1-mavzu. “Iqtidodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish uslublari
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi nima?
a) Ishlab chiqarishni rivojlantirish;
b) Cheklangan resurslardan unumli foydalanish hisobiga o’sib borayotgan
ehtiyojlarni qondirishning muqobil yo’llarini topish;
v) Iste'mol buyumlarini ishlab chiqarishni kengaytirish;
g) Qishloq xo’jaligini rivojlantirish;
2. Insonning iqtisodiyotdagi o’rnini qaysi javob to’g’ri ifodalaydi?
a) Inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi, tovar va
xizmatlarning yaratuvchisi hamda iste'molchisi;
b) Inson ishlab chiqarish va iste'mol o’rtasidagi aloqani ta'minlovchi;
v) Inson iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi;
g) U hamma darajalarda iqtisodiyotning tashkilotchisi;
3. Boylikning asosini mehnat tashkil etishini Iqtisodiyot nazariyasining shakllanishidagi qaysi
yo’nalish to’g’ri ta'riflab bergan?
a) Merkantilizm yo’nalishi;
b) Fiziokratlar yo’nalishi;
v) Klassik (mumtoz) iqtisodiy yo’nalish;
g) Marjinalizm yo’nalishi
4. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi nima?
a) AQSh dollari qiymatini oshirish.
b) Jahonda yuz berayotgan inflyatsiya darajasini pasaytirish.
v) Ekologik muammolarni hal qilish.
g) 2008- yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlarini pasaytirish,
yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat.
5. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o’sishni ta'minlashning va
iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
a) Keynschilar;
b) Monetarizim;
v) Institutsionalizm;
g) Liberalizm;
6. Iqtisodiyot nazariyasining predmetini aniqlang.
a) Jamiyatdagi iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularga xos bo’lgan aloqa bog’lanishlarni, ularning
qonun-qoidalarini insonlar faoliyatida namoyon bo’lishini o’rganuvchi fan;
b) Ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish munosabatlari tizimini tahlil etuvchi va o’rganuvchi
fan;
v) Mikroiqtisodiyot darajasidagi iqtisodiy voqelikni o’rgatuvchi fan;
g) Makroiqtisodiy jarayonlarni tahlil etuvchi, iqtisodiy voqelikni aks ettiruvchi fan:
7. Iqtisodiy qonunlar deb qanday qonunlarga aytiladi?
a) Iqtisodiy qonunlar bu ishlab chiqarish munosabatlari tizimida yuzaga keladigan munosabatlar;
b) Ishlab chiqarish munosabatlari tizimida mavjud, barqaror va takrorlanib turadigan sabab-oqibat
aloqalari yiqindisi;
v) Xo’jalik yurituvchi sub'ektlar o’rtasidagi munosabatlar yig’indisi;
g) Xo’jalik yurituvchi sub'ektlar, yuridik shaxslar, iqtisodiy aloqalar yig’indisi;
8. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining kategoriyalarini toping.
a) Tovar, pul, narx, ishlab chiqarish, milliy daromad, milliy mahsulot, inflyatsiya, renta;
b) Massa, tezlik, tezlanish;
v) Oksidlar, tuzlar, kislotalar;
g) Energiya, yoqilg’i, gaz, neft;
9. «Iqtisodiyot nazariyasi» predmetining uslubini aniqlang?
a) Tahlil qilish va sintez, induktsiya, deduktsiya, abstraktsiya;
b) Induktsiya;
v) Deduktsiya;
g) Abstraktsiya;
10. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining vazifasini aniqlang?
a) Iqtisodiyotning sir-asrorlarini bilib olish, ularni xalqqa yetkazish, ommaning iqtisodiy
savodxonligini oshirish, boshqa iqtisodiy fanlar uchun ilmiy-nazariy metodologik asos bo’lish;
b) Ishlab chiqarishni rivojlantirish;
v) Jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish;
g) Iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |