119.Biznesning-axborot-asosi.Javob Menimcha, biznes - bu odamning o'z bilimlari, tajribasi va kapitalidan foydalangan holda daromad olishga qaratilgan faoliyati. Iqtisodiy yo'lda inson salohiyatini biznes orqali amalga oshirish. 99% hollarda tadbirkor uchun foyda olish uning faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biridir. Bu tadbirkor sheriklar, mijozlar va jamiyatga zarar etkazadi degani emas. Bu shuni anglatadiki, foyda olish xizmatlar ko'rsatish, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lishi mumkin va foyda tadbirkorning samaradorligini ko'rsatadi. Va jamiyat, davlat faqat biznesni jamiyatga zarar etkazadigan harakatlardan cheklashi kerak. Va biznesda inson salohiyatini ro'yobga chiqarishning ko'plab usullari mavjud. Menga Amerikaning Rozenblatt, Bonnington, Igles tomonidan yozilgan "Biznes tushunchasi" darsligidagi biznes ta'rifi yoqdi: "Biznes - bu biznes yuritish tizimi. Biznes - bu odamlarga kerak bo'lgan mahsulotlarni yaratish. Biznes - bu ish. Biznes - bu bizning jamiyatimizdagi markaziy magistral. -iqtisodiy tizim. Biznes -bu o'z xohish -istaklarimizni qondirish uchun biz yaratgan tizim. Biznes -bu biz qanday yashaymiz? Biznes nima? Har xil faoliyat va tushunchalarni aks ettiruvchi va eng to'g'ri so'zni tanlab ko'ring. Biz biznesni jamiyat ehtiyojlari va istaklarini qondiradigan ishlab chiqarish tizimi sifatida belgilaymiz ". Jamiyat evolyutsiyasi jarayonida yangi ishlab chiqarishlar va yangi faoliyat sohalari vujudga keladi. Va bu ishlab chiqarish tarmoqlari jamiyatning o'zini tubdan o'zgartirishga qodir. Sanoat boshlanganda shunday bo'lgan, lekin hozir axborot texnologiyalari bizning hududimizga bostirib kiring kundalik hayot, jahon hamjamiyatini o'zgartirish, odamni va uning muhitini o'zgartirish, jamiyatning izchil rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Yangi sanoat korxonaning o'zida tub o'zgarishlarga olib keladi va uni yanada dinamik va mukammal qiladi.
120. Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash uslubiyati. Javob Biznes-reja yoki investitsion loyhaning samaradorligi korsatkichlari loyiha qarorlarini texnikaviy, texnologik va tashkiliy nuqtai nazaridan tavsiflab beradi.
Loyiha samaradoligi loyihaning jalb etiladigan hamkorlar uchun jozibadorligini aniqlash va moliyalash manbalarini qidirish maqsadida baholanadi.
U oz ichiga quyidagilarni oladi:
loyihaning tijorat samaradorligi
loyihaning ijtimoiy (ijtimoiy-iqtisodiy) samaradorligi
Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsion qarorlar qabul qilish jarayonidagi masuliyati eng yuqori bolgan bosqichlardan biridir.
Kompaniyaning rivojlanish surati va kiritilgan kapitalni qaytarish muddatlari baholashning qanchalik obektiv va har tomonlama amalga oshirilganligiga bogliq boladi. Buni kop jihatdan baholashning zamonaviy usullardan foydalanish belgilab beradi.
Shuni aytib otish kerakki, oldingi paytda mamlakatimizda kapital qoyilmalar samaradorligini baholash usullarini unchalik qoniqarli deb hisoblab bolmasdi. Bu maqsadda qollanuvchi ikkala korsatkich samaradorlik koeffitsienti (ortacha yillik foyda miqdorining kapital qoyilmalar hajmiga nisbati) va ozini qoplash muddati (unga teskari korsatkich) bir qator jiddiy kamchiliklarga ega bolib, ular real investitsiyalar samaradorligini baholashda obektiv malumot olishga imkon bermaydi.
Bu kamchiliklar nimalardan iborat? Ulardan biri sanab otilgan korsatkichlarning har bittasini hisob-kitob qilishda vaqt omili hisobga olinmasligidadir foyda va investitsiya mablaglari hajmi haqiqiy qiymatga keltirilmaydi. Demak, hisob-kitob jarayonida oldindan solishtirib bolmaydigan korsatkichlar investitsiyalar summasi hozirgi qiymatda va foyda summasi kelajakdagi qiymatda beriladi. YAna bir kamchilikka kora investitsiya qilingan kapitalni qaytarish korsatkichi sifatida faqat foyda qabul qilingan. Biroq amalda investitsiyalar sof foyda va amortizatsiya ajratmalaridan iborat pul oqimi korinishida qaytariladi. Demak, investitsiyalar samaradorligini faqat foyda asosida baholash hisob-kitob natijalarini juda ozgartirib yuboradi. Va nihoyat, uchinchi kamchilik shundan iboratki, korib chiqilayotgan korsatkichlar investitsiya loyihasi togrisida faqat bir tomonlama baho olishga imkon beradi, chunki ularning ikkalasi ham bir xil boshlangich malumotlardan foydalanishga asoslanadi.
Real investitsiyalar samaradorligini baholashda xorijda amal qiluvchi, songgi paytlarda Ozbekistonda ham qollana boshlagan asosiy tamoyil va uslubiy yondashuvlarni korib chiqamiz.
Bunday tamoyillardan biri investitsiya qilingan kapitalning pul oqimi korsatkichi (cash flow) asosida qaytarilishiga bogliq bolib, investitsiya loyihasini ekspluatatsiya qilish davomida amortizatsiya ajratmalari va sof foyda hisobiga shakllantiriladi. Bunda pul oqimi korsatkichi investitsiya loyihasining har bir yili boyicha alohida yoki ortacha yillik korsatkich sifatida baholanishi lozim.
Baholashning ikkinchi tamoyili investitsiya qilinuvchi kapitalni ham, pul oqimlari miqdorini ham pul mablaglarining hozirgi qiymatiga keltirishdir. Bir qarashda investitsiya qilinuvchi mablaglar doimo hozirgi qiymatida aks ettirilgan boladi, chunki pul oqimlari shaklida ularni qaytarish muddatidan ancha oldin kiritiladi. Haqiqatda esa bunday emas investitsiyalash jarayoni kop hollarda bir vaqtning ozida emas, balki bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. SHu sababli birinchi bosqichdan tashqari kelgusida investitsiya qilinuvchi barcha summalar mablaglarining hozirgi qiymatiga keltirilishi lozim boladi. Xuddi shu tarzda pul mablaglari oqimi ham hozirgi qiymatga keltiriladi.