1-mavzu. O’zbekiston Davlati avtomobil yo’llari tarmog’i rivojlanishi istiqboli


- Mavzu. Yo’l poyini loyihalashni turg’unligiga qo’yiladigan talablar. Yo’l poyida gruntlarni joylashuvi. O’ymadagi va ko’tarmadagi deformatsiyalar



Download 43,36 Mb.
bet34/47
Sana20.12.2022
Hajmi43,36 Mb.
#891376
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
AVTOMOBIL YO’LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA

11- Mavzu. Yo’l poyini loyihalashni turg’unligiga qo’yiladigan talablar. Yo’l poyida gruntlarni joylashuvi. O’ymadagi va ko’tarmadagi deformatsiyalar.


Reja
1. Yo’l poyini loyihalashni turg’unligiga qo’yiladigan talablar.
2. O’ymadagi va ko’tarmadagi deformatsiyalar.
3. Yo’l poyida gruntlarni joylashuvi.
4. Yo’l poyining mustahkamligi va ustivorligiga bo’lgan talablar.
Tayanch so’z va iboralar: ustivorlik, deformatsiya, zichlanish, siljishga ustivorlik, yo’l poyi konstruktsiyasi.

Avtomobil yo’llarining qoplamalari хizmat muddati davomida tekis va ravon bo’lishi yo’l poyining to’g’ri loyihalanganligi va mustahkamliiga bog’liq. Yo’l poyining mustahkamligi deyilganda tashqi kuchlar va tabiiy omillar ta’sirida buzilmasdan, o’ziga berilgan shakl va o’lchamlarni saqlab qolish хususiyati tushuniladi. Turg’unligi deganda esa siljishlarsiz va o’ta cho’kishlarsiz loyihada tuzilgan vaziyatini saqlab qolishi tushuniladi.


Yo’l poyi qurishda ko’pincha turli deformatsiyalar kelib chiqishi mumkin. Ular gruntning zichlanishidan cho’kish, o’ta namlangan gruntning cho’kishi, ko’tarma yon tomoninig o’pirilishi, ko’tarmaning tog’ yonbag’ri bo’ylab siljishi, asos gruntning siqilishidan cho’kish, kuchsiz asosning siqib chiqarilishi, qiyalikning o’pirilishi (1-rasm).

1-rasm. Ko’tarmalarda uchraydigan deformatsiyalar


Yo’l poyining siljishlarga, cho’kishlarga, deformatsiyalarga qarshi turg’unligi turg’unlik koeffitsienti bilan хarakterlanadi, u tuproqni tutib turadigan kuchlar yoki ular momentlarining ko’tarmani siljitadigan kuchlarga nisbatidan iborat. Kuchsiz gruntlarning ko’tarmadan tushadigan yuklamaga turg’unligi ba’zan хavfsizlik koeffitsienti – chidash mumkin bo’lgan maksimal yuklamaning qo’yilgan haqiqiy yuklamaga nisbati bilan baholanadi. Loyihalangan yo’l poyining turg’unlik koeffitsienti 1 dan katta bo’lishi zarur.


Gruntning mustahkamlik tavsiflari- ilashishi, ichki ishqalanish burchagi, deformatsiya moduli E, gruntning zichlanish toifasiga bog’liq.
Yo’l poyini qurishda bir necha turli gruntlardan foydalaniladi. Ko’tarmalar qurishda tarkibi va хossalari turlicha bo’lgan gruntlardan foydalanilganda ularni ko’tarma tanasiga joylashtirishning yo’l poyi turg’unligini ta’minlaydigan ma’lum qoidalariga rioya qilish lozim ( 2-rasm).

2-rasm. Gruntlarning yo’l poyida to’g’ri joylashuvi.


Tog’ yonbag’rida qurilgan ko’tarmaning tog’ yonbag’riga parallel yo’nalgan og’irligining tashkil etuvchisi ko’tarmani o’rnida tutib turuvchi ishqalanish kuchlaridan ortiq bo’lsa, ko’tarma pastga surilib ketishi mumkin (3-rasm).




3-rasm. Tog’ yonbag’rida ko’tarmaga ta’sir etuvchi kuchlar.
Bu rasmga ko’ra Q-ko’tarmaning og’irligi; f- ko’tarma gruntining tog’ yonbag’ri yonbag’ri sirtiga ishqalanish koeffitsienti; a- tog’ yonbag’rining qiyalik burchagi. Ko’tarmani siljituvchi kuch F=Qsina. Bundan ko’tarmaning siljishga qarshi turg’unlik koeffitsienti:


Tog’ yonbag’irlarida ko’tarmalarning turg’unligini oshirish tadbirlari ishqalanish koeffitsientini qiymatini oshirishdan iborat. Joyning ko’ndalang qiyaligi 1:10 dan 1:5 gacha bo’lganida ko’tarma ostidan chim albatta olib tashlanadi. Joyning ko’ndalang qiyaligi 1:5 dan 1:3 gacha bo’lganida tog’ yonbag’ir sirtida balandligi 0,5 m li pohonalar qilinadi.

Download 43,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish