Elektron biznes tizimlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Elektron biznes tizimlarini tashkil qilinishi nazariy va uslubiy jihat- dan yaxshi ishlab chiqilmaganligi sababli quyidagi eng muhim muam- molarni hal qilish talab etiladi:
elektron biznes tizimini qurishning asosiy ilmiy tamoyillarini ishlab chiqish;
Internet-iqtisodiyotni tuzilmaviy modelini ishlab chiqish hamda undagi elektron biznes tizimining o‘rnini asoslash;
Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron biznes tizimi modellarini qurilish xususiyatlarini ochib berish;
Internet tarmog‘ida amalga oshiriladigan elektron biznesning tashkiliy-iqtisodiy modellarini har xil turlarining klassifikatsiyasi;
elektron biznesni qo‘llashning eng maqsadga muvofiq sohalarini asoslab berish;
elektron biznesni an’anaviy savdodan farqlaydigan, uni prinsipial xususiyatlarining klassifikatsiyasi;
elektron biznes tizimi asosiy elementlari tarkibini asoslash;
elektron magazinni tashkil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablarni ifodalash;
elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar bahosi hamda ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
elektron biznes tizimida hal qilinishni lozim bo‘lgan asosiy tash- kiliy-iqtisodiy vazifalar majmuyini asoslash;
elektron magazinni tashkil qilish uchun maqsadga muvofiq das- turiy vositani tanlovini asoslash bilan bog‘liq metodikani ishlab chiqish. Ushbu metodika an’anaviy bir maqsadli yondashuv asosida emas, maz- kur vazifani yechishga ko‘p maqsadli (ko‘p mezonli) yondashuv asosida amalga oshiriladi hamda nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’- minlaydi;
elektron biznesni barcha qatnashchilari tomonidan olinadigan umumiy iqtisodiy manfaatlarni tartiblashtirish;
ishlab chiqaruvchi - firmalar oladigan asosiy iqtisodiy-tashkiliy afzalliklarning majmuyini aniqlash.
Elektron biznesni rivojlantirishda bugungi kunda O‘zbekistonda bir qator muammolar mavjud. Bular:
respublika to‘lov tizimlarini xorijiy to‘lov tizimlarini bilan uy- g‘unlikda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar yo‘qligi;
elektron biznes tizimlarining zamonaviy infratuzilmasini yara- tishda davlat tomonidan kerakli va keng miqyosdagi qo‘llab-quvvat- lashning cheklanganligi;
elektron biznes qatnashchilari o‘rtasida ma’lumot almashish xavf- sizligini yuqori darajasini ta’minlashning imkoni yo‘qligi.
intellektual mulkka huquqlarni samarali himoya qilishni ta’min- lash muammosi hal etilmaganligi; bu, ayniqsa, elektron usul bilan tar- qatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga tegishlidir;
ochiq tarmoqlarda elektron biznesni amalga oshirishni kerakli maxfiyligi hamda xavfsizligini kafolatlaydigan ishonchli mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi;
elektron biznes tizimida samarali ishlay oladigan malakali muta- xassislarni etishmasligi (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida biznes sohasi mutaxassislarini tayyorlash asosan savdoni olib borishning an’- anaviy shakllariga mo‘ljallangan);
elektron biznes qatnashchilari salohiyatli xaridorlarning ko‘pchi- lik qismi talablariga javob beradigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan narxlar tizimiga tayanmasligi;
elektron biznes qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy bazaning nomukammalligi;
Internet-kompaniyalari (jumladan elektron magazinlar) ni tashkil qilish va amal qilishining iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri baholashga xizmat qiladigan maxsus metodikalar yo‘qligi;
elektron biznes tizimlarini rivojlantirish sur’atlari yuqori bo‘lma- gani sababli qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilish imkoniyati chek- langanligi.
Yuqorida qayd etilgan muammolardan ba’zilarini global va davlat miqyosida hal qilish mumkin.