1-jadval
Toshkent shahri mahalliy byudjetining daromadlari tarkibi va ularning asosiy ko‘rsatkichlari8
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
2018 yil
|
2019 yil
|
Miqdori
(ming so‘m)
|
Jamiga
nisbatan
(%)
|
Miqdori
(ming so‘m)
|
Jamiga
nisbatan
(%)
|
Daromadlar jami
|
2378949305
|
100,0
|
3236227699
|
100,0
|
1
|
Yagona soliq to‘lovidan ajratmalar
|
1107522830
|
46,6
|
524268887,2
|
16,2
|
2
|
Aktsiz solig‘i
|
-
|
0,0
|
699347434
|
21,6
|
3
|
Bozorlar daromadidan tushum
|
85102312
|
3,6
|
129449108
|
4,0
|
4
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
|
72780880
|
3,1
|
362523513
|
11,2
|
5
|
Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i
|
331212400
|
13,9
|
187111200
|
5,8
|
6
|
Yuridik shaxslar yer solig‘i
|
131200000
|
5,5
|
287938600
|
8,9
|
7
|
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
|
18640835
|
0,8
|
30864700
|
1,0
|
8
|
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’mol qilganlik uchun soliq
|
201304000
|
8,5
|
-
|
0,0
|
9
|
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq
|
259440000
|
10,9
|
153773100
|
4,8
|
10
|
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq
|
93569255
|
3,9
|
108787245
|
3,4
|
11
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i
|
54 330 000
|
2,3
|
65528168
|
2,0
|
12
|
Davlat boji
|
-
|
0,0
|
468859632
|
14,5
|
13
|
Jarimalar
|
-
|
0,0
|
175290460
|
5,4
|
14
|
O‘zR IIV Yo‘l harakati havfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy o‘linmalari tomonidan o‘ndiriladigan yig‘imlar
|
-
|
0,0
|
13451256
|
0,4
|
15
|
Mahalliy yig‘imlar
|
23 846 793
|
1,0
|
32 362 277
|
1,0
|
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, Toshkent shahri mahalliy byudjetining daromadlari tarkibi utgan yilga nisbatan o‘zgargan. Agar 2018 yilda Toshkent shahr mahalliy byudjetining daromadlari tarkibida asosiy daromad ulushi yagona soliqdan ajratmalar tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil prognozlari bo‘yicha aktsiz solig‘i yuqori ulushni tashkil etganini ko‘rishimiz mumin.
2019 yil prognozlariga qaraganda Toshkent shahri mahalliy byudjeti daromadlari tarkibida asosiy ulushni yana davlat bojidan tushumlar (14,5%), yagona soliq to‘lovidan ajratmalar (16,2%)ga to‘g‘ri kelmoqda. Amaliyotda mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlar hisobidan to‘liq ta’minlashning iloji bo‘lmayapti. Bunga erishish uchun respublika yudjetidan mahalliy byudjetlarga katta miqdordagi subventsiyalar ajratilmoqda.
Albatta biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlarining oshishiga va ular daromadlari barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z navbatida ma’lum bir me’yorda mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
– umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
– bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi institute filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari;
– qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
– hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdekmadaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari; – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
– qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;
– uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
– suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
– aholi punktlarini obodonlashtirish;
– shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;
– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish xarajatlari;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‘iston espublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 72-moddasiga muvofiq, tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
– tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
– tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolashprofilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
– qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
– tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
– veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish stantsiyalarini saqlab turish;
– shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
– uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
– aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Budjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar hamda ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi:
- axoli jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi;
- iqtisodiy potentsialdan foydalanish darajasiga qarab budjet resurslarining taqsimlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |