Ijtimoiy ishlab chiqarishni barpo etishda agrar tarmoqning ahamiyati katta bo’lib, mahsulot ishlab chiqarishni turli subyektlar yordamida amalga oshiriladi. Subyektlarni tashkil etish aholining talab va taklifiga asosan, har xil tadbirkorlik shakllarida amalga oshiriladi. Tarbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy 4 asosi bo’lib, 1. Tadbirkorning ijtimoiy ishlb chiqarish asosi – insoniyatning mavjud bo’lishi uchun eng oddiy va eng asosiy hayotiy ne’matlar yaratib berishdir.
2. Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari – korxonani tashkil etish, korxonaning tashkiliy tuzilmasi, bo’lim, bo’g’in, guruhlarning tizimli bog’lanishi, faoliyatni bir ishlab chiqarish obyekti sifatida tuzilishidir.
3. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari – tadbirkor o’z faoliyatini yuritish, korxonalar ochish, mahsulotni yetishtirib iste’molchiga yetkazib berish jarayonida qo’llaniladigan va qonunchilik idoralari tomonidan ishlab chiqilgan qonuniy hujjatlardan foydalanish tushuniladi.
4. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy asoslariga – tadbirkor tomonidan yaratiladigan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan moddiy, moliyaviy, mehnat va ijtimoiy resurslardan samarali foydalanish tushuniladi.
Qishloq xo’jaligida tadbirkorlik faoliyati – dehqonlarga o’zlarining tadbirkorligi va tashabbuskorligini ro’yobga chiqarish uchun keng erkinlik berish, ishlab chiqarish vositalarining o’z xo’jayniga ega bo’lish, o’z mehnatlarining pirovard natijalari bo’yicha manfaatdorligini oshirib, ishlab chiqargan mahsulotlarini mustaqil tasarruf etish huquqini kafolatlash zarur. Qishloq xo’jalgida tadbirkorlik faoliyatining mazmunini tushunib olishda tarmoqdagi turli xil tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli sifatida ularning tutgan o’rni, huquqiy maqomining o’ziga xos xususiyatlari mavjudligi e’tirof etish ular faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlik mulkchilik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hamda foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasidagi tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatishidir.
Qishloq xo’jalik tadbirkorligining ikki xil ko’rinishi, birinchidan, oddiy shakldagi, ya’ni yakka tartibdagi tadbirkorlik – dehqon xo’jaligini yurilik shaxs tuzmasdan amalga oshirish; ikkinchidan, murakkab shakldagi yurilik shaxs tuzgan holda, dehqon xo’jaligini, fermer xo’jaligini, qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi), ijara korxonasi, aksiyadorlik jamiyatlari, chet el investisiyasi ishtirokidagi qishloq xo’jalik korxonalari, kichik korxonalar, unitar korxonalar tashkil qilib xo’jalik faoliyatini yuritishni nazarda tutadi.
Bizning fikrimizga ko’ra, yer munosabatlari yer qonunchiligi bilan, mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligi bilan, ishlab chiqarish bilan shug’ulanuvchi subyektlar faoliyati ular to’g’risidagi qonunlar (masalan “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar) bilan tartibga solinishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |