Elektron magazin. U Internet tarmog’ida bizneschi tomonidan web-serverni tashkil qilish asosida amalga oshirilgan vakolatni bildiradi. Bunday korxonani tashkil qilishdan asosiy maqsad – Internetning qolgan foydalanuvchilariga tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlashdan iboratdir. Serverga kirgan salohiyatli xaridor gipermatnli ishoralar yordamida va ko’p sonli multimedia imkoniyatlardan foydalanib mahsulot haqida o’zini qiziqtirgan ma’lumotni to’liq hajmda olishi mumkin. Tovar barcha talab etilayotgan iste’mol xususiyatlariga javob bergan taqdirda xaridor buyurtma berishi mumkin. Elektron magazin faoliyat ko’rsatishini har xil variantlari mavjud. Ba’zida bitimlar va tovar etkazishlarni Internet yordamida faqatgina kuzatib borilishi ko’zda tutiladi: tovarni tanlash, buyurtma berish, ba’zida to’lov ham. Biroq tovarni bevosita etkazilishi an’anaviy usulda olib boriladi (tovar – bu avtomobillar, kompyuterlar, maishiy texnika va boshqalar). Boshqa hollarda tarmoqni qo’llash tovarni etkazishni Internetdan foydalanish yordamida ko’zda tutadi.
Maxsus dasturiy ta’minot. Unga: dasturlashtirish tillari (Java, HTML, HML va boshqalar); ma’lumotlarni kiritish va chiqishi uchun qoliplar; matnlarni ko’p tilliligini qo’llab-quvvatlash; web-sahifalar dizayni hamda ularni tayyorlash usullari; maxsus dasturiy ta’minot va boshqalar kiradi.
HTML (HyperText Markup Language) - web-hujjatlarni tashkil qilish uchun qo’llanadigan kodlarning andozaviy to’plamidir; kompyuterda o’rnatilgan foydalanuvchining brauzeri HTML yordamida ekranga matnni, rasmlarni hamda multimedianing boshqa elementlarini qanday ko’rinishda olib chiqish kerakligini aniqlaydi.
Elektron magazin yoki tizimning savdo qismini boshqarishning dasturiy majmui – bu onlayn rejimida ishlaydigan savdo tizimini ishlab chiqish va saqlab turishga yordam beradigan dasturiy ta’minotdir.
Web-kontentni boshqarish tizimlari – bu o’zgaruvchan axborot web-saytlarini ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlashga yordam beradigan dasturiy ta’minotdir.
Oldi-sotdi harakatlari xavfsizligini ta’minlaydigan tizim. To’lovlarni o’tkazishning samarali, arzon va eng muhimi, xavfsiz vositasini ta’minlash elektron biznes tizimidan samarali foydalanishning eng ahamiyatli shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Internet tarmog’ida kommunikatsiyalarni himoya qilishning har xil usullari mavjud. Elektron raqamli izmodaochiq kalitli kriptografiya ommaviylashgan. Bu degani elektron raqamli izmodan foydalanish. Ma’lumotning muhofazasini samarali vositalarini joriy etish uchun qaysi daraja mosligi hali aniq emas. Qayd etish joizki, ruxsat etilmagan kirishdan ma’lumotni himoya qilishning taklif etilayotgan variantlari ichida ulardan bittasini shubhasiz afzal ko’rish mumkin emas. To’lovlarni himoya qilishning eng yaxshi vositasini muayyan vaziyatda mutaxassislar tanlashlari kerak.