2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jixatdan tartibga solish.
Reja
1.Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi hamda uning mohiyati.
2.Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni yuritishning huquqiy-tashkiliy asoslari.
3.Qishloq xo’jaligida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish.
4.Qishloq xo’jaligida kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining yer, mol-mulk va ijara hamda ichki xo’jalik hisobi munosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari.
1.Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi hamda uning mohiyati
Respublika ijtimoiy iqtisodiy - rivojlanishi bozor munosobatlariga asoslangan bulib mulkchilik munosobatlarida shakillanmoqda. Ijtimoiy ishlab chiqarishda nodavlat sektorining ulushi ortib unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez sur’atlarda o’sib barishi kuzatilmoqda.Respublika Prezidenti tamonidan kichik bizne va tadbitkorli rivajlantirishga katta e’tibor berilmaqda. . Tadbirkorlik - ijtimoiy-iktisodiy natijaga erishish maksadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarish va ayirboshlashni tashkil etish buyicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maksadli iktisodiy faoliyatidir. “Uzbekiston Respublikasi tadbirkorlik tugrisida” gi konunida tadbirkorlikka kuyidagicha ta’rif berilgan: Tadbirkorlik-mulkchilik subyektlarining foyda olish maksadida tavakkal kilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi konunlar doirasida tashabbus bilan iktisodiy faoliyat kursatishdir.
Tadbirkorlikning moxiyati shundan iboratki birinchidan, Uzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va Uzbekiston Respublikasida tadbirkorlik tugrisidagi konunga muvofik balogat yeshiga yetgan xar bir fukaro uz mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o’z ixtiyeri bilan konunga zid bulmagan faoliyat turi bilan shugullanishi mumkin.Ikkinchidan,. tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish davlat va jamiyat axamiyatiga ega bulmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi bo’lib, unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruxini aloxida kursatish mumkin:
1. Yangi tovar yoki xizmat loyixasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovasiya tadbirkorlari shugullanadi.
2. Tovar ishlab chikarishni tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar. Tadbirkor tovarni sotish, kayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shugullannadi.
3. Maksad jixatidan tadbirkorlikning ikki turi bo’lib: a) foyda olishni, iktisodiy samaraga erishishni maksad kiladi; b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muxofazasi, yosh avlod tarbiyasi, soglikni saklash) erishishni maksad qilib qo’yadigan turlarini ko’rsatish mumkin.
Tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib ular kuyidagilardan iborat: shugullanayetgan soxa buyicha ilm, bilim saviyaga egaligi; tavakkalchilikka asoslangan karorlar kabul kilish buyicha tashabbuskorlik kobiliyati; iktisodiy jarayenlarni chukur fikrlay olish; qonunlardan samarali foydalanish ;innovasiyalarni amliyotga qo’llash; maksad sari intilish;tashkilotchilik; tejamkorli bulish.o’z suzining ustidan chikish; ruxiy pok va xalolligi; jamoasi uchun fidoyi kurashuvchan bo’lishi kerak.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kuyidagi shart-sharoitlar talab etiladi: Mulkiy munosabatlar bozor iktisodiyeti sharoitida uch jixati bilan belgilanadi: egalik kilish ya’ni mulk egasi sifatida mulkka tula xo’jainlik qilish ,sotish, (ijaraga berish), xadya etish;
Mulkdan foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va tulov evaziga mulkdan vaktincha foydalanish;
Tadbirkor uz kobiliyatini ko’rsatish uchun kuyidagi iktisodiy erkinliklarni; maxsulot assortimenti turlarini ava ishlab chikarish usulini tanlash erkinligi; xamkorliklarngi mustakil tanlash; mablaglarni konunga zid bulmagan soxalarga mustakil sarflash erkinligi ni beradi.
Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, xom ashyolardan foydalanish uchun to’siqlar yukligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi. Bunda tijorat banklari; tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari;tijorat tavakkalchiligi va mulk sugurtasi;ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloka vositalari;ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, solik nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.
Tadbirkorga xukukuiy kafolatning mavjudligi: tadbirkorlikni huquqiy ximoya qiluvchi dalat korxonalarinig mavjudligi.
Yangi tadbirkorlik korxonalarga kadrlar tayerlash, kredit berish , solik tulash, tabiiy boyliklardan foydalanish uchun davlat tomonidan imtiyezlar berilishi.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni biznes yo’li bilan amalga oshiriladi.
«Biznes» suzi ingilizcha suz bulib, tadbirkorlik faoliyati yoki kishilarni foyda olishga karatilgan faoliyatidir .
Bozor iktisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. Rus adabiy tili lugatida «biznesmen» so’zi guyoki tadbirkor, ishchan deb yuritilsa, «biznes» bu— faoliyat, foyda keltiruvchi mashgulot deb tushuniladi. «Tadbirkor» va «biznesmen» kabi tushunchalar ishlab chikarish, dallolchilik, savdo, moliyaviy va innovasiya faoliyatlari bilan shugullanuvchi va daromad olish niyatidagi inson ifodalanadi.
Respublika va xorijiy davlatning iqtisodchi olimlari bozor iktisodiyoti jarayonini o’rganishda,tadbirkorlik va biznestushunchasini iktisodiy faoliyatning bir turi deb hisoblaydi. Bu tushunchalar xususiy shaxs, korxona va tashkilotlar tomonidan daromad olish maksadida o’zining hamda shartnoma bilan hamkorlikda ishlaydigan sheriklarining manfaatlarini ko’zlab, ishlab chikarish, sotib, servis xizmat ko’rsatish, tovar ayirboshlash kabi erkin xo’jalik yurituvchi faoliyatini bildiradi, deb xisoblaydi. «Tadbirkor» va «biznesmen» tushunchalari iktisodiy faoliyat soxalarida ko’rilayotganda ma’nodosh deb xisoblanmaydi. «Biznes» tushunchasi «tadbirkor»ga nisbatan kam ma’noga ega deb karaladi. G’arb davlatlarining bozor iktisodiyoti xakidagi adabiyotlarida, biznes — jamiyatning talab va xoxishlarini kondirishga karatilgan ishlab chikarish tizimi, deb tushuntiriladi.
Biznes bozor iktisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni kamrab oladi. Biznes — bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik faolligidir.
Tadbirkorlik faoliyati biznesning bir shakli sifatida namoyon bo’ladi va turli soxalarda amalga oshiriladi. «Tadbirkorlik tugrisida»gi konunga asosan tadbirkorlik - fukarolarning foyda yoki shaxsiy daromad olishga yo’naltirilgan mustakil tashabbuskor faoliyatidir. Fukaroning o’z nomidan, o’zining tavakkalchiligi bilan xamda o’zining yoki yuridik shaxsning (korxonaning) mulkiy javobgarligi asosida faoliyatini amalga oshiradi. Shunday kilib, tadbirkor moddiy mablag’ yoki moliyaviy resurslarga ega bo’lgan tadbirkor ushbu resurslardan foydalanib o’z ishini (biznesini) tashkil kiladi. Tadbirkor tomonidan tashkil etilgan firma (tashkilot, fermer, korxona) kichik biznesning bir kismiga aylanadi.
Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlari: ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmogiga tegishliligi. tadbirkorlik shakli sifatida namayon bo’ladi. Xorijiy tadkikotchilar , kichik bizns korxonalari deb, ishlovchilar soni 500 kishi va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalarni kiritadilar. Ammo, bu ko’rsatkichlar,O’zbekiston sharoitida ma’lum darajada shartlidir. Kichik biznes degan nomiga karamasdan yirik ishlab chikarish va tijorat faoliyati bo’yicha davlat iktisodiyotida muxim axamiyatga ega .
Do'stlaringiz bilan baham: |