1-mavzu. Sifat menejmenti nazariyasi asoslari. Reja


Sifatni boshqarish tizimlarining shakllanishi



Download 119,13 Kb.
bet4/11
Sana19.09.2022
Hajmi119,13 Kb.
#849365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Maruza

2. Sifatni boshqarish tizimlarining shakllanishi

Ilmiy – texnik taraqqiyot va Evropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, “yapon mo‘‘jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg‘or korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro‘yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib qolmadilar. Sifatni boshqarishning murakkab tizimlari shakllantirila boshlandi. Bu tizimlar tarqala boshlaganda bozor sifatning narxdan muhimligini angladi. Natijada Amerika biznesi 70 – va 80 – yillarda yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga taklif qilgan YAponiya va Evropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar.


1987 yilda sifat bo‘yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan D. X. Xarrington bu davr haqida yozadi: “80 – yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas, balki sanoat urushidan iborat va butun dunyodagi iste’molchilar bu urushning o‘ljasi hisoblanadi. Amerika sanoatiga nafaqat YAponiya, balki Osiyo va Evropa tomonidan ham hujum uyushtirilmoqda. Qo‘shma SHtatlarda ko‘plab mahsulot turlarining takomillashuv darajasi aniqlanmaydi.
Barcha qatnashishi majbur bo‘lgan buyuk kurash mamlakatimizda hukm surgan beparvolikka qarshi olib borilmoqda. Bunday falajlik “menga nima” yoki “bundan badtari ham bo‘lishi mumkin edi” naqlidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Beparvolik insondagi qobiliyatlarning sust rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Saraton shishi kabi beparvolik butun Qo‘shma SHtatlarni qamrab olgan holda ortib bormoqda va 90 – yillarda mahsulotlar, xizmatlar va mehnatning raqobatbardoshliligiga erishish uchun biz bu kasallik bilan kurashishimiz kerak.
Prezident R. Reygan “Xyulett – Pakkard” kompaniyasining prezidenti J. A. YAngga ham ichki, ham tashqi bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llarini izlash bilan shug‘illanuvchi guruhni boshqarishni taklif qildi. Bunga YAng javoban quyidagicha ta’kidladi: “So‘nggi yigirma yilda xalqaro bozorda Amerika sanoatining raqobatbardoshligi pasayib ketgan. Tashqi savdo taqchilligining rekord darajasiga etishi, yuqori texnologik sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosida jahon bozori ulushining qisqarishi, bizning ishlab chiqarish sektorimiz daromadlarining pasayishi, mehnat unumdorligining sust o‘sishi va real ish haqi o‘sishining mavjud emasligi tushkunlikdan dalolat beradi1”.
O‘z faoliyatini yaxshilash yo‘lida Amerika korporatsiyalarining olib borgan izlanishlari natijalari iste’molchilarning Amerika mahsulotiga ishonchini tiklashga yordam berdi. 1985 yilning oktyabrida Gellap instituti qoshidagi Sifatni nazorat qilish bo‘yicha amerika jamiyati (SNQAJ) iste’molchilar so‘rovini o‘tkazdi. Bu so‘rov iste’molchilarning 27%i Amerika mahsulotlarining sifati oshishiga ishonch bildirmasligini ko‘rsatdi. Bu SNQAJ uchun 1980 yilda o‘tkazilgan so‘rovlarga nisbatan 250% ga ijobiy siljish yuz berganidan dalolat beradi. So‘rov natijalariga ko‘ra 1985 yilda so‘ralgan iste’molchilarning 33%i xorijiy buyumlar Amerika buyumlariga sifat bo‘yicha tenglasha oladi va ulardan yaxshiroq, deb hisobladilar (ijobiy siljish 227% dan ko‘p)”.

Download 119,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish