Sifat – XXI asr bo‘sag‘asida raqobatning umumjahon maydoni.
Sifat narxdan muhimroq. Ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi va shaxs ehtiyojlarining ta’sirida sifatning o‘rni va ahamiyati doimiy ravishda ortib bormoqda. Kun sayin madaniyat va ta’lim darajasining yuksalib borishi iste’molchilarni yanada nozik didli va talabchan qilmoqda.
Raqobatbardoshlikni ta’minlashda XX asrning 80 – yillarida sifatga talablar hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotgan iste’molchilarning 80% dan ortig‘i sifatni narxdan ustun qo‘ymoqda. Ma’lumotlar sifat harajatlarining umumiy ishlab chiqarish harajatlarining 15 – 25% dan kam bo‘lmagan qismini tashkil qilganini ko‘rsatadi.
Kreditlash, sarmoya kiritish, imtiyozlar berish imkoniyatlari mahsulot sifati bilan bog‘langan. Masalan, Evropaning bir qator davlatlarida shunday qonunlarga amal qilinadiki, ularga ko‘ra muayyan mahsulotlar sifat sertifikatisiz bozorga kiritilmaydi. Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO standartlaridagi talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo‘yilgan.
Sifatga bog‘liq tashkiliy – iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot predmetiga, ularni hal qilish yo‘llari fan tarmog‘iga aylangan.
80 – yillarning yirik urushi. Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSH ning etakchiligi mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerika tajribasi o‘rganildi va amaliyotda qo‘llanildi. 1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng qamrovli islohotlarni o‘tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona statistik nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko‘ra mahsulotlarning 98%i yaroqli deb topilgan. YAroqsiz mahsulotlar iste’molchi talablariga ko‘ra bepul almashtirib berilgan.
Sifatni boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa:
yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga boliqdir.
Sifatni boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa:
ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga;
investitsiya samaradorligiga;
mahsulot sifati va uning raqobatbardoshliga;
tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga;
yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga boliqdir.
Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita ishlab chiqarish jarayoniga ta`sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Chunonchi:
Qayd qilingan ob`ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rabatlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o`z aksini topadi.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Har qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi.
Chunonchi:
Ik ICHTAI
ICHv