1.İqlimiy omillar tasiri.
Malumki, iqlimiy omillar deganda atmosfera yog’inlari, bug’lanish, h’avo h’arorati, h’avo namligi, shamol kabilar tushuniladi. Shu omillardan qaysi birining oqimga h’al etuvchi va bevosita tasir etishini bilish uchun daryo h’avzasining suv muvozanati tenglamasiga murojaat etaylik. Malumki, u quyidagi ko’rinishda ifodalanadi:
X0 q U0 Q Z0 yoki
U0 q X0Z0 ,
bu erda: X0 h’avzaga yog’adigan o’rtacha ko’p yillik yog’in miqdori; Z0h’avzadan bo’ladigan o’rtacha ko’p yillik bug’lanish miqdori; U0 daryo oqimining o’rtacha ko’p yillik miqdori.
Shu tenglamalardan ko’rinib turibdiki, iqlimning daryo oqimiga tasir etuvchi asosiy elementlari atmosfera yog’inlari va bug’lanishdir. Boshqacha qilib aytganda, atmosfera yog’inlari va bug’lanish daryo h’avzasida yig’iladigan suvning oz yoki ko’p bo’lishiga bevosita tasir ko’rsatadi.
Bir xil tabiiy sharoitda daryo h’avzasiga qancha ko’p yog’in yog’sa, oqim shuncha ko’p miqdorda h’osil bo’ladi. Ular orasidagi bog’liqlikni analitik ko’rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
U0 q (X0) .
Biroq, bu bog’liqlik h’amma vaqt h’am kuzatilmaydi. Chunki, oqim miqdoriga faqat yog’inning oz va ko’p bo’lishi tasir ko’rsatibgina qolmasdan, balki uning yil davomida taqsimlanish xarakteri h’am muh’im o’rin tutadi. Masalan, yog’inning ko’p qismi yilning sovuq davrlarida yog’sa, u vaqtda uning ancha qismi oqim sifatida daryoga kelib qo’shiladi, yani daryo oqimi bilan yog’in o’rtasida etarli darajada bog’liqlik bo’ladi. Agar yog’inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog’sa, u vaqtda yog’inning katta qismi bug’lanishga va er ostiga shimilishga sarf bo’ladi. YOg’inning qolgan qismigina oqim h’osil bo’lishida qatnashadi. Hatto ayrim h’ududlarda (O’rta Osiyo, Qozog’iston, Volga orti) yilning issiq vaqtida yoqqan yog’inlar bazan h’ech qanday oqim h’osil qilmaydi, chunki ular to’la bug’lanishga va er ostiga shimilishga sarf bo’ladi. Mana shunga o’xshash sharoitlarda daryo oqimi bilan yog’in o’rtasida bog’liqlik bo’lmaydi.
Shimoliy rayonlarda, jumladan, Rossiyaning shimoliy qismida h’am bug’lanish miqdori kichik, biroq bu yog’in miqdorining kamligidan emas, aksincha h’avo h’aroratining pastligidandir.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqadiki, daryo oqimining asosiy iqlimiy omillari bo’lgan yog’in va bug’lanishni aloh’ida, birbiridan ajralgan h’olda tekshirib bo’lmas ekan. Xuddi shu kabi oqim h’osil bo’lishida qolgan iqlimiy omillar (h’avo namligi, shamol va boshqalar) h’am birbiriga bog’liq h’olda doimiy tasir etib turadi.
2.Daryo h’avzasi geologik tuzilishi, relef, tuproq va o’simlik qoplamining tasiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |