1. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi hamda uning mohiyati


Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Davlat tomonidan qo’llab quvvatlash chora-tadbirlari



Download 83,57 Kb.
bet10/10
Sana06.06.2022
Hajmi83,57 Kb.
#639988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 мавзу Тадбиркорлик фаолиятини

1.6. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Davlat tomonidan qo’llab quvvatlash chora-tadbirlari

O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, jamiyatda tadbirkorlik ruhini qaror toptirish, iqtisodiy taraqqiyetining muhim omillaridan biri sifatida uning ustuvor rivojlanishini har tomonlama qo’llab – quvvatlashga va shu asosda insonlarga mulkdorlik tuyg’usini uyg’otishga asosiy e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda qisqa vaqt ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni yuritish uchun zarur bo’lgan hududiy – me’yoriy asos yaratildi.


«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida», «Xususiy korxona to’g’risida»gi va boshqa O’zbekiston Respublikasi qonunlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda qator imtiyez va imkoniyatlar yaratib, uni qo’llab – quvvatlash hamda himoyalashga kafolat beradi.
Jamiyat taraqqiyetining muhim omili sifatida tadbirkorlik, ayniqsa, kichik va xususiy biznes shakllarining faoliyat yuritishi uchun qulay shart – sharoit yaratish, yangi tashkil etilayetgan tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatga olishni yengillashtirish, yuqori likvidli mahsulotlar, xom-ashe va materiallarni ochiq birja savdolarida sotishni tashkil etishga qaratilgan chora – tadbirlar, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sertifikatlashga doir qarorlar ushbu yo’nalishda keng imkoniyatlarni ochib berdi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash yo’li bilan zamonaviy , diversifikasiyalangan va kuchli raqobatga bardosh beradigan iqtisodiyotni shakllantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlari saqlanishini ta’minlamoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiy o’sishning makroiqtisodiy mutanosibligi va barqaror sur’atlarini, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashishini ta’minlash, aholi bandligiga ko’maklashish, eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznesni aniq qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi.
Dasturda ko’rsatilishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o’rinlarini tashkil etishga ko’maklashish maqsadida:
1. Kichik biznes korxonalarining bank kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish:

  • aylanma mablag’larni to’ldirish bo’yicha kredit berishning maksimal muddatini 12 oydan 18 oygacha uzaytirish;

  • yangi tashkil etilayotgan kichik biznes va xususiy korxonalarni ustuvor asosda qo’llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan belgilangan normalar doirasida Imtiyozli kreditlash jamg’armasi resurs bazasini kengaytirish yo’naltiradigan summalarini 2 baravar oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21martdagi 2564-sonli farmoni asosida Imtiyozli kreditlash jamg’armasidan berilgan kreditlar bo’yicha imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirish;

  • mikrokreditbankka 72 mlrd.so’m hajmida beriladigan qo’shimcha resurslarni kichik biznesni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish.

2. Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan Milliy bank, Asaka-bank, O’zsanoatqurilish bank va Paxtabank uchun eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarga chet elda zamonaviy texnologiyalar va jihozlar xarid qilish bo’yicha investisiyaviy loyihalarni moliyalash maqsadida yillik 5 foizdan oshmaydigan stavka bo’yicha va har bir kredit summasi 3 mln. doll.dan ortiq bo’lmagan miqdorda kredit liniyalarini ochish.
3. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalash uchun OTB, ITB, KFV, XXR Hukumati va boshqa manbalar hisobidan kredit liniyalarini jalb etish.

  1. 2012 yil 1 yanvaridan boshlab sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasini 6 dan 5 foizga qisqartirish.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17apreldagi PQ-325 - sonli qaroriga ko’ra belgilangan ro’yxat asosida moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlar ko’rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarni 3 yil muddatga (2009-2011 yillar) yagona soliq to’lovini to’lashdan ozod qilish.

  3. Quyidagilar muassislari dividendlarini 5 yil muddatga soliqqa tortishdan ozod etish: nodavlat xo’jalik yurituvchi subyektlarning kapitalizasiya, investisiyalarga yo’naltirilgan mablag’lari, avval olingan kreditlar bo’yicha hisob-kitoblar qismi; mikrofirmalar va kichik korxonalar (jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan dividendlar qismi).

  4. Respublikaning barcha shaharlari va tumanlaridan muxandislik kommunikasiyalariga ega noturar-joy fondining foydalanilmayotgan obyektlarining inventarizasiyasini o’tkazish hamda ularni Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadigan minimal stavkalar bo’yicha kim oshdi savdosi orqali kichik biznes korxonalariga ijaraga berish;

  5. xo’jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni kamida 30 foizga qisqartirish.

Bu tadbirlar iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan yaxshilash, tijorat banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun asos bo’lmoqda.
Prezident I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan Inqirozga qarshi choralar dasturining bajarilishi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalarining barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha sezilarli moliyaviy ko’mak ko’rsatib kelmoqda. Bugungi kunda 78 ta bankrot korxona moliyaviy sog’lomlashtirish maqsadida tijorat banklari balansiga olingan. Shundan, 30 ta korxona texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanib, ishlab chiqarish quvvatlari tiklanishi ta’minlanib, banklar tomonidan yangi investorlarga sotildi.
Mamlakatimizda ham bu sohani har tomonlama rivojlantirish maqsadida turli xil imtiyozlar berilayotganligini ta’kidlab o’tish kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010–sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida” gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi subyektlarni qo’shimcha qiymat solig’idan, uch yil davomida foyda solig’idan, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va yer soliqlari to’lashdan, boshqaruv kompaniyalariga berilganida foyda solig’i va yagona soliq to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi.
Tadbirkorlik faoliyatida kuzatilayetgan ko’plab qiyinchiliklar va kamchiliklar kichik biznesni barpo etish va rivojlantirishni jiddiy qo’llab – quvvatlash zarurligini tasdiqlaydi. Bu avvalo, tadbirkorlik faoliyatining o’zi bilan bog’liq bo’lgan, kichik biznesni tashkil qilishning mohiyatidan kelib chiqadigan qiyinchiliklardir. Ko’pgina kichik korxonalarda tadbirkorlarning o’zlari ta’minot, savdo, ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisod, buxgalteriya va shu kabi barcha boshqaruv funksiyalari bilan yakka tartibda shug’ullanadilar. Tabiiyki, bir kishiga bu murakkab funksiyalarning barchasini professional darajada bajarish kiyinlik qiladi. Shuning uchun xo’jalik jarayenlarida qabul qilinayetgan qarorlar har doim ham samarali bo’lavermaydi, bu esa kichik korxonalarning bankrot bo’lishiga olib kelayetgan asosiy sabablardan biridir.
Tadbirkorlik faoliyatining o’ziga xos xususiyati sababli tinimsiz ravishda meyerlanmagan mashaqqatli mehnat, ulkan mas’uliyat, xatarlarning kattaligi va daromadlarning muntazam emasligi kabi shaxsiy muammolar vujudga kelib turadi.
Shuningdek, ishbilarmonlarga jinoyatchilik (mafiya, reket va hokazolar)ning ta’sirini ham e’tibordan chetda qoldirilmaslik kerak. Bundan tashqari, ma’muriy amaldorlar, mansabdor shaxslarning byurokratligi va boshqa salbiy holatlar hali ham mavjudligini esdan chiqarib bo’lmaydi. Misol taraqasida soliq xizmatlarining noto’g’ri harakatlarini keltirish mumkin. Bir xato uchun ikki martalab jarima solish, jarima sanksiyalarining haddan tashqari yuqoriligi, yetarlicha tahlil va tekshirishlarsiz jarima solish; tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalash uchun kerakli shart sharoitlarning yo’qligi, soliq amaldorlari javobgarligining aniq belgilab qo’yilmaganligi va hokazolar.
Belgilangan tartibga ko’ra firma xom-ashe materiallar sotib olish uchun aylanmadagi naqd pullarning faqat 5 foizidan foydalanishi mumkin. Bu mablag’lar vujudga kelayetgan xo’jalik masalalarini hal qilish uchun yetarli emas.
Bularning barchasi kichik korxonalarni tashkil qilingan paytdan barqaror faoliyat bosqichiga qadar qo’llab – quvvatlab borish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Xo’sh, tadbirkorlar yerdamni kimdan kutishi kerak? Avvalo do’stlar va tanishlardan (pul topish yo’llaridan biri). Eski aloqalarga murojaat qilish mumkin. Yana tadbirkorlarning turli birlashmalari ittifoq va uyushmalar bor. Ammo eng asosiy yerdam faqat davlat tomonidan bo’ladi.
Bunday qo’llab – quvvatlash so’ngi yillarda tobora kengayib, kuchayib bormoqda. Kichik biznesni rivojlantirish va qo’llab – quvvatlashga, rag’batlashtirishga qaratilgan yangi qonun va farmonlar nashr qilinmoqda ,bu haqda yuqorida aytib o’tildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik va xorijiy investisiyalar bo’yicha Mahkamalararo kengash tadbirkorlik sektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Kichik biznesva xususiy tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlashning bozor iqtisodiyeti tamoyillaridan kelib chiqadigan asosiy yo’nalishlari, shakl va usullarini belgilaydi, Vazirlar mahkamasi qoshida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyat ko’rsatmoqda. Uning huzurida beshta ishchi guruhi tashkil qilingan.
Davlat tomonidan berilayetgan yerdamdan tashqari, O’zbekistonda tadbirkorlikning barpo etilishi va rivojlanishi mobaynida tadbirkorlarning nohukumat va va notijorat tashkilotlariga birlashish yo’li bilan o’z – o’zini qo’llab – quvvatlash shakllari tobora keng tarqalmoqda. Ushbu kengash respublika mintaqalarida kichik biznesni rivojlantirish bo’yicha muayyan chora tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi shu muammolarni hal qilish bo’yicha soha organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash ko’lami har bir mamalakat iqtisodiy – ijtimoiy va siyesiy ahvoli holatinidan kelib chiqadi. Shuning uchun bu borada aniq yo’l va ko’rsatamalar mavjud bo’lmasada, mavjud tajribalarga tayanib quyidagi yo’nalishlarni tavsiya etishimiz mumkin:
- davlat byudjeti mablag’lari evaziga qo’llab – quvvatlash;
- har xil fondlar va uyushmalar mablag’lari hisobiga;
- axborotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab borish va hokazo.
Bu borada mamalakatimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga bevosita ko’mak beruvchi, uni qo’llab – quvvatlovchi maxsus qo’mitalar va kengashlar:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi islohotlar va investisiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash;
-O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash davlat qo’mitasi kabi maxsus idoralar tashkil etildi;
Mamlakat miqyesida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash hamda rag’batlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bu idoralarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mahalliy organlar, hokimliklar hududiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab –quvvatlash va rag’batlantirish bo’yicha o’z dasturlarini ishlab chiqadilar hamda amalga oshiriladilar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yili kelgusi yilning davlat byudjeti loyihalarini Oliy Majlisida ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun tavsiya etadi. Muhokama jarayenida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rahbatlantirish dasturi loyihasini kiritadi va har yili davlat byudjetidan shu maqsadlar uchun mablahlar ajratish ko’zda tutiladi.
Bugungi kundagi asosiy vazifa mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish bo’lsa, boshqa tomondan unga moddiy va moliyaviy resurslar kiritish ko’zda tutiladi. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash oqilona dotasiyalar, soliq solish, kreditlash, sug’urtalash va investisiyalashdagi imtiyezli tartiblar va hokazolar shaklida namoyen bo’lishi kerak. Bu holda u boqimandalikni rao’batlantirish bo’lmaydi va kichik korxonalar tomonidan doimiy holat yeki raqobatbardoshlik va rentabellikni oshirishning asosiy manbai sifatida qaralmaydi. Zamonaviy sharoitlarda davlat ko’magining asosiy tamoyili biznesni - ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va bozor xo’jaligini normal yuritish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish bo’lmoo’i lozim. Davlat ko’magi tarmoqli, geografik, milliy, tarixiy xususiyatlar va an’analar, shuningdek, xorijiy tajribani hisobga olgan holda tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, omillar yaratish sifatida namoyen bo’lmoo’i kerak. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning eng muhim vazifasi - kichik korxonalarga teng huquqlarni ta’minlash, kichik va yirikroq korxonalar o’rtasidagi xo’jalik imkoniyatlari bo’yicha farqni imkon qadar kamaytirish, o’zbekiston xo’jaligining bozor tizimini shakllantirishning bazaviy jarayonlarida kichik va yirik tadbirkorlikning eng maqbul nisbatini ta’minlashdan iborat. Bu, birinchi galda, raqobatli bozor musobaqasida teng huquqlilikni, faoliyat turini erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda teng imkoniyatlar yaratish, ularning huquqlari va javobgarligini, imkoniyatlari va tavakkalchiligini aniq belgilashdir. Bunda ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik, siyesiy va boshqa qulay sharoitlar mavjud bo’lsagina biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin


1 Каримов И.А. 2014 йил юқори ўсиш суръатлари билан ривожланиш, барча мавжуд имкониятларни сафарбар этиш, ўзини оқлаган ислоҳотлар стратегиясини изчил давом эттириш йили бўлади.// Халқ сўзи. 2014 йил 18 январь, №13.


Download 83,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish