1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet60/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Ma'danli moddalar. Odam hayotida oziq moddalar va vitaminlar qanchalik muhim rol o’ynasa, madanli moddalar ham, garchan energetik qiymatga ega bo’lmasada shular kabi ahamiyatlidir. Ulardan birortasining ovqatda yetishmasligi yoki me'yoridan ko’p bo’lishi maxsus xastaliklarni chiqaradi, kishining sog’ligiga putur yetkazadi. Shuning uchun oqilona ovqatlanishni tashkil qilishda har bir kishi har xil ma'danli moddalar nima uchun kerak? ular qaerdan olinadi kabi savollarni bilishi kerak. Hozirgi paytda organizmda uchraydigan 65 dan ko’proq madanli moddalar aniqlangan. 70 kg tana og’irligiga ega odamda 1050 gramm kalsiy, 245 gramm kaliy, 150 gramm natriy, 35 gramm marganets, 3 gramm temir, 2,3 g rux, 700 g fosfor, 175 gramm oltingugurt va 105 gramm xlor bo’ladi.
Barcha madanli moddalar oraganizmda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1) ko’pgina fermentlar tarkibiga kirib, ular amalga oshiriladigan jarayonlarda ishtirok qiladi. 2) barcha hujayra va to’qimalarning tarkibiga kiradi. 3) organizmda kislotali va ishqorli muhitni mo’'tadil saqlaydi. 4) suv va tuz aralashuvini mu'tadil saqlaydi.
Odam organizmida uchraydigan madanli moddalar uchta assosiy gruppaga bo’linadi: 1) Kationlar (ishqoriy moddalar) kalsiy, kaliy, magniy va natriy. 2) Anionlar (kislotali moddalar) fosfor, oltingugurt va xlor. 3) Biomikroelementlar temir, mis, kobalt, yod, ftor, rux, stronsi, marganets, nikel, surma va boshqalar.
Quyida bu elementlarning ayrimlariga odam organizmida tutgan o’rni nuqtai nazaridan qisqacha ta'rif berib o’tamiz.
Kalsiy fosfor bilan birgalikda asosan suyaklarning qattiqligini yuzaga keltiradi. Tandagi kalsiyning 99 % i suyaklar tarkibida bo’ladi. Bundan tashqari organizmda ko’pgina fermentlarning faolligini, ionlar barqarorligini ta'minlaydi, yurak qon tomirlar, hamda nerv muskul tizilmasida yuz beradigan ko’pgina fiziologik jarayonda ishtirok qiladi, qon ivishida qatnashadi. Kalsiyga bo’lgan sutkalik talab 800 mg. Unga bo’lgan ehtiyoj sut, qatiq mahsulotlarini iste'mol qilish bilan qondiriladi. Sutda uning miqdori o’rtacha 120-130 mg %. Yosh bolalarda kalsiyga ehtiyoj ko’proq (1000-1200 mg), chunki ularda suyak o’sishi kuchli. Shuning uchun ham o’suvchi organizm sutdan kalsiyni keragicha olib turishi kerak. Kalsiyni asosiy fiziologik xususiyati organizmdan suyuqlikni ajratib chiqarish bo’lib hisoblanadi, shuning uchun ham kaliyli ovqatlar ko’proq iste'mol qilinsa siydik ko’p ajraladi. Yana kaliyning muhim ahamiyati shundaki u nerv muskul tizilmasida o’tkazuvchanlikni ta'minlab turadi, qonda bufer moddalarining bo’lishida, fermentli parchalanish jarayonida ishtirok qiladi. Kaliyga bo’lgan sutkalik ehtiyoj 3-5 g, u asosan o’simlik mahsulotlariga ko’p uchraydi, yana u go’shtda (241 mg %) va baliqda (162 mg %) ham bo’ladi. Kaliyning shunday bir xususiyati borki, u natriyning antogonisti bo’lib hisoblanadi, ya'ni natriyning salbiy ta'siri kuchayganida kaliyli oziq ovqatlardan bir muncha ko’proq iste'mol qilish kerak.
Magniyning fiziologik xususiyatlari unchalik ko’p o’rganilmagan bo’lsada, u nerv ko’zg’alishlarining berilishida (siljishida) muhim ahamiyatga ega. Yana u o’t suyuqligi ajralishini tezlashtiradi, qon tomirlarini kengaytiradi, ichaklar harakatini jadallashtiradi. Keyingi yillarda olingan ma'lumotlarga ko’ra magniy organizmda xolesterin ko’paymasligini ta'minlar ekan. Unga bo’lgan kunlik ehtiyoj 400 mg atrofida.
Natriy hujayra sitoplazmasi va organizmdagi boshqa biologik suyuqliklarning osmotik bosimini mu'tadil saqlashda muhim ahamiyatga ega, hujayralararo moddalar almashinuvida faol qatnashadi. Organizmda qon bosimining bir me'yorda bo’lishini, ovqat hazm bo’lishida qatnashuvchi fermentlar faolligini saqlashda ishtirok qiladi. Unga bo’lgan sutkalik ehtiyoj 4-5 g. Natriyga bo’lgan ehtiyoj ko’pincha yetarli miqdorda osh tuzi iste'mol qilish bilan qondiriladi. Lekin ko’p tuz koni zarar, ayniqsa qon bosimi baland kishilar bundan ehtiyot bo’lishi kerak. Gap shundaki, natriy qon tomirlarini toraytirish xususiyatiga ega. Ameri­kalik bir guruh olimlar natriyning me'yoridan ko’p iste'mol qilinishi rak kasalligiga olib kelishi mumkin degan fik­rda. Odatda osh tuziga bo’lgan ehtiyoj bir kunda 5-6 g. Lekin ko’pchilikda kundalik iste'mol taomlarida keyingi paytlarda turli sabablarga ko’ra osh tuzi miqdorining ancha ko’payganligi oqibatida bu miqdor 15-20 g.ni tashkil qiladi, bu albatta zararli. Umuman osh tuzi iste'mol qilmaslik al­batta noto’g’ri, buning isboti yuqoridagi fikrlarda ma'lum, lekin yosh oshib borgan sari uni kamaytirib borish maqsadga muvofiq.
Kislotalik xususiyatga ega bo’lgan mikroelementlar (P,S, Cl) ko’proq hayvon mahsulotlarida (go’sht, baliq, tuxum) uch­raydi. Shuning bilan birga don mahsulotlarida (non va boshqa un mahsulotlari) ham ular bor.
FOSFOR Fosforli birikmalar bosh miya, muskul to’qimalari hamda ter bezlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Yana fosfor kislotasi ko’pgina oziq moddalarning parcha­lanishida qatnashuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. ATF va ADF kabi fosfor birikmalari organizmda to’xtovsiz sodir bo’lib turadigan energiya almashinuvida faol qatnashadi. Fosforning oziq moddalar tarkibida qancha bo’lishi, unga bo’lgan sutkalik talab o’rtacha 1200 mg.ni tashkil qiladi.
Fosfor almashinuvi kalsiy Sa elementi bilan juda yaqindan bog’liq. Ikkalasi suyakning asosiy qismini tashkil qiladi.
Oltingugurt ayrim aminokislotalar (metionin, sistein, gormonlar va vitamin tiamin va boshqalar) kiradi. Unga bo’lgan kunlik talab 1 g. atrofida bo’lib, asosan hayvon mahsulotlarida ko’p uchraydi.
XLOR. Me'da shirasi, hujayra sitoplazmasi tarkibiga kiradi va ko’pgina fermentlarning faolligini oshiradi. Unga bo’lgan bir kunlik talab 2 g. atrofida.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish