1-seminar mashg’uloti
Mavzu: Mutaxassislik fanlarini kasbga yo’naltirib o‘qitishning maqsad va vazifalari
Savollar:
1. Mutaxassislik fanlarni kasbga yo’naltirib o‘qitishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari nimalardan iborat?
2. Hozirda mutaxassislik fanlarni o‘qitishning qanday samarali yo‘llari joriy etilmoqda?
3. O‘quvchi-talabalarning umumkasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari haqida gapiring?
4. Mutaxassislik fanlar bo‘yicha ta’lim berishning takomillashtirish yo‘llari nimalardan iborat?
5. Mutaxassislik fanlarni kasbga yo’naltirib o‘qitishda ta’lim tamoyillarining ahamiyati?
Javoblar:
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va unda oliy ta’lim: bakalavriat va magistratura Ta’lim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko’zlangan bosh maqsad o’sib kelayottan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini milliy istiqlol g‘oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo’ygan XXI asr ta’limini taraqqiyot, ma’naviy-madaniy qarashlar ruhida bo’lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo’lishini ta’minlashdir. Shu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida bajarilgan dastlabki tashkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Avvalambor, bu ikki Qonunni ta’lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay’ati majlisida tasdiqlandi. Bu hujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta’lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o’rtasida keng tushuntirildi. Ta’limga oid meyoriy hujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta’lim standartlari talablari, o’quv rejalari va dasturlari, Nizomlar va boshqa meyoriy hujjatlar yuqoridagi ikki Qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzluksiz ta’lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi.
Mutaxassislik fanlar buyicha ta’lim jarayonini amalga oshirishda o‘qituvchidan aniqlangan o‘quv maqsadiga mos keladigan alohida metodlarni tanlashga, didaktik vositalarni ishlab chiqishga ijodiy yondashishni taqozo etadi.
1.Didaktik vositalar nima?
2. Qanday metodlarni bilasiz?
O‘qituvchi mutaxassislik fanlarni o‘qitishda u yoki bu metod va usullarni, didaktik vositalarni qullash zarurati va samaradorligini farqlay olishi kerak buladi.
O‘qituvchi bo‘ladigan dars uchun material tanlaydi, darsni tuzib chiqadi, ko‘rgazmali o‘quv qurollarini ko‘rsatishga tayyorlaydi. Dars materialini tushuntirishning shakl va usullarini puxta o‘ylagan holda dars butunligicha uning alohida qismlari o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinishini; ongli, qizg‘in ishlashni ta’minlash uchun nimalarni oldindan belgilab qo‘yish kerakligini o‘qituvchi doimo yodda tutishi lozim.
Agar o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda yuqorida aytilganlarning hammasini hisobga olsa, dars paytida o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini jalb qilish unga qiyinchilik tug‘dirmaydi hamda ko‘pincha dars materialining mazmuni bilan ham, sinfdagi ish xususiyati bilan ham uzviy bog‘lanmagan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga o‘rin ham qolmaydi. Biroq bu, darsning borishi yoki mazmuni bilan bog‘langan holda kerakli joyda, o‘z vaqtida va o‘qituvchi ziyraklik bilan hazil mutoyiba qilib, darslarni jonlashtirishga xizmat qiluvchi keng tarqalgan usuldan butunlay voz kechishni anglatmaydi.
Metodlarni tanlashda har bir yangi mavzu buyicha qo‘yidagilar inobatga olinadi: metodlarning tarbiyaviy samara berayotganligi: didaktik maqsadga sifatli erishayotganligi: dunyoqarashni, kasbga bulgan qiziqishni rivojlantirayotganligi, kasb ta’limi, o‘qituvchilarini psihologik- pedagogik jihatdan tayyorlash, psihologiya, pedagogika, kasb ta’limi va kasbga yo‘naltirish kabi fanlarni o‘rganish jarayonida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi bo‘ladigan dars uchun material tanlaydi, darsni tuzib chiqadi, ko‘rgazmali o‘quv qurollarini ko‘rsatishga tayyorlaydi. Dars materialini tushuntirishning shakl va usullarini puxta o‘ylagan holda dars butunligicha uning alohida qismlari o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinishini; ongli, qizg‘in ishlashni ta’minlash uchun nimalarni oldindan belgilab qo‘yish kerakligini o‘qituvchi doimo yodda tutishi lozim.
Agar o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda yuqorida aytilganlarning hammasini hisobga olsa, dars paytida o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini jalb qilish unga qiyinchilik tug‘dirmaydi hamda ko‘pincha dars materialining mazmuni bilan ham, sinfdagi ish xususiyati bilan ham uzviy bog‘lanmagan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga o‘rin ham qolmaydi. Biroq bu, darsning borishi yoki mazmuni bilan bog‘langan holda kerakli joyda, o‘z vaqtida va o‘qituvchi ziyraklik bilan hazil mutoyiba qilib, darslarni jonlashtirishga xizmat qiluvchi keng tarqalgan usuldan butunlay voz kechishni anglatmaydi.
Mutaxassislik fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar kasblarga oid mutaxassislik kasbiy bilimlarni egallaydilar. Darslarda talabalar mutaxassislik bilimlardan tashqari umumkasbiy bilimlarni ham egallaydilar.
Umumkasbiy bilimlar - mehnat faoliyatini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish haqidagi bilimlardir.
Mutaxassislik fanlarni kasbga yo’naltirib o‘rganish talabalarning aqliy rivojlanishiga, ularda fikrlash, analiz va sintez qilish, solishtirish, umumlashtirish, tasniflash, sabab-natijali bog‘lanishni aniqlash, umumiyni, alohidani va asosiyni ajrata olish kabi kunikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Bunda mutaxassislik fanlarga oid bilimlarning fizika, kimyo, matematika va boshka fanlar qonuniyatlariga asoslanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib mutaxassislik fanlarni o‘rganishda talabalar umumta’lim fanlaridan olgan bilimlarini xam mustahkamlaydilar.
Mutaxassislik fanlarni kasbga yo’naltirib o’qitish jarayonida ta’limning qanday taoyillaridan foydalanib kelinmoqda?
Mutaxassislik fanlarni kasbga yo’naltirib o‘qitish jarayonida ta’limning ilmiylik, nazariya bilan amaliyotning birligi, tushunarlilik, tizimlilik, izchillik, talabalar faolligi va mustakilligi, kursatmalilik, o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish va boshqa tamoyillardan foydalanib kelinmokda.
Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyilga asosan talabalarga ilmiy jihatdan asoslangan va amalda sinalgan bilimlar bayon etiladi. Bunda, o‘rganilayotgan mutaxassislik buyicha ishni tashkil qilishning zamonaviy usullari, fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va ularning rivojlanish istiqbollariga oid bilimlar berish lozim.
Ilmiylik tamoyili o‘quv materiali mazmunidagina emas, balki o‘qitish jarayonining barcha bo‘g‘inlarida o‘z ifodasini topishi kerak. O‘qituvchi o‘z faoliyatida ta’limning pedagogik, psihologik jihatdan erishgan yutuqlari, ta’limni tashkil etishning zamonaviy samarali usullaridan va ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning samarali metodlaridan foydalanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |