Ilmiy – texnik taraqqiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida mahsulotning sifati milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining asosiy muammolariga aylanmoqda. Barcha sanoati rivojlangan mamlakatlarda jahon bozorida mahsulotning sifati, raqobatbardoshligini oshirish muammosini hal qilish yo‘llari faol izlanmoqda.
Jahon hamjamiyati mahsulot sifatiga texnik talablarni me’yorlashga yagona yondashuvni ishlab chiqdi. Ko‘rsatma beradigan hujjatlar pog‘onalarining piramidasi 1.1 rasmda keltirilgan. Bunda qonunchilikka sifat va uni ta’minlash usullarini davlat tomonidan tartibga solish shakli sifatida qaraladi. Dunyoning turli mintaqalaridagi standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari 1.1 jadvalda berilgan.
Jahonning uch etakchi mintaqasi: AQSH, YAponiya va G‘arbiy Evropa misolida sifatni boshqarishning rivojlanish tarixini ko‘rib chiqamiz.
rasm. Texnik me’yorlar va talablar piramidasi.
Sifatni boshqarishning Evropa tajribasi. Agar AQSH va YAponiyada ko‘p yillardan beri sifatni oshirish dasturlari amalga oshirilayotgan, sifat masalalari bo‘yicha faol siyosat olib borilayotgan, sifatni uzoq muddatli rejalashtirish bajarilayotgan bo‘lsa, Evropada kamdan – kam istisnoli holatlarda sifatni boshqarish sifatni nazorat qilishdan orta qolishda davom etgan.
1980 – yillarda butun Evropa bo‘ylab mahsulotlar va xizmatlarning sifatini yaxshilashga intilish kuzatildi. ISO 9000 seriyasidagi standartlar asosida sifat tizimlari keng tatbiq qilindi. Bu sifat masalalarini yanada muhim o‘ringa olib chiqdi, yanada ishonchliroq ta’minotlar va umuman sifatning yanada barqaror darajasiga erishishni ta’minladi.
G‘arbiy Evropa davlatlari mahsulotlar va ish kuchining samarali ayirboshlanishini ta’minlovchi yagona talablar va tartiblarni ishlab chiqdilar, yagona Evropa bozorini yaratishga tayyorgarlik ko‘rdilar.
Mintaqa miqyosida muvofiqlashtiruvchi maxsus birlashmalar yoki tashkilotlar bunday faoliyatda muhim o‘rin egallaydi. 1993 yil 1 yanvarda e’tirof etilgan ochiq umumevropa bozoriga tayyorgarlik jarayonida yagona standartlar, texnologik ko‘rsatmalarga yagona yondashuvlar ishlab chiqilgan, ISO 9000 seriyasidagi standartlar asosida yaratilgan sifat tizimlariga tayanilib milliy standartlar tuzilgan, ularning Evropa analoglari – 29000 seriyasidagi EN lar amaliyotga tatbiq qilingan. Bu standartlarga mos ravishda sifat tizimlarini sertifikatlash, EN 45000 seriyasidagi standartlarning talablariga muvofiqlikda sertifikatlashtirish bo‘yicha nufuzli Evropa organini tuzishga alohida e’tibor berilyapti. Keltirilgan standartlar yuqori sifatning kafolatlariga aylanishi, millionlab iste’molchilarni past navli mahsulotlardan himoyalashi, ishlab chiqaruvchilarni sifat sohasidagi yangi yutuqlarga rag‘batlantirishi kerak.
Evropa bozorining me’yorda faoliyat yuritishi uchun etkazib berilyapgan mahsulot mustaqil tashkilot tomonidan sertifikatlangan bo‘lishi kerak. Mahsulotni sertifikatlashtirishdan tashqari uning sifatini nazorat qiluvchi va baholovchi sinov laboratoriyalari va ishchilar ham akkreditatsiyalanadi. Ular faoliyatining asosiy omili – iste’molchi talablarining qondirilishini nazorat qilish va mahsulotning ishlab chiqaruvchilari va ta’minotchilari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish.
Firmalar mahsulotning sifatini oshirish sohasida yanada intensiv siyosat olib boradilar, jarayonlar esa yanada qattiqroq nazoratga olinadi.Sifat Evropa davlatlarining raqobatbardoshligini ta’minlash omiliga aylangan. Bunday strategiyani amalga oshirish uchun quyidagilar talab qilingan:
YAgona qonunchilik talablari (ko‘rsatmalar).
YAgona standartlar.
Firmaning bozor talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun yagona tekshirish jarayonlari.
1985 yilda standartlarni muvofiqlashtirishning yangi g‘oyasi qabul qilindi, xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ayni paytda yagona talablarni bajarishda ISO 9000 va EN 29000 standartlariga asoslaniladi. Mahsulotlarni SE belgisi bilan tamg‘alash joriy qilingan.
Sinovlar va sertifikatlashtirish bo‘yicha Evropa muvofiqlashtirish kengashi va sifat tizimlarini baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha Evropa qo‘mitasi tashkil qilingan. Buyuk Britaniya, SHvetsariya, GFR, Avstriya, Daniya, SHvetsiya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, YUnoniston, Gollandiya, Belgiya, Finlyandiya, Norvegiya, Irlandiya va Italiyaning sertifikatlashtirish bo‘yicha tashkilotlari ushbu qo‘mitaga a’zo bo‘lgan.Olib borilyapgan ishdan asosiy maqsad – kam harajatlar bilan yagona Evropa bozorining millionlab iste’molchilarining so‘rovlarini to‘liq qondirish.
Evropa bozori o‘ziga a’zo bo‘lishni ko‘zlagan boshqa mamlakatlarning firmalariga jiddiy vazifalar yuklaydi. Raqobat kurashiga bardosh berish uchun Evropaning yirik firmalari mahsulot sifatini boshqarishning ilg‘or shakllari va usullarini tanlash uchun birlashadilar, ularni mahsulotning barqaror sifatini kafolatlash bilan bog‘laydilar. U barqaror texnologiya, nazoratning metrologik vositalari va mahsulotni sinovdan o‘tkazish, kadrlar tayyorlashning samarali tizimini o‘z ichiga oladi.
1988 yilning sentyabrida G‘arbiy Evropaning 14 yirik firmalarining prezidentlari sifatni boshqarishning Evropa fondi (SBEF) ni tuzish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar.
SBEF ning faoliyat sohasi:
Umumiy raqobatda ustunlikka erishish uchun sifatni yaratish jarayonini tezlashtirishda G‘arbiy Evropa kompaniyalarining rahbariyatlarini qo‘llab – quvvatlash.
Sifatni yaxshilash va Evropaning sifat madaniyatini mustahkamlash faoliyatida qatnashishda G‘arbiy Evropa hamjamiyatining barcha segmentlarini rag‘batlantirsh va ularga ko‘maklashish.
SBEF sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti (SET) bilan hamkorlikda sifat bo‘yicha Evropa mukofotini ta’sis qildi. Bu mukofot eng yaxshi firmalarga 1992 yildan boshlab taqdim etib kelinmoqda.
Sifat masalalarini hal qilishga Evropa yondashuvining o‘ziga xos xususiyatlari:
Sifatni baholash va tasdiqlash bilan bog‘liq barcha ishlarni olib borish uchun qonunchilik asosi;
Milliy standartlarning talablari, qoidalar va sertifikatlash tartiblarini o‘zaro muvofiqlashtirish;
Mahsulot va sifat tizimlarini sertifikatlash ishlarini olib borishga vakolatli milliy tashkilotlar infratuzilmasi va tarmog‘ini yaratish, laboratoriyalarni akkreditatsiyalash, sifat bo‘yicha mutaxassislarni ro‘yxatga olish va h.k.
Sifatga g‘arbiy (AQSH va Evropa) va sharqiy (YAponiya) yondashuvlarni taqqoslash 1.2 jadvalda keltirilgan.