Foydali ish koeffitsenti
Yuqorida qayd qilingani singari tirik organizmning har qanday faoliyati undagi hujayralarning ajratadigan energiyasi hisobidan bo’ladi. Bu energiyaning bir qismi esa termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq issiqlik energiyasi ko’rinishida tanadan ajralib chiqadi. Shunday ekan energiya ajratib chiqaradigan hujayralar majmuasining foydali ish koeffitsenti faqat tashqi ish bajarilishi uchun sarflangan energiya bilan o’lchanadi va u har doim umumiy ajralgan energiyaning ishga sarflangan qismini tashkil qiladi va doim 100 foizdan kam bo’ladi.
tashqi ish
FIK = --------------------------- · 100 %
ajratilgan jami energiya
Misol tariqasida muskullar faoliyatini olish mumkin, ularning qisqarishi uchun ajratilgan energiyaning 60 % issiqlikka aylanib ketsa, 20 % gacha mexanik ishga sarflanadi, xolos. Shu sababli ham butun boshli organizm har qancha harakat qilsada uning FIK 25% dan oshmaydi. Keyingi yillarda olib borilgan tekshirishlar odam organizmining sovuq va gipoksiya sharoitida adaptatsiyalanishi (moslanishi) bilan uning FIK o’zgarar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |