Tuproq va o’simlik qoplamining tasiri
Daryo h’avzasidagi o’simlik qoplamining oqim h’osil bo’lishiga tasiri quyidagi ko’rinishlarda o’z ifodasini topadi:
1) o’simlik qoplami atmosfera yog’inlarining bir qismini o’zida ushlab qoladi va bu bilan yog’inning yanada ko’proq qismining bug’lanishiga imkon beradi;
2) o’simlik qoplami ildizlari yordamida doimiy ravishda tuproqdan malum miqdordagi namlikni olib, o’z tanasi orqali bug’latib turadi (transpiratsiya);
3) o’simlik qoplami o’z tanasi bilan tuproq yuzasini to’sadi, uni isib ketishiga yo’l qo’ymaydi va natijada bug’lanish miqdorini kamaytiradi;
4) o’simlik qoplami er yuzasi g’adirbudurligini orttiradi, bu esa yuzada suvning oqish tezligini kamaytirib, ko’p miqdordagi suvning er ostiga shimilishiga imkon beradi;
5) o’simlik qoplami, ayniqsa o’rmonlar, er sirtidagi qorning erishini sekinlashtiradi va bu bilan er ostiga shimilishni kuchaytiradi;
6) o’simlik qoplami tuproqning tabiiy xususiyatlarini keskin o’zgartirib yuboradi;
7) ayrim olimlarning kuzatishicha o’rmon bilan qoplangan maydonlarda yon atrofga nisbatan yog’in miqdori ko’proq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |