1. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari. Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari



Download 0,86 Mb.
bet8/11
Sana28.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#187573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi

P =∑(Mi*Wi)

Bu erda: P- hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligining integral

bahosi; Mi- i indikatori bo‘yicha baho; Wi- i indikatorining tutgan ulushi.

Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik indikatorlarning

bahosi va tutgan ulushi 5 balldan 15 ballgacha farqlanadi.


O‘z navbatida aniqlangan baho hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik bo‘yicha ma’lum bir turiga kiritadi. (3-jadval).

3-jadval
Hududlarning byudjet mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi turlari13


Hudud turi

Byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi kvalifikatsiyasi

Byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatkichlar chegarasi (ballarda)

Hududning kvalifikatsiyasi xususiyati

Moliyaviy

bar qaror



Yuqori

12-15

O‘ziga to‘q hudud bo‘lib,u o‘z daromadlari bilan o‘z xarajatlarini qoplay oladi

Rivojlanuvchi

O‘rta

8-12

Moliyaviy mustaqillikga intiluvchi va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga harakat qiluvchi hudud

Kuchsiz

Past

5-8

O‘z rivojlanishi uchun o‘z o‘zini moliyalashtirishda qiyinchiliklarn boshdan kechirayotgan hudud o‘lib, u o‘z xarajatlarini qoplash uchun yuqori byudjetdan mablag‘ jalb etadi.

Tushkun

Tang ahvolda

<5

Hudud yuqori byudjetning moliyaviy yordami asosida o‘z xarajatlarini qoplaydi. Uning daromadlari ulushida o‘z daromadlar 50 foizdan kam qismni tashkil etadi.

Hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlikning yuqorida taklif etilgan usuli quyidagilarga imkon beradi:

- hududiy byudjetning holatini tahlil etish;

- byudjet mablag‘lari va ulardan foydalanish natijalarini baholash;

- byudjet xavfi va risklarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;



- hududlarni byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini guruhlash. Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (byudjet daromadlarining g‘azna ijrosi yo‘li bilan) amalga oshiriladi.Muayyan moliya yili uchun Byudjet kodeksida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha ajratma normativlari belgilanmagan bo‘lsa, o‘sha daromadlar to‘liq hajmda respublika byudjetiga kirim qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya organlarining taklifiga ko‘ra mahalliy soliqlarning to‘liq hajmda kiritiladigan byudjet darajasini (masalan, viloyatning viloyat byudjeti yoki viloyatning tuman/shahar byudjeti) belgilaydi. Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarishda mahalliy byudjetlar uchun o‘rnatilgan cheklovlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligigako‘ra balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‘lishlari hamda mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Shu sababli mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish va ularning taqchil bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida byudjet amaliyotida byudjetlararo munosabatlar mexanizmlariga murojaat qilinadi.

Byudjetlararo transfertlar — O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lar. Byudjetlararo transfertlar subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan aromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi. Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanga n xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasinin respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi. Foydalanilmagan subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak14.

Tegishli ma’muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan daromadlar ular qaysi ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‘lsa, o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib berilishi mumkin.O‘tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga - asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi. Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o‘tkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga tushishi lozim bo‘lgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi. O‘tkazib beriladigan daromadlarni o‘tkazish ular bo‘yicha haqiqatda tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi

Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga dotatsiya quyi turuvchi byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subventsiyalar va o‘tkazibberiladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur byudjet daromadlarining prognozqilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlariga dotatsiyajamg‘armalar xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga olingan holda jamg‘armalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratilishi mumkin. Dotatsiyaning miqdori:

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga ajratilganda

asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratilganda



- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi. Quyida keltirilgan 5-jadvalda umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlardan ajratmalarning 2019 yil uchun Toshkent shahri mahalliy byudjetlari me’yorlari keltirilgan. Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlaridir.

Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar:

qonun hujjatlari qabul qilinganligi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xarajatlar bir byudjetdan boshqa byudjetga o‘tkazilganligi;



kapital qo‘yilmalar limitlari byudjetlar darajalari o‘rtasida qaytataqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi. Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo‘lgan summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan aniqlanadi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish