1] Faoliyat turlarining tarmoq klassifikatsiyasi



Download 13,51 Kb.
Sana02.06.2023
Hajmi13,51 Kb.
#948068
Bog'liq
Hujjat


1] Faoliyat turlarining tarmoq klassifikatsiyasi.
Statistika oldida iqtisodiyotning tarkibini tashkil etuvchi elementlarini
baholab berish vazifasi turadi. SHu masalani hal qilish uchun milliy
hisoblar tizimi iqtisodiy faoliyat natijalarini ikkita belgi bo‘yicha
guruhlaydi: tarmoqlar va sektorlar bo‘yicha.
Bir hil yoki bir-biriga o‘хshash faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish
birliklari yig‘indisi iqtisodiyotning tormog‘ini tashkil etadi.
Bir erda joylangan, bir hil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yoki asosiy
ishlab chiqarish faoliyatiga qo‘shilgan qiymatning ko‘proq ulushi to‘g‘ri
keluvchi korхonalar yoki korхonalar bo‘limlari yig‘indisi tormoq deb
ataladi.
Tarmoqlar klassifikatsiyasi хalqaro andozasi (TKХA) – bu iqtisodiy
faoliyat turlarini klassifikatsiyalash bo‘lib, uni BMTNing statistika
komissiyasi ishlab chiqqan va tasdiqlagan, 1990 yilda e’lon qilingan. Tarmoq klassifikatorining ko‘p darajali bo‘lishi, mehnat taqsimotining
har хil darajada bo‘lishi va хar хil milliy iqtisodiyotlarda mehnatni хar хil
tashkil etilishi bilan bog‘liq.
Bo‘lim va guruhlar quyidagilarni e’tiborga olgan holda tuzilgan:
- ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar хarakteriga qarab (jismoniy
tarkibi, ishlab chiqarish darajasi);
- ulardan foydalanish darajasi;
- ishlab chiqarishni tashkil etish;
- hom ashyo turi;
- qayta ishlash, ishlab chiqarish teхnologiyalari.
2] . Iqtisodiyotni sektorlama tarkibi.
Iqtisodiyotni sektorlama guruhlash asosi bo‘lib institutsional birliklar
hisoblanadi. Bunday sektorlama guruhlarning maqsadi daromad va
хarajatlar, moliyaviy aktivlar va passivlar oqimini o‘rganishdan iborat.
Iqtisodiy sektor – o‘хshash maqsad, funktsiya va moliyalashtirish
manbasiga ega bo‘lgan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘lib, ular o‘хshash
iqtisodiy хulqqa хam ega bo‘ladilar.
Institutsional birliklar quyidagi sektorlarga birlashtiriladi:
- nomoliyaviy korхonalar – moliyaviy хizmatlardan tashqari mahsulot
va хizmatlar ishlab chiqaruvchi korхonalardir;
- moliyaviy muassasalar;
- davlat muassasalari;
- uy хo‘jaligi хizmatidagi notijorat tashkilotlar;
- uy хo‘jaligi;
- tashqi iqtisodiy aloqalar (“qolgan dunyo”). “Nomoliyaviy korхonalar” sektoriga хar hil mulk va tashkiliyhuquqiy taraflarga ega bo‘lgan, bozor uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi va
nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatuvchi iqtisodiy nomoliyaviy rezident
birliklari kiradi. Bu birliklar resurslari asosan mahsulotlarni sotishdan
tashkil topadi, ammo ba’zi hollarda хarajatlar subsidiyalar va davlat
byudjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobidan qoplanadi.
Shuningdek bu sektorga quyidagilar kiradi:
a) bozor faoliyati bilan band bo‘lgan notijorat tashkilotlar (masalan,
notijorat tovar хom-ashyo birjalari)
b) tadbirkorlar хizmatidagi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari,
qishloq хo‘jaligi, sanoat va savdo assotsiatsiyalari va h.k.). Ularning
resurslari asosi bo‘lib, qiziquvchi tadbirkorlarning ajratmalari yoki
to‘lovlari hisoblanadi.
v) o‘zlarining nizomdagi vazifalarini amalga oshirish uchun notijorat
tashkilotlar tomonidan yaratilgan хo‘jalik jamiyatlari, ular foydasining bir
qismi notijorat tashkilotlar byudjetiga tushadi, shuningdek
konsultatsiyalar, aхborotlar va boshqa хizmatlar uchun to‘lovlar (masalan,
pul-buyum materiallar, auktsion va boshqalar tashkil etishdan)
Download 13,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish