Anonimlik tamoyili. Uning mohiyati shundaki, egasining virtual hisobi haqidagi ma’lumot (masalan, elektron to’lov kartasining raqami haqida) faqatgina uning o’ziga ma’lum bo’lishi lozim.
Kamsitish yo’qligi (yoki teng huquqlilik) tamoyili. Elektron biznes resurslariga va tegishlicha tarmoqqa har qanday kattalikdagi (kichik, o’rta, katta) korxonalar, shuningdek turli tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik hamda jismoniy shaxslar bir xilda oson kira olishlari kerak.
Millatdan tashqarilik tamoyili. U salohiyatli mijozlarni elektron biznesni integratsiyalashgan tizimiga milliy mansublikdan qat’iy nazar kirishlarini ta’minlash zarurligini bildiradi.
Geografiyadan tashqarilik. U elektron biznes tizimiga mijozlarning geografik manzilidan qat’iy nazar real kirish imkoniyati mavjudligini aks ettiradi.
Xavfsizlik tamoyili. Biznes bitim qatnashchilari haqidagi ma’lumot begona shaxslarga bildirmasligi lozim.
Bu biznes bitimi qatnashchilaridan biriga iqtisodiy yoki moliyaviy zarar etkazish ehtimoli yo’qligi hamda muvaffaqiyatning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Tranzaktsiya xavfsizligi maxsus to’lov tizimini qo’llash yo’li bilan ta’minlanadi.
Funktsional ekvivalent tamoyili. U bitimlarni imzolash va bajarish bilan bog’langan harakatlar yozma ravishda yoki yozma hujjatlardan foydalangan holda amalga oshirilishi milliy qonun bilan ko’zda tutilganligini bildiradi. Mazkur talab shu holda bajarilishi mumkinki, agarda ko’rsatilgan harakatlar bir yoki bir nechta elektron xabar yordamida qonunchilik qoidalariga rioya etgan holda bajarilgan bo’lsa.
Interfeysning do’stonalik tamoyili.
Elektron biznes tizimi taqdim etadigan tarmoqli texnologiyalarni qo’llash imkoniyatlari, zarur bo’lgan dasturiy ta’minot nihoyatda sodda, qulay hamda salohiyatli foydalanuvchilarning keng doirasi uchun oson bo’lishi kerak.
Bir qator umumiy tamoyillar (masalan, ishonchlilik, standartlilik, interfaollik, interfeysning do’stonaligi) elektron biznesni integratsiyalashgan tizimiga tegishli bo’lgan muayyan ta’minot kichik tizimlari (lokal tizimlari) uchun qo’yiladigan tamoyillar ro’yxatiga kiritilishi lozim.
Shu bilan birga elektron biznes tizimi infratuzilmasi tarkibiga kiradigan ta’minot kichik tizimlari uchun umumiy tamoyillarga qo’shimcha, xususiy tamoyillar ishlab chiqilishi kerak.
Bu to’lov tizimlari, moliyaviy ta’minot tizimlariga tovarlar va xizmatlarni etkazish xizm tizimlariga ham, marketing tizimlariga ham taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |