Bo’ylama profilni loyihalash ketma – ketligi. Trassaning bo’ylama profilida loyiha chizig’ini o’tkazish nazorat balandlik nuqtalarini belgilash va grunt хamda gidrologik sharoitlarga qarab turli uchastkalarda yo’l qoplamasi ning zarur ko’tarilishini aniqlashdan boshlanadi. Loyiha chizig’ini kesuvchi usul bo’yicha o’tkazishda qo’shni ko’tarma va o’yma hajmlarining bir-birini qoplashiga intilish, hamda ishchi belgilarini mahalliy grunt va gidrologik sharoitlar bo’yicha talab etiladigan minimal belgilardan 20-30 sm dan ko’p ortib ketmasligi kerak.
Bo’ylama profilning asosiy ko’rsatkichlari.
Хavfsiz harakatni ta’minlash uchun bo’ylama profil elementlari belgilanayotganda, asosiy ko’rsatkichlar sifatida quyidagilar qabul qilinishi kerak:
bo’ylama profildagi egri chiziqlarining radiuslari:
qabariqda 70000 m;
botiqda 8000 m;
bo’ylama profilda egri chiziqlarning uzunligi:
qabariqda kami bilan 300 m;
botiqda kami bilan 100 m.
Nazorat va boshqaruv nuqtalari. Nazorat nuqtalariga avtomobil va temir yo’llar bilan kesishish joylari, quvur va ko’prik ustidagi balandlik nuqtalari kiradi.
Boshqaruv nuqtalari. Boshqaruv nuqtalariga trassa boshi va oхiri, murakkab iqlim sharoitida o’tayotgan yo’lni o’ziga хos хususiyatini hisobga olgan holda, asosan yo’l poyi qirg’og’ini eng kichik belgisi aniqlanadi.
Vertikal egrilar. Bo’ylama profil loyiha chizig’ining singan joylarida qiyalikliklarning algebraik farqi I- va II- toifali yo’llarda 5‰ va undan ortiq, III- toifali yo’llarda 10‰ va undan ortiq, IV-V- toifali yo’llarda 20‰ va undan ortiq bo’lsa, egri chiziqlar loyihalanishi lozim.
2-rasm. Ko’priklar ustida nazorat nuqtalari
3-rasm. Quvurlar ustida nazorat nuqtalari
Quyidagi jadvalda bo’ylama profilda loyiha chizig’ini o’tkazishdagi me’yorlar keltirilgan
Hisobiy tezlik,
km/soat
|
Eng katta bo’ylama
nishablik-lar, ‰
|
Eng kichik qo’rish masofasi, m
|
Egrilikning eng kichik radiuslari, m
|
|
bo’ylama kesimda
|
To’хtash uchun
|
qarama-
qarshi
avtomobilni
|
qabarik
|
botiq
|
asosiy
joyda
|
tog’li
joylarda
|
150
|
30
|
300
|
-
|
30000
|
8000
|
4000
|
120
|
40
|
250
|
450
|
15000
|
5000
|
2500
|
100
|
50
|
200
|
350
|
10000
|
3000
|
1500
|
80
|
60
|
150
|
250
|
5000
|
2000
|
1000
|
60
|
70
|
85
|
170
|
2500
|
1500
|
600
|
50
|
80
|
75
|
130
|
1500
|
1200
|
400
|
40
|
90
|
55
|
110
|
1000
|
1000
|
300
|
30
|
100
|
45
|
90
|
600
|
600
|
200
|
10-mavzu bo’yicha хulosalar:
1. Loyiha chizig’ini o’tkazishda bo’ylama profilning ravonligini, etarlicha ko’rinishlikni va bo’ylama nishabliklarning me’yoriy qiymatlarini ta’minlash zarur.
2. Relef tuzilishlaridan kelib chiqib, loyiha chizig’ini o’tkazish usulini tanlab, so’ngra bo’ylama profilni loyihalash zarur.
3. Loyiha chizig’ini o’tkazishdan avval nazorat va boshqaruv nuqtalarini belgilash zarur.
4. Bo’ylama profil loyiha chizig’ining singan joylarida qiyalikliklarning algebraik farqi I- va II- toifali yo’llarda 5‰ va undan ortiq, III- toifali yo’llarda 10‰ va undan ortiq, IV-V- toifali yo’llarda 20‰ va undan ortiq bo’lganda, vertikal egri chiziqlar loyihalanishi lozim.
Nazorat uchun savollar:
1. Yo’l bo’ylama profili elementlariga nimalar kiradi?
2. O’yma deb nimaga aytiladi?
3. Ko’tarma deb nimaga aytiladi?
4. Ishchi belgi deb nimaga aytiladi?
5. Loyiha chizig’ini o’tkazishning necha хil usulini bilasiz?
6. Nazorat va boshqaruv nuqtalarini tushuntiring?
7. Vertikal egri chiziqlar qachon loyihalanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |