1. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari. Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari


yil uchun Toshkent shahri buyicha soliqlardan shahar va tuman mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yorlari



Download 0,86 Mb.
bet9/11
Sana28.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#187573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi


2019 yil uchun Toshkent shahri buyicha soliqlardan shahar va tuman mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yorlari


Tumanlar nomi

Yagona soliq
to‘lovidan ajratma

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvch yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq

Aktsiz
solig‘i

Yuridik
shaxslar mol
mulkiga
solinadigan
soliq

Jismoniy
shaxslar mol
mulkiga
solinadigan
soliq

Yuridik
shaxslar
yer solig‘i

Jismoniy
shaxslardan
olinadigan
yer solig‘i

Suv
resurslaridan
foydalanganlik
uchun soliq

Jarimalar

Bozorlar
daromadidan
tushum

Mahalliy
yig‘imlar

Shayhontohur

15

100

100

-

100

-

100

100

100

100

100

Uchtepa

53

100

100

-

100

-

100

100

100

100

100

Chilonzor

75

100

-

-

100

-

100

100

100

100

100

Mirobod

50

100

100

-

100

-

100

100

100

100

100

Mirzo Ulug‘bek

91

100

100

-

100

100

100

100

100

100

100

Yakkasaroy

9

100

-

-

100

-

100

100

100

100

100

Olmazor

97

100

-

-

100

100

100

100

100

100

100

Yashnobod

63

100

-

100

100

100

100

100

100

100

100

Sirg‘ali

94

100

-

-

100

-

100

100

100

100

100

Bektemir

14

100

-

-

100

-

100

100

100

100

100

Yunusobod

91

100

100

-

100

-

100

100

100

100

100


Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidantumanlar va shaharlar byudjetlariga

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlanayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi. Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak. Yuqoridagi 5-jadvaldan ko‘rish mumkinki, ya’ni Respublika byudjetidan 2019 yilda Andijon viloyati, Jizzah viloyati, Namangan viloyati, Samarqand viloyati, Surhondaryo viloyati, Sirdaryo viloyati, Xorazm viloyatlari uchun tuman va shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan halq ta’limi, maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimiy to‘lovi xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.



Byudjet ssudasi:

prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar o‘rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga;

daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun - olti oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Rejali byudjet ssudasi daromadlarning prognoz qilingan tushumlari, nazarda tutilgan subventsiya, o‘tkazib beriladigan daromadlarning summasi maqsadli ijtimoiy transfertlar, aylanma kassa mablag‘laridan va yil boshidagi erkin qoldiqlardan vaqtinchalik mablag‘ jalb qilish, dotatsiya tasdiqlangan tegishli byudjetlarda nazarda tutilgan ayrim choraklardagi xarajatlar qoplanishini ta’minlamagan hollarda beriladi. Byudjet ssudasi:

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti mablag‘lari hisobidan — tumanlar va shaharlar byudjetlariga ularning daromadlari hamda xarajatlari o‘rtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi.



Byudjet ssudalarini berishning majburiy sharti ulardan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek joriy moliya yili mobaynida ularni o‘z vaqtida qoplashdan iboratdir.Byudjet ssudasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamg‘armasini taqsimlovchi organ rahbarining byudjet ssudasiga bo‘lgan ehtiyojni asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilingan yozma so‘rovi asosida beriladi. Byudjet ssudasi berish to‘g‘risidagiyozma so‘rovni ko‘rib chiqishda moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot va hisob-kitoblarni so‘rab olish huquqiga ega. Mahalliy byudjet harajatlarini taqsimlashda boshqaruv qarorlarini qabul qilish qo‘yidagi talablarni ta’minlanishiga to‘liq javob berishi darkor:

1) Byudjetlararo munosabatlar tizimini tartibga solish yagona mexanizm va printsiplarga tayanishi kerak. Jumladan, daromad manbalarini biriktirilish va moliyaviy yordamlarni (dotatsiya, subventsiya, ssuda) taqsimlash masalalarida alohida subyektlarga moliyaviy imtiyozlar berish va ustuvor qulayliklar yaratib berish bo‘yicha — noan’anaviy yondoshish xollariga yo‘l qo‘ymaslik lozim;

2) Turli xil darajadagi hokimiyat va boshqaruv organlari byudjet harajatlarini amalga oshirishda qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikka amal qilishikerak;

3) Hududlarnibyudjetmablag‘laribilanta’minlashnio‘zvaqtida va to‘liq tashkil qilish uchun ularga moliyaviy yordamlarni ob’ektiv va oshkora taqsimlash lozim;

4) Bir iktirilgan mahalliy daromad bazasini kengaytirish bilan birga, respublika byudjetidan olinayotgan moliyaviy yordamlarni samarali va maqsadga muvofiq foydalanayotgan mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlari tashkil etilish kerak;

5) Byudjet harajatlari buyicha qabul qilinayotgan qarorlarning moliyaviy intizomga to‘liq itoat qilishini nazorat qiluvchi yagona mexanizm ishlashi zarur.

Xulosa

Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish quroliga aylanib bormoqda desak adashmagan bo’lamiz. Mahalliy moliya:

- mahalliy ahamiyatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishga;

- aholi bandligining oshishini ta’minlashga;

- hududiy xo’jalik kompleksining uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlovchi soha va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilishga;

- hududdagi aholining zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida mahalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 55-60 foizi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib borishiga olib kelgan.

Mahalliy byudjetlarning daromadlari tizimini ikki guruhga ajratish mumkin, ya’ni mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari tizimiga.




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish