birinchidan yagona, qulay, samarali bozor xo’jaligini vujudga keltirib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tadbirkorlik tuzilmalari tuzilishini jahon davlatlari tajribasi va amaliyotiga muvofiqlashtirilishini; ikkinchidan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tuzilmalarining respublikamiz iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda mavqyei oshishi va ularning tadbirkorlik faoliyat yuritishini ta’minlashni; uchinchidan, qishloq xo’jalik tijoratchi korxonalarining iqtisodiy qaramsizligi va xo’jalik mustaqilligini hamda ularning tadbirkorlik va biznes sohasida faoliyatini rag’batlantirish murvatlarining asoslarini mustahkamlashni: to’rtinchidan, respublika qishloq xo’jaligining imkoniyatiga, qishloq xo’jalik tadbirkorlarning tashabbuskorligi va dehqonlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini shakllantirishga baho berishni talab etadi.
Qishloq xo’jaligida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining asosiy makqsadi dehqonlarning tadbirkorligi va tashabbuskorligini ruyobga chiqarish, o’z iqtisodiy faoliyatini erkin boshqarish, va iqtisodiy munosobatlarni o’rnatish , ishlab chiqarish vositalariga o’zi xo’jayinlik qilish, o’z mehnatlarining pirovard natijalariga manfaatdor bo’lish, ishlab chiqargan mahsulotlarini mustaqil tasarrufdan iborat
5. Kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni
O’zbukistonda ishlab chiqilgan jahon moliyaviy inqiroziga qarshi choralar dasturida avvalo iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanayotgan davlatning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivodlantirish uchun hukumat tomonidan ko’plab imtiyozlar berildi. Shu imtiyozlardan kiik biznes va tadbirkorlik subyektlari samarali foydalanib, tez sur’atlar bilan tadbirkorlar soni va mahsulot yetishtirish hajmi ortib bormoqda. 2010 yilda ijtimoiy iqtisodiyot ko’rsatkichlaridan biri YaIMga nisbatan tadbirkorlar ulushi 31 foizdan 53,5 foizni tashkil etdi. Davlat rivojida asosiy faktor kichik biznes va tadbirkorlik bo’lib, avvalo ish o’rinlarini va laromadni ko’paytirishga manba bo’lib xizmat qildi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligiga 20 yil to’lishi munosabati bilan kichik biznes va tadbirkorlikning shakllanishi ko’p bosqichlarni bosib o’tdi. Har bir bosqich (etap) o’ziga xos maqsad, yo’nalish, siyosat, islohat masalalari hamda natijalari bilan ajralib turadi.
Shunday iqtisodiy qonunlar, huquqiy-me’yoriy baza va mexanizmlar, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga moddiy yordam berildi va rag’batlantirildi. Respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojalanishini 4 davrga bo’lamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |