2. Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi
Mahalliy byudjetlarga xos bo’lgan xususiyatlarning namoyon bo’lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo’ladi. Bu byudjet mexanizmida o’z aksini topadi. Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig’indisi bo’lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo’naltirishga xizmat qiladi. Quyida keltirilgan 2-rasmda O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi o‘z ifodasini topgan
Do'stlaringiz bilan baham: |