XXI asr bo‘sag‘asida Rossiyaning katta urushi – bu sanoat urushidir va butun dunyodagi iste’molchilar bu urushning “o‘ljalari” hisoblanadi. Xarrington tomonidan tavsiflangan davrda Rossiyaning holati AQSH nikiga o‘xshab ketadi. Lekin AQSH, YAponiya, Evropa, Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari tomonidan Rossiya xo‘jaligi, sanoatiga hujum amalga oshirilmoqda. Ko‘plab Rossiya mahsulotlari va xizmatlari jahon bozorida raqobatlasha olmaydi. Rossiya eksporti qisqarib bormoqda.
SHu bilan birga, ijobiy siljishlar ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko‘lamda muvaffaqiyatli olib borilgan. Ular alohida yo‘nalishlarda hatto jahon darajasidan bir necha o‘n yilga ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy – sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan.
HSK o‘z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o‘z ichiga olgan. HSK tarmoqlari, korxonalarida fuqarolik maqsadlaridagi mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan, lekin bu ishlar qoloq texnik negizda amalga oshirilgan. Ko‘p hollarda iste’mol bozori uchun mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo‘li bilan tayyorlangan.
Iqtisodiyotning sof fuqarolik sektori tarmoqlarida ham texnik asos, ishlab chiqarishni tashkil qilish ortda qolgan edi. Iqtisodiyotning fuqarolik sektorida ish yuritayotgan mutaxassislar va rahbarlar uchun 90 – yillargacha sifatni boshqarish sohasida HSK yutuqlari erishib bo‘lmaydigan holatda edi, ularning ko‘pchiligi hanuzgacha ular uchun erishilmaydigan ahvolda.
HSK da sifatni boshqarish sohasidagi yutuqlar yangi mahsulotni yaratish bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichida qo‘llaniladigan sifatni texnologik ta’minlash usullari, nazorat kartalari orqali sifatni statistik tartibga solish (shu jumladan, avtomatlashtirilgan, maxsus davlat va tarmoq standartlari) ni o‘z ichiga oladi. Bunday yutuqlarga mahsulot sifatini boshqarishning birlashgan tizimlari – MSBBT, korxonalar va alohida bo‘linmalar faoliyatini boshqarishning kompleks tizimlari (KABFBKT), ta’minotchilar bilan ishlashning shakllari va usullarini kiritish mumkin. Ushbu ishlanmalarning katta qismi amaliyotda dastlab YAponiya yoki AQSH da emas, balki Rossiya va MDH davlatlarining HSK tarmoqlarida qo‘llanilgan.
SHubhasizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy masalalari ko‘p hollarda yangicha yondashuvlar asosida hal qilinadi. Biroq orttirilgan tajriba va milliy fan salohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |