1. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari. Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari


Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari



Download 0,86 Mb.
bet2/11
Sana28.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#187573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi

1. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari.

Bizga ma’lumki, mahalliy moliya – O’zbekiston Respublikasi mahalliy ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va oqimlari yig’indisi bo’lib, mahalliy xo’jalik ehtiyojlarini normal darajada ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul mablag’lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish quroliga aylanib bormoqda desak adashmagan bo’lamiz. Mahalliy moliya:

- mahalliy ahamiyatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishga;

- aholi bandligining oshishini ta’minlashga;

- hududiy xo’jalik kompleksining uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlovchi soha va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilishga;



- hududdagi aholining zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

1-rasm. Mahalliy moliyaning vazifalari1

Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo’g’inlar kiradi:

1. Mahalliy byudjetlar;

2. Mahalliy maxsus fondlar

3. Mahalliy korxonalar moliyasi

Mahaliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy moliyaviy bazasini mahalliy byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar milliy daromadni ko’p pog’onali qayta taqsimlash mahsulini aholiga etkazishning muhim kanallaridan biridir. Mahalliy byudjetlardan ma’lum darajada mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari, hududni obodonlashtirish, keng aholi qatlamlarining normal hayotiy faoliyatini ta’minlovchi xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa bir qator soha va tarmoqlar xarajatlari moliyalashtiriladi

Mamlakat byudjet tizimi bo’yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning 50 foizidan ko’proq qismi mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, xususan, jamiyat ijtimoiy infratuzilmasini saqlash va rivojlantirishga mo’ljallangan umumdavlat mablag’larini qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.



Mahalliy byudjetlar, Byudjet kodeksi” ga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan. Mahalliy korxonalar moliyasi – Mahalliy (munitsipal) mulkka asoslangan, mahalliy hokimiyat bo’ysinuvidagi, unitar korxonalar moliyasi bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

- uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalari

- obodonlashtirish korxonalari

- suv xo‘jaligi korxonalari

- gaz, elektr, issiqlik ta’minoti korxonalari va boshq.

Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

- mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;

- bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;



- mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Byudjet kodeksi” ning 35-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar quyidagi byudjetlarni o‘z ichiga oladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.

Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy xujjatdir. Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy xududlarni ijtimoiy-iktisodiy jihatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. Uzbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida maxalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 54-55 foizi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib borishiga olib kelgan. Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan moliyalashtirib kelingan kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital kuyilmalarini moliyalashtirish, 1994 yildan boshlab aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat byudjetidan amalga oshiriladigan harajatlar tarkibida maxalliy byudjetlar salmog‘ining oshishiga olib keldi.

Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya kilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi xisoblanadi. Aholini ijtimoiyhimoya qilish xarajatlarining deyarli yuz foizi mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish