1. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari. Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari


-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi2



Download 0,86 Mb.
bet4/11
Sana28.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#187573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi

2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi2

Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning tarkibiga o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi:

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli bo‘lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi;

 viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byud-jeti, viloyatlar tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi;

 Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.

Huquqiy jihatdan mahalliy yudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.

Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

- mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;

- bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;

- mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.

Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida mahalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 55-60 foizi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib borishiga olib kelgan.

Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan oliyalashtirib kelingan kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital quyilmalarini moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlar tarkibida mahalliy byudjetlar salmog‘ining oshishiga olib keldi.

Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi.Mahalliy byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo‘ladi. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‘indisi bo‘lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish bilan bog‘liq pulli munosabatlar shaklidir.3

Mahalliy byudjetlarning daromadlari tizimini ikki guruhga ajratish mumkin, ya’ni mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari tizimiga.



Biriktirilgan daromadlar – bu byudjet huquqi subyektiga tegishli mablag‘dir, ya’ni yuqori byudjetni chetlab o‘tib, doimiy asosda, qat’iy belgilangan ulushda yoki to‘liqligicha tegishli byudjetga kelib tushuvchi mablag‘lardir. Biriktirilgan daromadlar asosini mahalliy soliqlar va yig‘imlar, qat’iy ulushda va doimiy asosda mahalliy byudjetlarga berilgan umumdavlat solio‘laridan o‘tkazmalar tashkil etadi. Davlat mahalliy hukumat organlariga ular qaramog‘idagi biriktirilgan daromadlarning ortiqcha mavjudligini moliyaviy resurs sifatida, ularga biriktirilgan vazifalarni bajarish uchun taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi quyida keltirilgan 3-rasmda yoritilgan.

Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlatbojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiytransfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi.






Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish