2. Mehnat munosabatlarini tuzishning umumiy tartibi Ayrim turdagi mehnat munosabatlarini tuzishning o„ziga xos xususiyatlari


Mehnat munosabatini tuzishning umumiy tartibi



Download 32,53 Kb.
bet4/11
Sana30.12.2021
Hajmi32,53 Kb.
#193177
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2. Mehnat munosabatini tuzishning umumiy tartibi

Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlar darajasi pasaytirilishi mumkin emas.

Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Mehnat shartnomasining shakli O„zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy mehnat shartnomasini xisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mazkur yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar tasdiqlangan.

Mazkur Tavsiyalar va Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, ya'ni ish beruvchilarga va xodimlarga mehnat shartnomalari (kontrakt) tuzishda amaliy yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo„lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.

Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko„rsatiladi.

Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo„lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, uning tasdiqlangan muddati ko„rsatiladi. Bunday tasdiqlash imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ko„rsatadi.

Mehnat shartnomasi (kontrakt) sanasi ko„rsatilgan holda imzolar bilan tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilot ishga qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxsning imzosini gerbli muxr bilan tasdiqlaydi (gerbli muxr bo„lmagan taqdirda imzoning haqiqiyligi va vakolatliligini tasdiqlovchi boshqa muxr bilan tasdiqlanadi).

Mazkur tavsiyalarda ko„rsatilganidek, xodimning talabiga ko„ra, mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuxiladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bil xil kuchga ega bo„ladi.

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) ishga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqarish uchun asos bo„lib hisoblanadi.

Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mazmuniga zid bo„lmasligi kerak.

Mehnat shartnomasining muddatlari Mehnat kodeksining 75-moddasida ko„rsatilgan. Bunga ko„ra: mehnat shartnomalari; nomuayyan muddatga; besh yildan ortiq bo„lmagan muayyan muddatga; muayyan ishni bajarish vaqtiga mo„ljallab tuziladi.

Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko„rsatilmagan bo„lsa, bunday holda mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga mo„ljallab qayta tuzilishi mumkin emas.

Muhimi shundaki, Mehnat kodeksining 76-moddasida muddatli mehnat shartnomasi tuzishga yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan holatlar alohida ta'kidlab o„tilgan. 11


Muddatli mehnat shartnomalari bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini xisobga olib, nomuayyan muddatga mo„ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo„lmagan hollarda, korxona rahbari, uning o„rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxona bosh buxgalter lavozimi bo„lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuziladi.

qonunga binoan, ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo„l qo„yiladi. 15 yoshga to„lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o„rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta'lim maktablari, xunar-texnika bilim yurtlari va o„rta maxsus o„quv yurtlarining o„quvchilarini 14 yoshga to„lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o„rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarning sog„lig„iga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o„qishdan bo„sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qubul qilishga yo„l qo„yiladi.

18 yoshga to„lmagan shaxslarni ishga qabul qilish Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Kodeksning 78-moddasiga binoan, ishga qabul qilishni g„ayriqonuniy ravishda rad etishga yo„l qo„yilmaydi. Ishga qabul qilishni g„ayriqonuniy ravishda rad etish deb quyidagilar hisoblanadi:

ushbu Kodeksning 6-moddasi talablarini buzish;

ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo„lgan shaxslarni (belgilangan kvota xisobidan ishga yuborilgan nogironlar va 18 yoshga to„lmagan shaxslarni, xomilador ayollar va 3 yoshga to„lmagan bolalari bo„lgan ayollarni tegishincha ularning xomiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.

Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi 3 kun muddat ichida rad etishning sababini asoslab yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo„lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo„lishi lozim. Ishga kiruvchining bunday asoslantirilgan javobni berish haqidagi talabni qondirishni rad etish xodimning ishga qabul qilish g„ayriqonuniy ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilishiga to„siq bo„lmaydi.

Kodeksning 79-moddasiga muvofiq, qarindosh-urug„larning bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari cheklangan.

Bu qoidaning mazmuni shundan iboratki, o„zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo„lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o„g„il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo„ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo„lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari ta'qiqlanadi.

O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori bilan davlat (aksiyadorlik) korxonalarining birga xizmat 12
qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo„lgan xodimlari ro„yxat tasdiqlangan.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni ish beruvchiga taqdim etishi lozim:

pasport yoki uning o„rnini bosadigan boshqa hujjatni, 16 yoshgacha bo„lgan shaxslar esa tug„ilgan to„g„risidagi guvohnoma va turar joydan ma'lumotnomani;

harbiy xizmatga majburlar yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchilar tegishli harbiy bileti yoxud harbiy xisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

qonun hujjatlariga muvofiq, maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo„lgan ishlarga kirayotganda oliy va o„rta maxsus o„quv yurtini tamomlaganligi to„g„risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni.

Masalan, O„zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog„lig„ini saqlash to„g„risida” 1996 yil 26 avgustdagi qonunga muvofiq, tibbiyot hamda farmatsevtika faoliyati bilan shug„ullanish uchun oliy va o„rta maxsus o„quv yurtini tamomlaganlik to„g„risida diplom talab qilinadi.

Qonunchilikda ayrim lavozimlarda ishlash uchun bulardan tashqari soxa bo„yicha muayyan mehnat staji hamda shu sohada ishlash huquqini beruvchi litsenziya talab qilinadi.

O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda tasdiqlangan Xavo kodeksining 49-moddasiga ko„ra, xavo kemalari parvaozini amalga oshirish va bu parvaozlarni ta'minlash bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlari tegishli faoliyatni amalga oshirish guvohnomasiga ega bo„lishlari lozim.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko„rsatilmagan hujjatlarni talab qilish ta'qiqlanadi.

Mehnat kodeksining 81-moddasiga binoan, ish beruvchi korxonada besh kunlan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o„rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Xozirgi kunda O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 29 yanvarda 402-raqam bilan ro„yxatga olingan Mehnat daftarchasini yuritish tartibi to„g„risida Yo„riqnoma mavjuddir.

Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo„lib, mulkichilik va xo„jalik yuritish shaklidan qat'iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda besh kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan muddatga yollanganlarga, shuningdek davlat ijtimoiy sug„urta qilinishi ko„zlangan taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga ham yuritiladi.

Ish beruvchilar har bir xodim uchun mehnat daftarchalari ochishlari, zarurat bo„lganda ish davrini ish stajiga kiritish uchun xodimlarni ish davri to„g„risida ma'lumotnomalar berishlari shart.

Mehnat daftarchalari O„zbekiston Respublikasining davlat tilida, Qoraqalpog„iston Respublikasida esa qoraqalpoq yoki O„zbekiston Respublikasi davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to„ldiriladi.

Mehnat daftarchasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi.

Xodim to„g„risida: familiyasi, ismi va otasining ismi, tug„ilgan sanasi, ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi va lavozimi. 13


Ish to„g„risida: ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o„tkazish (jamoa shartnomasida ko„rsatilgan hollarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan vaqtincha boshqa ishga o„tkazish bundan mustasno), mehnat shartnomasini bekor qilish to„g„risida.

Shuningdek, xodimning iltimosiga ko„ra, mehnat daftarchasiga o„rindoshlik asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga o„tkazilgan davrlari haqidagi yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari), mehnat daftarchasida yozilmaydi.

Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o„tkazilishi kabi barcha turdagi yozuvlar ish beruvchi tomonidan buyruq berilgandan so„ng kiritiladi va bu yozuv buyruqning mazmuniga mos bo„lishi shart.

Belgilangan tartibda Yagona tarif-malaka ma'lumotnomasida va xizmat mansablarining yagona ro„yxati, yoxud lavozimlar jadvalida ro„y bergan o„zgarishlar yoki qo„shimchalar to„g„risidagi ma'lumotlar xodimlar e'tiborlariga yetkazilib, so„ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug„i asosida tegishli o„zgartirish yoki qo„shimchalar kiritiladi.

Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi malaka darajasi berilgan bo„lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim ikkinchi va undan keyingi kasblarni o„rgangan taqdirda, bu to„g„rida mehnat daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari ko„rsatilib qayd qilinadi.

Xodim yangi o„rgangan kasbi bo„yicha ish bajargan taqdirda, mehnat daftarchasiga bu to„g„rida tegishli yozuv kiritiladi.

Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasi bekor bo„lganligi to„g„risidagi yozuv amaldagi qonun talablariga mos bo„lishi, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) to„g„risida yozuv kiritilmasligi shart.

Xodim bilan ish beruvchi o„rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimning mazkur tashkilotda ishlagan davrida mehnat daftarchasiga ishi to„g„risida ma'lumot (yozuvlar) korxona rahbari yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona yoki xodimlar bo„limining muhri bilan tasdiqlanadi.

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqida buyruqning nusxasi berilishi shart. Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o„rtacha oylik ish haqi to„lanadi.

Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug„i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo„ladi.

Korxona rahbarini, uning o„rinbosarlari, bosh buxgalterni ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo„lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o„zi vakil qilgan organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi, boshqa organlar orqali amalga oshiradi.

Korxona rahbari mulkdor unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi.

Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to„la muvofiq ravishda chiqarilishi kerak.

Buyruq xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi. 14


Ishga qabul qilish huquqiga ega bo„lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo„lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat'iy nazar, ish boshlangan kundan e'tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.

qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada belgilab qo„yilgan kundan boshlab o„zining mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog„i kerak.

Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bo„lsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kunining (smenaning) ertasidan kechikmay ishga tushmog„i lozim.

Xodim o„ziga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtirilishi shart (Mehnat kodeksining 178-moddasi).

Mehnat shartnomasi dastlabki sinov belgilash sharti bilan tuzilishi mumkin. Bundan ko„zlangan maqsad xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko„rish hamda xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishini aniqlashdan iboratdir.

Dastlabki sinovni o„tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo„lishi lozim. Bunday shartlashuv bo„lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Ayrim toifa xodimlar, jumladan, xomilador ayollar, uch yoshga to„lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz davri va xodim uzrli sabablarga ko„ra ishda bo„lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.

Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat qonunchiligi va korxonada o„rnatilgan mehnat shartlari to„liq tadbiq etiladi. Bu davr mehnat stajiga kiritiladi. Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlatirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Taraflar kelishgan taqdirda ogohlantirish muddati qisqartirilishi mumkin.

Ogohlantirish muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo„lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi, mehnat shartnomasi bundan keyin faqat umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin. 15


Download 32,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish