Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o`tkazish strategiyasida sifat menejmentning o`rni.
Mustaqil mamlakatimiz davlatchilik tajribasini o`zida mujassam etayotir. Uning oldida bugun ulkan muammolar turibdi. Bozor munosabatlari talablariga javob beradigan demokratik, siyosiy va ma`muriy tuzilmalarni yaratish lozim.
Rejali xo`jalik yuritish tamoyillariga asosan, talab, qiymat va tabiiy ehtiyojlar singari omillarni hisobga olmasdan faoliyat ko`rsatgan ishlab chiqarishni bozor munosabatlariga, yangi tovarlar ishlab chiqarishga o`tkazish va uni yangi izga solish zarur.
Respublikada bozor munosabatlari majmuini shakllantirish yo`lida dastlabki qadamlar tashlandi; bank tizimi va tijorat banklari tizimi yaratildi. Savdo-xom ashyo birjalari, brokerlik idoralari va savdo uylari tashkil qilinayotir. Sanoat, qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari va uy-joy fondini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish faol amalga oshirilmoqda. Bozor munosabatlari iqtisodiyotning qishloq xo`jalik tarmog’ida ham keng rivojlanmoqda. Kolxozlar va sovxozlar qayta tuzildi, fermer (dehqon) xo`jaliklari tashkil qilinmoqda.
Ko`pgina tarmoq vazirliklari, mahkamalari va boshqarmalari negizida xo`jalik birlashmalari, kontsernlar, assotsiatsiyalar, xoldinglar, korporatsiyalar tashkil qilindi. Korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlariga to`la erkinlik berildi.
Fanning metodologik asolari.
“Sifat menejmenti” fanining bozor munosabatlariga o`tish vositasi bo`lib, boshqaruv jarayonlarining mohiyatini belgilab beradi. Bozor munosabatlariga o`tish sharoitlarida muammolarning yangi progressiv texnik, iqtisodiy va ijtimoiy echimlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga sifat o`zgarishlarini kiritishga bo`lgan e`tiborni kuchaytirish zarur.
Bu vazifalarni amalga oshirish butun boshqaruv tizimining tashkilotini o`zgartirishni talab qiladi. Boshqaruvning axborot ta`minotini o`zgartirish, ilmiy-texnik ma`lumotlarning ahamiyatini oshirish lozim. Boshqaruv ma`lumotlarini qayta ishlash, uzatish, yig’ish va saqlashning yangi texnik vositalari zarur. Qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishda tubdan o`zgarish yasash lozim. Rahbar xodimlar va mutaxassislar ish jiddiy o`zgargan holda tashkil etishadi; ularga korxona, aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvini tashkil qilishda to`la erkinlik berilgan.
Tegishli ravishda kadrlarning kasbiy malakasiga bo`lgan talablar ham o`zgaradi, shu bilan bir vaqtda boshqaruv organlari tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritiladi, boshqaruvning funktsiya va usullari o`zgaradi. Korxona va aktsiyadorlik jamiyatlari marketing bo`limlari va xizmatlarining ish ko`lami ortadi. Bozor ishlab chiqarish boshqaruvi bilan bog’liq katta ish hajmini amalga oshirishni talab qiladi.Bozorni ilmiy tadqiq qilish va boshqaruvning tashkiliy tizimida mahsulotga bo`lgan talab va taklifni bashorat qilish ishlari nazarda tutilishi lozim.
Jamoani ijtimoiy rivojlantirishning kompleks dasturi masalasi, shu jumladan atrof muhit ekologiyasi masalalari birinchi o`ringa chiqadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda rahbar xodimlar va mutaxassislarning mas`uliyati ortadi. Bu ishlab chiqarish menejmentiga qator o`zgartirishlar kiritishni talab qiladi.Eng avvalo birinchi navbatda muvofiqlashtirilishi lozim bo`lgan qarorlar tarkibi tartibga solinadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun javobgar bo`lgan funktsional bo`limlar va xodimlar aniq belgilanadi.
Turli bo`g’in rahbarlari qabul qiluvchi qarorlar doirasini aniq belgilab qo`yishi talab etiladi. Ayrim yuqori rahbarlar hanuz, markazlashtirilgan rejali tizimda bo`lgani singari, qo`l ostidagilar uchun ham qaror qabul qilishda davom etmoqdalar, holbuki korxonalar va aktsiyadorlik jamiyatlariga xo`jalik faoliyatini yuritishda to`la erkinlik berilgan.
Iqtisodiy-matematik usul va hozirgi zamon hisoblash texnikasidan foydalanish doirasining kengayishi bilan yangi axborot tizimlarini tashkil qilish, apparatning butun ishini ratsionalizatsiya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ishlab chiqarish menejmentining tezkorligini oshirish boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu axborotning o`tishi, qarorlarni tayyorlash, asoslash, qabul qilish va bajarish muddatlarini qisqartirishga bo`lgan urinishdan dalolat beradi.
Ishlab chiqarish menejmentining tezkorligini oshirish maqsadida boshqaruv organlari tuzilmasidagi pog’onalar sonini qisqartirish, qarorlar qabul qilish jarayonidagi kelishishlar sonini qisqartirish zarurati tug’iladigan bo`g’inlarga qarorlar qabul qilishni yaqinlashtirish lozim.
Boshqaruv jarayoni bilan boliq sarf-xarajatlarni qisqartirish ham menejmentni muhim vazifasi hisoblanadi. U eng avvalo axborot tizimini qayta qurish va hozirgi zamon tashkiliy va hisoblash texnikasidan keng foydalanish yo`li bilan ta`minlanadi. Bir boshqaruv ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish, ish joylarini tashkil qilish va ularga xizmat ko`rsatish, ish vaqtidan tejamli foydalanish katta ahamiyatga ega bo`ladi.
Boshqaruv jarayonlarining o`z vaqtida amalga oshirilishi menejmentni samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Har bir boshqaruv jarayoni qat`iy belgilangan vaqtda, boshqariluvchi hajmning holati va uning rivojlanish tendentsiyalaridan kelib chiqib bajarilishi lozim.
Ishlab chiqarish menejmentini ilg’or ijobiy o`zgarishlarning tarqalishiga yo`l ochishi va salbiy o`zgarishlarning oldini olishi zarur.
Boshqaruv tsikllarini qisqartirish ishlab chiqarishning rivojlanishiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi. “g’oya - ishlab chiqarish” tsiklining qisqarishi tadqiq qilish, loyihalashtirish va tajriba ishlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish va o`zlashtirish jarayoni bilan boliq bo`ladi.
“Iste`molchi-ishlab chiqarish” tsiklining qisqarishi esa “sotuvchi bozori”dan “iste`molchi bozori”ga o`tilishi natijasida bozorni o`rganish bilan boliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |