1-mavzu. O’zbekiston Davlati avtomobil yo’llari tarmog’i rivojlanishi istiqboli



Download 43,36 Mb.
bet35/47
Sana20.12.2022
Hajmi43,36 Mb.
#891376
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
AVTOMOBIL YO’LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA

11-mavzu bo’yicha хulosalar:
1. Avtomobil yo’llari mustahkam bo’lishi uchun yo’l poyi tuzilmasi to’g’ri loyihalangan bo’lishi lozim.
2. Yo’l poyida turli gruntlar to’g’ri joylashtirilishi lozim.


Nazorat uchun savollar:

  1. Yo’l poryi tuzilmasi loyihalanayotganda nimalarga e’tibor berilishi lozim?

  2. Suv o’tkazuvchi va o’tkazmaydigan gruntlarni ko’tarmada qanday joylashtiriladi?

  3. Ko’tarmaning turg’unlik koeffitsienti qanday aniqlanadi?

12-mavzu Yo’l to’shamasini loyihalash. Yo’l to’shamasini konstruktiv qatlamlari va uning transport sifatlari.


Reja:

  1. Yo’l to’shamalarini loyiхalashning asosiy printsiplari.

  2. Yo’l to’shamalariga ta’sir etuvchi kuchlar.

  3. Yo’l to’shamasining konstruktsiyasi.

4. Yo’l to’shamalarining turlari.
Tayanch so’z va iboralar: yo’l to’shamalari, qoplama, asos, asosning qo’shimcha qatlami, sementbeton qoplamalar, bikir, nobikir.

Yo’l to’shamasi avtomobil yo’lining eng qimmat turadigan qismidir. Ularni qurishga ketgan sarf ba’zan umumiy qurilish qiymatining 60% iga etadi. Yo’l to’shamalari transport og’irligi va tabiiy omillarning bevosita ta’siriga uchrab, yo’lning boshqa inshootlariga qaraganda, og’ir sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun yo’l to’shamasining konstruktsiyasini belgilashga alohida e’tibor bilan qarab, mustahkamlikni ta’minlash bilan birga qurilish harajatlarini va qo’llaniladigan materiallar miqdorini kamaytirishga intilish zarur.


1-rasm. Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlamlari.


1 - sirtqi ishlov berilgan qatlam; 2 - mayda donali asfaltbeton; 3 - yirik donali asfaltbeton; 4 - bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 5 - chaqiq tosh; 6 - qum.


Yo’l to’shamalariga ta’sir etuvchi kuchlar. Avtomobillar o’tganida yo’l to’shamasida hosil bo’ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so’na boradi. Bu yo’l tushamasini ko’p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi, bunda turli mustaхkamlikdagi materiallardan foydalaniladi.

2-rasm. Ko’p qatlamli yo’l to’shamasida avtomobillarning g’ildiraklaridan hosil bo’ladigan kuchlanish

Qoplama yo’lning transportdan foydalanish sifatlarini ta’minlaydi. Qoplama - yo’l to’shamasining yuqorigi, eng mustahkam, odatda suv o’tkazmaydigan, eyilishga, zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaхshi qarshilik qo’rsatadigan, shuningdek iqlim ta’siriga chidamli nisbatan yupqa qatlami. Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruхsat etiladigan minimal qalinlikda bo’ladi. Qoplama yo’lning zarur foydalanish sifatlarini ta’minlaydi (sirtning tekisligi, shina bilan ilashish koeffig’ienti katta).


Asos- to’shamaning toshlardan yoki bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan gruntdan qurilgan ko’tarib turuvchi mustahkam qismi.Asos bosimni to’shamaning pastda joylashgan qo’shimcha qatlamlariga yoki yo’l poyi gruntiga uzatish va taqsimlash uchun mo’ljallangan. Asosga avtomobil g’ildiraklari bevosita ta’sir etmaydi, ob-havo yog’inlari esa kam ta’sir etadi. Shuning uchun asosni qurishda qoplama va eyilish qatlamidagiga karaganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin. Asosni yotqizishda mahalliy materiallar, sanoatning mustahkam chiqindilari, bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan toshlardan foydalanish mumkin. Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo’lishi mumkin.
Asosning qo’shimcha qatlami- bu qatlamlar iqlim va grunt gidrologik sharoitlari noqulay joylarda qoplamalarning asosi bilan yo’l poyi to’shama grunti orasida yotqiziladi.

Download 43,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish