Biomikroelementlar. Hozirgi paytda odam organizmida uchraydigan ximiyaviy elementlarning 14 tasi mikroelementlar hisoblanadi. Mikroelementlar juda kam miqdorda (0,01 %) bo’lsada, tiriklik uchun juda zarur.
Temir asosan qon hosil qiluvchi element hisoblanadi, uning 60 % gemoglobindagi gemoxromogen tarkibida bo’ladi. Temir piroksidaza, sitxromoksidaza, suksinatdigidrogenaza, katalaza kabi bir necha oksidlovchi fermentlar tarkibiga kirib oksidlanish jarayonlarida aktiv qatnashadi. U hujayra sitoplazmasi va yadrosining bevosita tarkibiga kiradi. Temirning erkaklar uchun bir sutkada qabul qilish me'yori 10 mg, ayollar uchun 18 mg.
Temirga bo’lgan tanqislik bir qator xastaliklarga olib keladi. Shulardan eng muhimi kamqonlik yoki anemiya. BMT dagi Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash Tashkilotiing (VOZ) axborotiga qura kishilar orasida uchraydigan kamqonlikning 80 % i temir tanqisligidandir. Bunday tanqislik ko’pincha yosh bolalarda va homilador ayollarda uchraydi. Bu holat asosan temirli moddalarni kam iste'mol qilishdan emas, balki kamquvvat ovqatlar yeyishdan kelib chiqadi. Gap shundaki, iste'mol qilingan ovqatlar tarkibidagi temirning 8-10 % oshqozon ichak tizilmasidan qonga suriladi. Temirning bunday hazm bo’lishini yanada kamaytiradigan moddalar ham bor, bularga asosan o’simlik mahsulotlari kiradi. Go’shtli ovqatlar esa temir hazm bo’lish jarayonini 25 % gacha oshirishi mumkin. Shu narsani e'tiborga saqlash kerakki, choy temir so’rilishini keskin kamaytirar ekan, shuning uchun kamqonli kishilar achchiq choy ichishdan o’zlarini tiygani maqul.
Homilador ayollarda temirga bo’lgan ehtiyoj tez oshadi, shuning uchun ular iste'mol qiladigan ovqat tarkibida alohida etibor bermoq zarur. Aks holda oziq moddalar bilan qabul qilingan temir yetarli miqdorda o’zlashtirmasdan bola tashlash, ertachi tug’ish, o’lik tug’ish va boshqa noxush holatlar kelib chiqishi mumkin.
Temirga bo’lgan ehtiyoj yetarli miqdorda qondirilmasa bosh miya faoliyatida salbiy o’zgarishlar bo’ladi, kishi aqliy mehnat qilish jihatidan ancha zaiflashib qoladi. Bundan tashqari yana temirning yetishmasligi ovqat hazm bo’lish tizilmasining faoliyatini pasaytirib yuboradi, me'da shirasida kislota miqdori kamayib ketadi, ovqat hazm bo’lishida qatnashuvchi fermentlar (amilaza, lipaza, proteazalar) faolligi susayadi. Natijada yeyilgan karbonsuvlar, yog’ va oqsillar yetarli miqdorda hazm bo’lmaydi. Oshqozon va ichaklardagi shilliq qavatlarning yallig’lanishi ham ko’pincha temir tanqisligidan kelib chiqadi. Bunday paytlarda, ayniqsa bolalarda ishtahaning yo’qligi, yegan ovqatini qusib tashlash, bo’r kesak kabi nooziq moddalarni yeyish hollari tez-tez uchrab turadi.
Mis temirdan keyin qon hosil bo’lishida faol qatnashuvchi bioelementlar hisoblanadi. Oziq moddalar bilan organizmga kirgan temirning o’zlashtirilishida, retikulositlarning eritrotsitlargacha pishib yetilishida misning ahamiyati juda katta. Yana mis bir qator fermentlarning (masalan, sitromaksidaza) faolligini oshirishda qatnashadi. Uning sutkalik me'yori 2 mg. Misga bo’lgan tanqislik ikki xil yo’l bilan yuzaga kelishi mumkin. Birinchidan iste'mol qilinadigan ovqat tarkibidagi misning yetarli darajada bo’lmasligi va ikkinchidan oshqozon ichak tizilmasida uning yomon so’rilishi uchun sharoit yuzaga kelishi. Mis yetishmaslik holati ko’pincha yosh bolalarda uchraydi, bu holat kamqonlikni va qon tarkibida eritrotsitlar hamda gemoglobinning kamayishiga olib keladi.
Kobalt ham qon hosil bo’lishida qatnashadigan biomikroelementlarga kiradi. U bir qator fermentlar faolligini oshirishda vitamin V12 ning endogen sintezida qatnashadi. Sog’lom odam har sutkasida o’rtacha 14-78 mkg kobalt olib turishi kerak. Kobalt yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kamqonlikni davolashda vitamin V12 yaxshi natija beradi, chunki uning molekulasida bir atom kobalt bo’ladi.
Yod ichki sekretsiya bezlaridan qalqonsimon bezning faoliyatiga bevosita ta'sir ko’rsatadi. Bu bez qonda yodning noorganik birikmasini yig’ib undan organik birikmalar-tiroksin, diyodtirozin va triyodtirozin kabi gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar moddalar va energiya almashinuvida ancha faol bo’lib, organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarga qatnashadi. Yodga bo’lgan sutkalik talab 100-200 mkg. Iste'mol qilinadigan oziq moddalar tarkibida yodning yetishmasligi buqoq kasalligiga olib keladi. Bu kasallik ko’pgina tog’li o’lkalarda uchrab turadi, gap shundaki, tog’ suvi, havosi, tuprog’i va oziq moddalari tabiatan yodga juda kambag’al bo’ladi. Yana shu narsa muhimki, oziq moddalar uzoq vaqt saqlansa ularning tarkibidagi yod juda kamayib ketadi. Masalan, kartoshka 4 oy saqlansa undagi yod 45,3 % ga kamayadi. Bunday paytlarda oziq moddalar qo’shimcha ravishda yod bilan boyitilishi kerak. Bu o’rinda osh tuzi keng ko’lamda ishlatiladi, odatda uni yodga boyitish uchun bir tonna tuzga 25 g kaliy yod qo’shiladi.
Ftor organizmda bo’ladigan suyaklanish jarayonida ishtirok qiladi, u ayniqsa tishlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, yana u kalsiy fosfor almashinuvini ham yaxshilab turadi. Ftorga nisbatan bo’ladigan sutkalik talab 3 mg dan oshmaydi. Ftorning boshqa mikroelementlardan farqi shundaki, u choy va dengiz baliqlaridan boshqa oziq ovqat mahsulotlarida nihoyatda kam bo’ladi. Bu baliqlarda uning miqdori 1000 mkg % bo’lsa, gruzin choyida 76000 mkg %. Ftorning me'yoridan ko’p iste'mol qilinishi ham maqsadga muvofik emas, chunki tish emalida dog’lar paydo bo’ladi.
Rux bir qator fermentlar tarkibiga kiradi (masalan gazlar almashinuvida qatnashadigan karbogidrazalar). Shu bilan bir qatorda rux ichki sekretsiya bezlaridan gipofiz, oshqozon osti bezi va urug’donlarning faoliyatida ham muhim o’rin tutadi. Organizmda yog’lar almashinuvining bir me'yorda borishi, yog’larning o’z vaqtida parchalanib turishi va semirib ketmaslikni ta'minlashda ruxning o’z o’rni bor. Unga bo’lgan sutkalik talab 10-15 mg. Organizmda rux yetishmasligi ancha muncha ruhiy tushkunliklarga olib keladi, kishi tez achchiqlanadigan bo’lib qoladi, barmoqlari qaltiraydi. Yosh bolalarda o’sish sekinlashadi, jinsiy rivojlanish kechikadi, ich ketishi ham rux yetishmaslik belgilaridan biri bo’lib hisoblanadi. Rux oshqozon osti bezi gormoni insulin tarkibidan ham topilgan, shu sifatidan u karbonsuvlar almashinuvida ham qatnashadi.
Marganets qon hosil bo’lishida, karbonsuvlar va yog’ almashinuvida ma'lum ahamiyatga ega. Agar u organizmda tanqis bo’lsa odam oriqlab ketadi, doim chanqaydi, tez-tez qusadi. Bundan tashqari marganets yetishmasligidan jigardan xolisterin sintezi kamayib ketadi. Bu holat o’z navbatida jinsiy gormonlar miqdorini kamaytirib yuboradi. U ko’pgina fermentlar tarkibiga kirib (peruvatkinaza, fosfotranoferaza, arginaza, nukleaza, DNK-polimerazalar) hujayra hayotida muhim ahamiyat kashf etadi.
Qolgan mikroelementlar (nikel, xrom, molibden, vannadiy, bor, surma va boshqalar)ning odam organizmi uchun sutkalik me'yori uncha aniq emas. Ularning ham hujayra va suyuqliklarda uchrab turganligi uchun, organizm tiriklik faoliyatida ahamiyati shak-shubhasiz. Lekin ularning atmosfera havosi, suv va oziq ovqat mahsulotlari tarkibida ko’payib ketishi ma'qul emas, organizm zaharlanib qolishi mumkin. Shunga qaramasdan keyingi yillarda kuzatilayotgan ekologik noma'qulchilik (suv, havo, tuproqning ifloslanishi) bunday havfni tug’dirishi ehtimoldan uzoq emas.
Suv almashinuvi yuqorida biz ko’rib o’tgan mineral moddalarning ko’pchiligi organizmga suvda erigan holda qabul qilinadi. Shu sababli ham unga mineral moddalarning yetkazib beradigan oziq moddalar deb qarash mumkin. Suv birinchi navbatda hamma hujayra va to’qimalar tarkibida bo’ladigan organik va noorganik moddalarning o’zida erigan holda ma'lum quyuqlikda va osmotik bosimda saqlaydi. Bu esa tiriklik uchun juda zarur.
Katta odamlar organizmining qariyb 60 % og’irligini suv tashkil qiladi. Tanadagi turli xil a'zolardan uning miqdori turlicha, quyidagi jadvalda shu haqda ma'lumot keltiramiz (unga har bir a'zo yoki to’qima tarkibidagi suv prosent hisobida, ham shu a'zo yoki to’qimaning umumiy tana og’irligiga nisbati ham protsent hisobida berilgan).
Suv miqdori
(% hisobida)
|
A'zo yoki to’qima
|
Tana og’irligiga nisbatan (% hisobida)
|
Odatda sog’lom odamda suvning qabul qilinishi va orgizmdan chiqarilishi bir-biriga teng bo’ladi. Muhit harorati o’rtacha bo’lib, ovqatlanish va kiyinish me'yorida bo’lsa bir sutkada 2,5 l suv qabul qilinadi. Shuning teng yarmi suv va suyuqliklar ko’rinishida ichiladi, qolgan qismi ovqat bilan qabul qilinadi va asosiy oziq moddalarning oksidlanishidan yuzaga keladi (1g karbonsuv oksidlanganida 0,6 ml yog’; 1,09 ml oksid-0,44 ml suv hosil bo’ladi). Suvning organizmdan chiqarilishi siydik ajratish, teri va o’pka orqali bug’lanish hamda axlat tarkibida bo’ladi. Quyidagi jadvalda shu haqda ma'lumot keltiramiz (katta yoshli odamlardagi bir sutkalik suv balansi).
Suv qabul qilish
|
Ml/sut
|
Suv yo’qotish
|
Ml/sut
|
Bevosita ichish bilan
|
1200
|
Siydik bilan
|
1400
|
Ovqat bilan
|
900
|
Teri va teri orqali
|
900
|
Oksidlanish bilan
|
300
|
Axlat bilan
|
100
|
Har bir organizmda hayotiy jaraayonning ma'lum bir me'yorda borishi uchun qabul qilinadigan suvning minimal miqdori mavjud, Bu 1,5 litr chamasida. Agar undan kam suv qabul qilinsa tanada noxush holatlar kelib chiqadi, masalan, gipertonik digedratatsiya. Bu vaqtda qon qon quyuqlashib osmotik bosimi oshib ketadi.
Har xil sabablarga ko’ra issiq sharoitda ishlash bilan ko’p terlash tana og’irligining 5 % suv hisobida yuqotilsa, ish qobiliyati sezilarli darajada pasayib ketadi, bu ko’rsatgich 10 % ga yetsa ahvol yana og’irlashadi va 20 % ga yetganida kishi o’ladi. Qabul qilinadigan suv miqdorining me'yoridan kupayishi ham ma'qul emas, bu vaqtda suvdan zaharlanish holati ro’y beradi (bosh og’rig’i va aylanishi, mehnat qilish qobiliyatining pasayishi, ko’ngil aynishi va boshqalar).
Bir vaqtlar (70 yillarda) bir guruh olimlar ichish uchun eng yaroqli suv, muzning ustki qatlamini eritib olingan suv deb chiqdilar. Bunday suv tarkibida mineral moddalar va tuzlar qariyb bo’lmaydi, uni olish uchun suvni biron idishga solib muzlatish kerak (masalan, muzlatgichda). Bunda sof suvdan boshqa moddalar muzning o’rta qismida qoladi, yuza qismida esa nisbatan toza suv bo’ladi. Shuning uchun bunday suv olish uchun muzning taxminan bir santimetr qalinlikdagi qismi eritiladi. Lekin tuz va mineral moddalardan iloji boricha tozalab olingan suv haqiqatdan ham eng foydali suv degan fikrga qushilib bo’lmaydi. Sababi yuqorida aytganimizdek suv mineral moddalar bildan organizmni ta'minlaydigan vositachi oziq modda hisoblanadi. Mineral moddalarsiz esa hayot kechirish mumkin emas, shuning uchun iste'mol qilinadigan suvda kerakli moddalarning ma'lum me'yorda bo’lishi maqsadga muvofiq.
Amerikalik olimlarning olib borgan tajribasi shuni ko’rsatdiki, yumshoq suv (oqar suv) ichib yurgan aholi orasida qattiq suv (quduq suvlari) ichadiganlarga qaraganda yurak qon tomirlari kasalliklariga uchrab halok bo’ladiganlari ko’p bo’lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |