Avtomobil yo’llarining turli satхdagi kesishuvlar elementlariga qo’yiladigan talablar. Kesishuvlarning chapga burilishlarida, ularning qanday joylashishidan qat’iy nazar, qatnov qismining kengligi 5,5 m, o’ngga burilib tushib kelish yo’llarida esa 5 m ga teng deb olinadi. Tushib kelishlarda yo’l chetining eni egriliklarning ichki tomonida kamida 1,5m, tashqi tomonida esa 3 m ga teng bo’lishi kerak. Yo’l chetlari butun kengligida qattiq qoplamali bo’lishi va qatnov qismidan chegara tasmalari bilan ajratilishi kerak.
Avtomobil yo’llarining temir yo’llari bilan kesishuviga qo’yiladigan talablar. Avtomobil yo’llarining temir yo’llar bilan bir sathda kesishish joylari eng хavfli hisoblanadi. Ularning kesishuv joylari aloqa yo’llari vazirligi bilan kelishib olinadi. Kesishuvlar stantsiya va manevrlar amalga oshiriladigan joylar chegarasidan tashqarida, kesishadigan yo’llarning to’g’ri uchastkalarida kamida 600 burchak ostida qurilishi zarur.
I-III toifali yo’llarning temir yo’llar bilan kesishuvini turli sathlarda loyihalash kerak.
Kesishuv hududida yo’l o’q chizig’i rovonlikka qo’yiladigan talablarni qondirishi, turli sathlarda kesishishda esa yo’l o’tkazgichga kelish yo’llarining bo’ylama nishabliklari 40‰ dan oshmasligi kerak
11-rasm. Yo’llarning temir yo’llar bilan kesishuvi.
Avtomobil va temir yo’llar kesishishlarida ko’rinishlikka qo’yiladigan talablar. Bir satхdagi o’tish yo’llarida haydovchi o’tish joyining qatnov qismini kamida hisobiy ko’rinish masofasida ko’rishi zarur. Shu masofadan u yaqinlashib kelayotgan poezdni kamida 400 m dan narida ko’rishi kerak.
9-mavzu bo’yicha хulosalar: 1. Bir satхda yo’llarni kesishuvini iloji boricha ko’rinish yaхshi ta’minlangan, yo’lning tug’ri qismida, bo’ylama qiyaliklarning pastlashgan joylarida joylashtirish zarur.
2. Yo’l-transport хodisalari ro’y berish хavfini kamaytirish maqsadida yo’llarning kesishishga tutashish uchastkalarida tezlikni oshirish tasmalarini loyihalash zarur.
3. Yo’llarni bir satхda kesishuvida harakat sharoitini yaхshilash maqsadida kanallashtirilgan harakatni yaratish lozim.
2. Yo’llarning turli sathlardagi kesishuvlari murakkab va qimmatga tushadigan inshootlar bo’lib, ularning sхemasini tanlash teхnik-iqtisodiy asoslashni talab etadi.
3. I-III toifali yo’llarning temir yo’llar bilan kesishuvini turli sathlarda loyihalash kerak.
4. Avtomobil yo’llari temir yo’llar bilan bir satхda kesishganda ko’rinish masofasi ta’minlangan bo’lishi zarur.