1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Energiya almashinuvining mohiyati



Download 491 Kb.
bet62/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Energiya almashinuvining mohiyati
Energiya almashinuvi har bir tirik mavjudotga xos xu­susiyat bo’lib, bu jarayon tanaga ovqat bilan qabul qilinadigan murakkab organik birikmalar tarkibidagi po­tensial energiyaning qabul qilinishiga asoslanadi. Bu poten­sial energiya o’z navbatida termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq ravishda issiqlik, mexanik va elektr energiyasiga aylanadi va shu tariqa tana haroratini bir xil saqlash, jismoniy ish bajarish, to’qima va hujayralarni hayotiy faoliyati, hamda o’sish va rivojlanish uchun sarf bo’ladi.
Bundan 100 yil oldin fransuz fiziologi Klod Berner organizm bilan u yashaydigan muhitning bir butunligini e'tirof etdi va bu bog’lanish asosan moddalar va energiya al­mashinuvi orqali sodir bo’lib turishini asosladi. Har bir jonzotdagi me'yoriy fiziologik jarayon undagi barcha ichki tizim va a'zolarning uzluksiz ishlab va boshqarilib bori­lishi bilan yuzaga keladi. Bu holat esa o’z navbatida ma'lum energiyani (quvvatni) talab qiladi. Quvvat qayd qilinganidek, iste'mol qilinadigan ovqat bilan qabul qilinadi. Ovqatdagi ana shu quvvatning organizm har xil ehtiyojlari uchun ishlatilishi - energiya almashinuvi deyiladi. Odam va hayvonlardagi bu almashinuv organizm umumiy holati va fiziologik faolligining ko’rsatgichi hisoblanadi. Shunday ekan har bir tirik organizmning barcha tiriklik funksiyalari bevosita tashqi muhitdan olinadigan energiya miqdoriga bog’liq. Agar bu miqdor ehtiyoj darajasidan kam bo’lsa va shu taqchillik surunkali davom etsa tanadagi hayotiy ko’rsatgichlar pasayib boradi, orriqlab ketish va oqibatda o’lim yuzaga keladi. Ko’p bo’lganida esa oshiqcha energiya sar­flanmasdan zahira holati (ko’pincha yog’ holatiga) aylanib se­mirish sodir bo’ladi. Shuning uchun ham oziq moddalar bilan qabul qilingan, organizmning ehtiyojlari uchun ham oziq mod­dalar bilan qabul qilingan, organizmning ehtiyojlari uchun sarflangan energiyani hisoblash ham nazariy ham amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Organizmda energiya almashinuvi asosan issiqlik hosil bo’lishi bilan nihoyasiga yetadi. Shuning uchun bu almashinuvni xarakterlash maqsadida tanadan ajraladigan umumiy is­siqlikni aniqlash kifoya. Issiqlikni o’lchash esa kaloriya birligi bilan ifodalanadi. Kaloriyani quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Ya'ni 1 kaloriya - 1 g. suvni 10S isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori. Bu o’lcham juda kichik ko’rsatgich bo’lganligi uchun amalda kilokaloriya birligi ishlatiladi, u 1000 kaloriyaga teng bo’lib, 1 l suvni 10S isitish uchun talab qilinadigan issiqlik. Keyingi paytlarda xalqaro birliklar tizimida issiqlikni o’lchash uchun Joul qabul qilingan. 1 Jo­ul-1Vatt, 1 sek. 2,39·10-4 yoki 1 kkal=4,19 kJga teng.
Iste'mol taomlarida energiya beruvchi moddalar karbon­suvlar, yog’lar va oqsilar bo’lib, ularning tarkibida mavjud potensial energiya tanada ikki yo’l bilan ajraladi. Ya'ni be­vosita molekulyar kislorod ishtirokida aerob holda (bunga misol qilib glyukozaning SO2 va N2O-gacha parchalanishini olish mumkin) va kislorodsiz sharoitda ya'ni anaerob holda (bunga glyukozaning sut kislotasigacha parchalanishini misol qilib olish mumkin). Har ikkala holda ajraladigan energiya miqdori bir-biridan keskin farq qiladi.

S6N12O6+6O2® 6N2O+6SO2+2950 Kj/mol (aerob holat)


S6N12O6® 2S3N6O3+ 245 Kj/mol (anaerob holat)
Anaerob parchalanish natijasida hosil bo’lgan sut kislo­tasi zaxira potensial energiyaga ega. 1 g sut kislotasi yon­ganda 3600 kal energiya ajralib chiqadi va shu sababli ham bu yo’l bilan ajralgan energiya aerob holga qaraganda ancha kam.
Har ikkala yo’l bilan yuzaga kelgan energiya ham hosil bo’lgan adenozinuchfosfat kislotasi (ATF) molekulasida yig’iladi. Organizmda energiyaga nisbatan ehtiyoj tug’ilsa ATF dagi zahira energiya gidrolizlanish yo’li bilan undagi oxirgi fosfat gruppaning uzilishidan ximiyaviy energiya shaklida ajralib chiqadi va tegishli hujayralar tomonidan o’zlashtiriladi. Glyukozadan qancha ATF hosil bo’lishi uning qanday yo’l bilan parchalanish xususiyatiga bog’liq, bu holat quyidagi chizmada aniq qilib ko’rsatilgan.









glyukoza, 1 molekula




















































Sitoplazmadagianaerobglikoliznatijasidasutvapirouzumkislotasininghosilbo’lishitufayli (Elebden-Meyergofyo’li)






Mitoxondriyadagi


anaerob glikoliz
natijasida
(Krebs sikli)




Sitoplazmada aerob oksidlanish natijasida (Varburgning pentoz sikli)





















2 molekula ATF 30 molekula ATF 117 molekula ATF
ATF ning shunday bir xususiyati borki, organizmning qaysi bir a'zosi yoki qismiga energiya talab qilinsa, o’sha yerda u to’planadi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish