Iste’molchiga tavsif
Strategiyani segmentlash va ular o‘rtasidagi aloqalar hamda marketing kommunikatsiyalari 6 – bo‘limda batafsil keltirilgan bo‘lsada, mazkur bo‘limda maxsus o‘ziga xos(spesifik) marketing kompaniyalarini aniqlashda uning asosida yotadigan yondashuvlar, konsepsiyalar batafsil keltirilgan. Mijozlarni tahlil qilishda ya’ni bizning xizmatlarimiz bozorini kimlar tashkil etishini, mijozlar bazasining umumiy sotsial – demografik tavsifini tahlil qilish juda muhimdir.
Demografiya
Solomon (2002 yil) “demografiyani” “aholining kuzatiladigan jihatlari ya’ni tug‘ilish darajasi, yosh bo‘yicha taqsimlanishi,daromadi va h.k. singari statistik ma’lumotlar” (8-bet) kabi aniqladi. Demografik tendensiyalarning muhimligi nafaqatgina tashkilot mahsulot/xizmatlarini haqiqatda kimga sotishi va tashkilotning unga munosabati balki, aholining yanada keng qatlami yetarli baholanmasligi mumkin. Solomon shunday izohlaydi:”demografik tadqiqotlarda aniqlangan o‘zgarishlar va tendensiyalar marketologlar uchun kattagina qiziqish uyg‘otishi mumkin, chunki ma’lumot(axborot)lar bozor o‘lchamini belgilash va uni prognoz qilishda foydalanilishi mumkin.” '(Solomon, 2002 yil: bet. 8). Shuning uchun mavjud mijozlar to‘g‘risida tashkilot qanchalik ko‘p bilsa (ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanchalik ko‘p bo‘lsa) va ular yanada keng demografik tendensiyalarga mos kelsa, tashkilotga shuncha yaxshi bo‘lib u o‘z marketing kommunikatsiyalarini o‘sha mijozlarga yo‘naltirishi mumkin. Ularni aniqlash uchun mijozlarni qayerda yashashlarini (geografik dispersiya) bilish muhim, masalan, ko‘pgina mijozlar mamlakatning o‘ziga xos mintaqalaridan keladilar, masalan, agar biz asosan xalqaro bozorda faoliyat olib borsak bizning mijozlarimiz bitta yoki bir nechta davlatlar orqali tashrif buyuradilar. Iste’molchi xulq atvori va marketing kommunikatsiyalarigi ta’siri, munosabati va madaniyati nuqtai nazaridan mintaqalar o‘rtasida farqlar mavjud. Agar mijozlar bilan bevosita aloqalar bo‘lsa, mavjud mijozlar to‘g‘risidagi demografik ma’lumotlar qoidaga ko‘ra ochiq bo‘ladi,ma’lum pochta indekslari(ZIP-kodlar) yoki demografik oblastlar sohasida tashkilot sotsial iqtisodiy profillarni tekshirib ko‘rishi mumkin.
Keng qamrovli sotsial – iqtisodiy profilli iste’molchilarni aniqlash usuli(metodi) geografik tarqoq bo‘lib, mazkur rayonlarda yashovchi kiishlar tipidan foyda kamroqdir, mijozlarni tahlil qilishda yanada ehtiyot bo‘lish va ularni batafsil tahlil qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |