Elektron auktsion (elektron kimoshdi savdosi) – an’anaviy kimoshdi savdo (auktsion)ga o’xshash bo’lib, zamonaviy Internet-texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. Har qanday elektron kimoshdi savdo aksariyat elektron biznesning “iste’molchi-iste’molchi” modeliga taalluqlidir. (customer to customer, yoki S2S).
Bir vaqtning o’zida auktsion “biznes-biznes” modeli ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Ushbu modelning misollari sifatida turli xil energetik elektron auktsionlari va tovar birjalarini ko’rish mumkin. Ular ko’proq AQSh va G’arbiy Evropa davlatlari uchun xosdir. Auktsion atrofida odatda bir xil manfaat bilan birlashgan insonlarning hamjamiyati paydo bo’ladi. G’arb auktsionida bitimning o’rtacha qiymati 35-80 AQSh dollarini tashkil qiladi. Internetning rusiyzabon qismida Molotok.ru elektron auktsioni amal qiladi. Unda istalgan narsani sotish yoki sotib olish mumkin. Biroq auktsion rahbariyati bitim albatta amalga oshirilishining yuridik kafolatini bera olmaydi. Birinchidan, Rossiyada elektron zaqamli imzo haqida qonunning mavjud emasligi. Ikkinchidan, bank kartochkalari kam ommalashganligi sababli kartochka raqamidan savdo qatnashchisini identifikatsiyalash imkoniyati yo’q (aynan bank kartochkasi raqami G’arb elektron magazinlarida qatnashish uchun majburiy shart hisoblanadi).
Elektron auktsion uchun xos bo’lgan jarayonning o’ziga xosligi uni multimedia interfeysga bog’lanishini ta’minlash, Internet tarmog’iga kirish kanali zaruriyatini ko’zda tutadi.
Auktsion – bu shunday musobaqaki, unda sotuvchi o’zining tovarini maksimal narxda sotmoqchi, xaridor esa tovarni minimal narxda sotib olmoqchi bo’ladi. Auktsion stavkalari o’sishi yoki pasayishiga ko’ra ikkita katta sinfga bo’linadi. Stavkalar minimaldan maksimalgacha yoki, aksincha, dastlab tasdiqlangan maksimal kattalikdan minimalgacha pasayishi mumkin.
Auktsion savdosiga eng ko’p quyidagilar to’g’ri keladi: kompyuterlar, bozor uchun yangi bo’lgan yuqori texnologiyali tovarlar, narxi arzonlashgan tovarlar, o’tmas tovarlar, avvalgi etakchi tovarlar, kollektsiya tovarlari.
Elektron aktsionlar paydo bo’lishining eng muhim sabablaridan biri – bu tovarlarga haqiqiy bozor narxlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lishdir.
Auktsionlarning elektron turlari an’anaviy auktsionlardan bir qator omillar bilan farqlanadi: xaridorlar soni nisbatan kattaligi, tovarlar soni ko’pligi, sotuvchi va xaridorlarning bevosita interfaol muloqoti, auktsionlarning turli modellari, kecha-kunduz ishlashi, hududiy chegaralar yo’qligi, tovarni batafsil ta’rifi va ko’rinishi, mijozlar bilan ishlash xizmati.
Do'stlaringiz bilan baham: |