1-jadval
Loyihada tavsiya etilayotgan internet tarmog’idan foydalanishning huquqiy asosini ishlab chiqishda hisobga olinishi lozim bo’lgan tamoyillar tarkibi
T/r
|
Tamoyillar nomi
|
Tamoyillar mazmuni
|
1.
|
Boshqarish predmeti tamoyili
|
Boshqarish predmeti bo’lib operator va Internetdan foydalanuvchilar o’rtasidagi ham o’zaro, ham boshqa shaxslar va davlat organlari bilan axborot uzatish va Internet orqali xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan huquqiy munosabatlar hisoblanadi
|
2.
|
Ijod huquqining xalqaro darajasi ustuvorligi tamoyili
|
Universal xalqaro bitimlar tuzish va ijro etish (shu jumladan mos me’yorlarni O’zbekiston qonunchiliga inkorporatsiya qilish) bilan Xalqaro huquqiy darajada Internetning huquqiy me’yorlari ustuvorligi ko’zda tutilgan.
|
|
Yuridik bo’lmagan tartibga solish usullarini qo’llash tamoyili
|
Qator me’yoriy muammolar davlatning huquqiy tartibga solish usullarisiz amalga oshirilishi mumkin va lozim, shu hisobda «Internet-hamjamiyati» qatnashchilarining tashkiliy o’zaro munosabati doirasida, hamda Internetdagi qo’llaniladigan amallarni algoritmlash va avtomatlashtirish darajasida.
|
|
Tartibga solishning etarliligi tamoyili
|
Internet faoliyatining shaxs manfaatlariga taalluqli, jamiyat axloqini buzilishiga qarshi kurashishga qaratilgan, axborot xavfsizligi doirasida davlat manfaatlarini himoyalash, jamoat tartibini saqlash masalalarga tegishli bo’lgan me’yor va qoidalarni qonun vositasida mustaxkamlanishi zarur.
|
Yuqorida keltirilgan tamoyillarga xos bo’lgan asosiy kamchiliklar tavsiya etilgan hamda biz ko’rib chiqqan Internet-biznes tizimida shaxslar faoliyatini tashkil qilish tamoyillarinikiga o’xshash.
Tavsiyalarda keltirilgan elektron biznes sohasida faoliyatni tashkil qilishning asosiy tamoyillari tarkibi to’liq hamda mukammal emas. Sabablari:
- Birinchidan, ishlab chiqilgan tamoyillari ularga qo’yiladigan qoidalarga javob bermaydi: bayon qilishning qisqaligi; umumlashtirilgan ta’rif berish; bir xil tushunish; alohida taqdim etish (bir tamoyilda bir nechta har xil tamoyilni birlashtirishdan farqli).
“Fakultativ” tushunchasini (lotinchada majburiy bo’lmagan, ehtimolli, tanlab olinadigan, har zamonda amal qiladigan) asosiy tamoyillardan biriga nisbatan qo’llash asosiz ko’rinadi.
- Ikkinchidan, deyarli hamma tamoyillar juda keng ta’rifga ega. Ularning aksariyati umuman elektron biznesning integratsiyalashgan tizimi uchun xos bo’lgan emas, balki lokal tamoyillar kategoriyasiga taalluqlidir. “Mantiqiy javobgarlik” tamoyili bir ma’noli ta’rif bo’lib hisoblanmaydi.
“Mantiqiylik” darajasini elektron biznesning har bir qatnashchisi tavsiyalar mualliflari tomonidan har xil tushunilishi mumkin. Har bir tamoyil qonuniyligini hisobga olib, ularning ta’rifiga bunday yondashuv asoslanmagandir. “Axborot almashish mantiqiy erkinligi” tamoyili uchun ham ushbu e’tiroz haqlidir. “Biznes operatsiyalari ochiqligi va ularni amalga oshirish ishonchliligi” tamoyili o’ziga ikki xil tamoyilni kiritadi. Bir vaqtning o’zida ulardan har biri mustaqil ma’noga ega. Ularning ta’rifi ham bir xil emas. “Ochiqlik” m’nosini turlicha tushunish mumkin. “O’zR qonunlarining mintaqaviy qonunlardan ustunligini saqlash” tamoyili tabiiydir.
Biroq ushbu tamoyilni nisbatan to’g’ri ta’rifi – bu qarama-qarshi bo’lmaslik tamoyilidir. Uning mohiyati shundaki, mintaqaviy darajada qabul qilingan qonunlar respublika darajasida qabul qilingan qonunlarga zid bo’lmasligi kerak.
- Uchinchidan, “tamoyil” va “qoida” tushunchalari bir xil tushunilmoqda. Masalan, “provayderlarning mantiqiy javobgarligi” tamoyili birinchi navbatda uning lavozim majburiyatlariga taalluqlidir hamda elektron biznesning butun tizimi uchun umumiy qonun bo’lib hisoblana olmaydi. U tegishli kichik tizim tamoyillari tarkibiga kiritilishi mumkin, xolos. “Isbotlarni ixtiyoriy ta’minlash” tamoyili uchun ham ushbu e’tiroz o’rinli.
- To’rtinchidan, tavsiya etilgan tamoyillar tarkibini etarli darajada to’liq deb bo’lmaydi, chunki u elektron integratsiyalashgan biznes tizimining bir qator boshqa jihatlarini hisobga olmaydi.
- Beshinchidan, bir qator tamoyillar lokal hisoblanadi, ya’ni ular elektron biznes tizimining tegishli ta’minot kichik tizimlaridan (lokal tizimlaridan) iborat bo’ladi.
- Oltinchidan, tamoyillarning keltirilgan ta’riflari tahrirtalabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |