QRIM URUSHI, Sharqiy urush — Yaqin Sharqda hukmronlik qilish uchun Rossiya va Turkiya oʻrtasida boʻlgan urush (1853—56). 1854-y. fev. da Turkiya Rossiyaga qarshiBuyuk Britaniya, Fransiya, Sardiniya qirolligi (1855-y. dan) bilan ittifoq tuzib urushgan. Asosiy voqealari: 1853-y. rus qoʻshinlari Moldaviya va Valaxiyaga kirib borgan va Kavkazda gʻalaba qozongan, Sinopda turk flotini yakson qilgan; 1854-y. ittifoqchilar Qrimga qoʻshin tushirgan, Boltiq dengizi qamal qilingan, 1854—55 y. larda Sevastopolmudofaasi uyushtirilgan; 1855-y. Rossiya diplomatik jihatdan yakkalab qoʻyilgan. Sevastopol taslim boʻlgan, amalda harbiy harakatlar toʻxtagan. Rossiyaning harbiy va iqtisodiy qoloqligi uning magʻlubiyatiga sabab boʻlgan. Qrim urushi 1856-y. Parij sulhi bilan yakunlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |