XXI asr bo`sag’asida Rossiyaning katta urushi – bu sanoat urushidir va butun dunyodagi iste`molchilar bu urushning “o`ljalari” hisoblanadi. Xarrington tomonidan tavsiflangan davrda Rossiyaning holati AQSh nikiga o`xshab ketadi. Lekin AQSh, Yaponiya, Yevropa, Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari tomonidan Rossiya xo`jaligi, sanoatiga hujum amalga oshirilmoqda. Ko`plab Rossiya mahsulotlari va xizmatlari jahon bozorida raqobatlasha olmaydi. Rossiya eksporti qisqarib bormoqda.
shu bilan birga, ijobiy siljishlar ham ko`zga tashlanadi. Masalan, Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko`lamda muvaffaqiyatli olib borilgan. Ular alohida yo`nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o`n yilga ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy – sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan.
HSK o`z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o`z ichiga olgan. HSK tarmoqlari, korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan, lekin bu ishlar qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko`p hollarda iste`mol bozori uchun mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo`li bilan tayyorlangan.
Iqtisodiyotning sof fuqarolik sektori tarmoqlarida ham texnik asos, ishlab chiqarishni tashkil qilish ortda qolgan edi. Iqtisodiyotning fuqarolik sektorida ish yuritayotgan mutaxassislar va rahbarlar uchun 90 – yillargacha sifatni boshqarish sohasida HSK yutuqlari erishib bo`lmaydigan holatda edi, ularning ko`pchiligi hanuzgacha ular uchun erishilmaydigan ahvolda.
HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratish bo`yicha tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo`llaniladigan sifatni texnologik ta`minlash usullari, nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish (shu jumladan, avtomatlashtirilgan, maxsus davlat va tarmoq standartlari) ni o`z ichiga oladi. Bunday yutuqlarga mahsulot sifatini boshqarishning birlashgan tizimlari – MSBBT, korxonalar va alohida bo`linmalar faoliyatini boshqarishning kompleks tizimlari (KABFBKT), ta`minotchilar bilan ishlashning shakllari va usullarini kiritish mumkin. Ushbu ishlanmalarning katta qismi amaliyotda dastlab Yaponiya yoki AQSh da emas, balki Rossiya va MDH davlatlarining HSK tarmoqlarida qo`llanilgan.
shubhasizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy masalalari ko`p hollarda yangicha yondashuvlar asosida hal qilinadi. Biroq orttirilgan tajriba va milliy fan salohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |