1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Yog’da eruvchi vitaminlar



Download 491 Kb.
bet59/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Yog’da eruvchi vitaminlar.Vitamin A (retinol) odam organizmida bir qator muhim funksiyalarni bajaradi, u o’sish jarayonida faol qatnashadi, ko’z to’r qavatidagi tayoqcha va kolbalardan iborat ko’rish elementlardagi rodopsin va yodopsinlar tarkibiga kiradi va hokozo. Retinol toza holda faqat hayvon mahsulotlarida uchraydi, shu bilan bir qatorda u odam organizmida o’simlik pigmentlari karotinlardan sintezlanadi (ingichka ichak devori va jigarda). Karotinlar ko’pgina o’simliklarda ancha-muncha uchraydi, ularning eng faoli -karotin bo’lib, 1 mg -karotin 0,12 mg vitamin A kuchini berar ekan. Amalda vitamin A miqdori haqida gap yuritilganda -karotin miqdori nazarda tutiladi. Masalan, odamda vitamin A ga bo’lgan ehtiyoj -karotin hisobida 1 mg. Vitamin A yetishmasligi shapko’rlik va teri epiteliyasi metoplazmasiga olib keladi. Shapko’r odam qorong’i tushishi bilan ko’rmay qoladi. Teri epiteliysi metaplaziyasi vaqtida nafas yo’llari shilliq qavatida rezistenlik kuchsizlanib renit, laringit, bronxit va pnevmoniya kasalliklari kelib chiqadi.
Retinol eng ko’p uchraydigan mahsulot bu baliq 19 mg %, jigar 8 mg % bo’lib u yana tuxum 0,4 mg%, sariyog’ 0,4-0,5 mg % va sutda 0,02 mg % ham bo’ladi.
O’simlik mahsulotlaridan -karotin eng ko’p qizil sabzi 9 mg %, ko’k piyoz, bulg’or qalampiri 2 mg %, zardoli 1,6 mg %, oshkadi 1,5 mg %, pomidorlarda 1 mg % uchraydi. Sutda vitamin A juda kam bo’ladi 0,015 mg%, lekin qora mollar yoz va kuz paytlari ko’proq -karotinli ozuqalar yeganida sut sariq rangda bo’ladi. Bu uning tarkibida retinolning biroz ko’payganidan darak beradi, chunki -karotin sariq rangli pigment.
Vitamin A foydali deb, ba'zan uni tayyor holda yosh bolalarga ko’plab berish hollari kuzatiladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, me'yoridan oshiqcha retinol (kunlik miqdori 15 mg dan oshsa zaharli moddadek ta'sir etishi mumkin, qusish tana haroratining ko’tarilishi, terida qon tomirlarining yorilishi va hokozo).
Vitamin D (kalsiferol) ximiyaviy tarkibiga ko’ra ergokalsiferol (vitamin D) va xolekalsiferol (vitamin D3 shaklida uchraydi). Bu vitamin odam terisida quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'siri tufayli xolesterin hosilalaridan sintez qilinadi. Vitamin D ichaklar orqali kalsiy va fosforning so’rilishini yaxshilaydi va suyaklar minorilizatsiyalashida qatnashadi. Shuning uchun u yetishmasa yosh bolalarda suyak qotishmaydi (raxit), natijada yurish uchun harakat qilinsa ularning oyoqlari egri bo’lib qoladi.
O’simlik mahsulotlarida kalsiyferol uchramaydi unga eng boy narsa baliq mahsulotlari, keyin u tuxum, sut, sariyog’, jigarda ham uchraydi. Vitamin D - ga bo’lgan kunlik ehtiyoj 100 Me (Me - xalqaro birlikda - 0,26 mkg). Homilador ayollar, quyoshni kam ko’radigan o’lkalarda yashaydigan odamlar bu vitaminga boy mahsulotlardan yetarli miqdorda iste'mol qilib turishi kerak. Agar u me'yoridan ko’proq qabul qilinsa zahar sifatida ham ta'sir qilishi mumkin.
Vitamin Å (tokoferol) to’qimalarning nafas olishida, oqsil va yog’larning hazm bo’lishida faol ishtirok qilib, ATF sintezini tezlashtiradi, jinsiy bezlar, gipofiz, buyrak usti bezlari faoliyatiga ta'sir qiladi. Tokoferol muskullar o’sishi va kuchiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu vitamin yetishmasa muskullarning zaiflashishi jinsiy kuchsizlik ro’y beradi.
Tokoferolning yana bir xususiyati shundan iboratki, u hujayralarda lipidlar oksidlanishining oldini oladi. Gap shundaki, hujayralardagi to’yinmagan yog’ kislotalari oksidlanishidan piroksid, oksid, gidroksidlar hosil bo’lib, ular to’qimalarni zaharlaydi va hatto o’ldirishi ham mumkin. Bu moddalar yana bir qator ferment va vitaminlarning faolligini zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
Unga bo’lgan kunlik talab o’rtacha 10 mg. Tokoferol yog’ mahsulotlaridan (paxta 114 mg %, makkajuxori 93 mg %, kungaboqar yog’i 67 mg %) tarkibiga kiradi. Yana u no’xat 9,4 mg %, soya 17,3 mg %, tuxum 2 mg % tarkibida ham bo’ladi.
Vitamin K (filloxinon) qon ivishida bevosita ishtirok qiladigan oqsillar sintezida (jigarda) va shu bilan uning biologik faolligi belgilanadi. Vitamin K - ga bo’lgan kunlik ehtiyoj 0,2-0,3 mg bo’lib, uni asosan sabzovotlar (karam, ismaloq, oshkadi, pomidor), hamda jigar bilan qabul qilish mumkin. Odam ichagidagi mikroflora vitamin K ning sintezlanishida muhim rol o’ynaydi. Ichaklardan vitamin K ning qonga so’rilishi kamayadi va shu sababli unga nisbatan tanqislik yuzaga keladi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish