Yuridik ta’minot. Elektron biznes va savdoni tashkil qilish birinchidan, an’anaviy yuridik me’yorlar va qoidalarni qo’llashga asoslanishi, ikkinchidan, yangi ixtisoslashgan huquqiy institutlar va taomillarni ishlab chiqishni ko’zda tutmog’i lozim. Bundan tashqari, qonunchilikni muvofiqlashtirish, shuningdek turli mamlakatlarda qo’llanadigan qoidalar va taomillarni soddalashtirish dolzarb hisoblanadi. Bular biznes va davlat hokimiyatining tegishli tuzilmalarini nafaqat bitta mamlakat doirasida, balki jahon miqyosida yaqin hamkorlik olib borishini ko’zda tutadi.
Eng muhim tamoyillardan biriga ko’ra, shartnomani imzolagan tomonlar (masalan, oldi-sotdi bitimini) bu shartnoma elektron usulda tuzilgani uchungina uning qonuniyligi va ishonchliligini shubha ostiga qo’yishga haqli emaslar. Ushbu tamoyilni hamma vaqt ham qo’llash imkoni bo’lmaydi. Xususan, bunday bitimning qoidalari sud muhokamasida har doim ham yuridik kuchga ega bo’lmaydilar.
Buning sababi shundaki, mazkur vaziyatda barcha mavjud shartlarni o’z ichiga olgan, qog’ozda tuzilgan va tomonlarning imzolari bilan tasdiqlangan, an’anaviy yozma shartnoma talab etiladi. Natijada elektron biznes ko’pincha milliy qonunning umum majburiy qoidalari oqibatida paydo bo’ladigan huquqiy to’siqlarni bosib o’tolmaydi. Mazkur to’siqni engish maqsadida va elektron biznesni normal faoliyat ko’rsatishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquq va xalqaro savdo bo’yicha komissiyasi (YuNISTRAL) tomonidan 1996 yilda qoidalarni majmui – “Elektron biznes haqida”gi Namunaviy qonun ishlab chiqilgan.
Unga ko’ra, turli mamlakatlar milliy qonunchilikda EHM yordamida imzolangan shartnomalarning yuridik ahaliyati bilan bog’liq bo’lgan asosiy muammolarni hal qila olishlari mumkin, shuningdek elektron ko’rinishdagi shartnoma hujjatlarini sud isboti sifatida qabul qilinishi mumkin. Namunali qonun bilan tavsiya etilgan taomillarni milliy qonunchilikka kiritilishi tomonlar ma’lumotni uzatishning elektron vositalarini tanlagan vaziyatlarni tartibga solish vaqtida davlat tomonidan axborotni har xil tashuvchilariga nisbatan xolis huquqiy muhit tashkil qilinadi. Hal qilinishi talab etilgan asosiy qoidalardan biri – bu elektron imzoga munosabatni tartibga soladigan qoidalarni ishlab chiqishdir. Bunda raqamli imzolar ustidan ishlash savdo huquqi sohasi bilan cheklanib qolmasdan, o’z ichiga fuqarolik va ma’muriy huquqning umumiy masalalarini kiritishi kerak.
Ba’zi bir respublika qonun hujjatlarida shaxsiy imzo qo’yilgan an’anaviy qog’oz hujjatlarini qo’llash haqida ko’rsatmalar hali ham saqlanib qolmoqda. Xalqaro darajadagi kabi, bunday me’yorlar elektron biznes tizimini O’zbekistonda joriy qilinishi hamda uni global elektron bozorga integratsiyalashuviga yuridik to’sqinlik qiladi. Shu munosabat bilan mahalliy qonunchilik takomillashtirilishi, bir qator yangi qonunlar paydo bo’lishi kerak.
Ulardan elektron raqamli imzo haqidagi respublika qonuni ustuvor hisoblanadi. Elektron imzoga ishonch shartnomalarni imzolash hamda mulkiy huquqlarni elektron imzo yordamida o’tkazishning muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |