi juda muhimdir. 5
Do'stlaringiz bilan baham: |