1- Laboratoriya mashg’uloti.
Preparatni gramm usulida bo’yash.
Maqsad: 1) Gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalar haqida tushunchaga ega bo’lish; 2) bakteriologik preparatni gramm usulida bo’yash.
Nazariy qism: Mikroorganizmlarning turini aniqlashda ularning gramm uslida bo’yalish yoki bo’yalmasligini bilish talab etiladi. Bu xususiyatini ularni ikki guruxga bo’linishiga sabab bo’lgan. 1884 yilda daniyalik shifokor olim G. K. Gram bir gurux bakteriyalar anilinli bo’yoqlar bilan bo’yalib, gentsian bilan, ikkinchi gurux bakteriyalar metilenli va boshqa bo’yoqlar bilan bo’yalib, keyin yod eritmasi bilan fiksatsiyalanishini aniqladi. Preparatni spirt bilan yuvilganda yaxshi bo’yalgan bakteriyalarni grammusbat Gram (+), yaxshi bo’yalmaganlarini grammanfiy (Gram (−) deb ataldi.
Bakteriyalarning bu xususiyatidan ularni sistematikasida ham foydalaniladi, shuningdek, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlarini ham belgilab beradi. Bu xolat xujayra qobiqlari orasidagi murein moddasining miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
1-rasm. grammusbat(A) va grammanfiy (B) bakteriyalar: 1-tsitoplazmatik membrana,
2-peptidoglikan (murein),3 – periplazmatik bo’shliq,4- tashqi membrana,
5- nukleoid (M.I.Gusev, L.A.Mineeva, 1985.)
Gram usulida bo’yashda ko’pincha trifenilmetanli anilinli bo’yoqlar: gentsian, siyoh rang metilen yoki kristallviolet ishlatiladi. Gram (+) mikrorganizmlar bu bo’yoqlar bilan va yod ishtirokida mustaxkam bog’ xosil qiladi va spirt bilan yuvilganda rang o’chib ketmaydi va fuksin bilan qo’shimcha bo’yalganda Gram (+) mikroorganizmlar o’zining dastlab siyoxranggini yo’qotmaydi.
Kerakli jihozlar: grammusbat kokklar, spora hosil qiladigan bakteriyalar yoki achitqilar, mikroskop va u bilan ishlatiladigan jixozlar, anilin bo’yoqlari, gentsian va metilen ko’ki, yodning kaliy yod yoki spirtdagi eritmasi, fuktsin, spirt, va boshqa bo’yoqlar.
Ishning borishi: 1. Materialni bo’yashga tayyorlash.Toza yog’sizlantirilgan buyum oynasiga material (mazok)ni juda yupqa qilib suriladi. Mazokni havoda quritiladi va fiksatsiyalanadi.
2. Fiksatsiyalash. Yuqori harorat tasirida (2 sek davomida buyum oynasi yonib turgan spirtovka alangasiga tutib olinadi) yoki kimyoviy modda tasirida mazok tarkibidagi bakteriyalarni buyum oynasiga yopishtiriladi. Natijada u bo’yoqni yuvilganda oyna yuzasidan tushib ketmaydi. Bundan tashqari fiksatsiyalash tufayli nobud bo’lgan bakteriyalar tiriklariga nisbatan yaxshi bo’yaladi. Fiksatsiyalash natijasida bakteriya tsitoplazmasidagi oqsillar koagulyatsiyuga uchraydi. Bakteriyalarni bo’yash jarayoni:
Fiksatsiyalangan mazok ustiga bo’yoq quyib, 2-3 daqiqa ushlab turiladi. Ortiqcha bo’yoq filtr qog’oz bilan shimib olinadi.
Bo’yog’i shimib olingan mazokka Lyugol yoki yod eritmasi quyiladi (kaliy yodidning suvdagi eritmasi va kristallik yod 2:1 nisbatda), preparat qorayguncha 1-2 daqiqa ushlab turiladi.
Eritma yuvib tashlanadi, mazok rangsizlanguncha 96° etil spirtom yoki atseton bilan chayqaladi (taxminan 1 daqiqagacha yuviladi).
Oyna distillangan suv bilan yaxshilab yuviladi (1-2 daqiqa).
Grammanfiy bakteriyalarni aniqlash uchun preparat yana fuksin bilan bo’yaladi (2-5daqiqa).
Preparatni oqib turgan suvda yuvib, filtr qog’oz bilan quritiladi.
Qurigan preparatni mikroskop ostida kuzatiladi.
V. Xulosa: ishni bajarib bo’lgach, rangli qalamlar bilan bakteriyalarning rasmlari chizib olinadi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Mikroorganizmlarning bo’yalishiga ko’ra necha xil bo’ladi?
2. Qanday mikroorganizmlar grammusbat guruxga kiritiladi?
3. Qanday mikroorganizmlar grammanfiy guruxga kiritiladi?
4. Mikroorganizmlarni bo’yashda qanday moddalardan foydalaniladi?
5. Nima uchun gram usulida bo’yash murakkab bo’yash usuliga kiritiladi?
6. Bu usulni kim va qachon aniqlagan?
7. Gram usulida bo’yalishning qanday ahamiyati bor?
8. Bakteriyalarning Gram usulida bo’yalishiga nima sabab?
ADABIYOTLAR:
Salomov H. Salomov Sh. Mikrobiologiya asoslari T. Mehnat 2002.
G’aniev B. Mikrobiologiya Toshkent Mehnat 1990.
Inog’omova M. Mikrobilogiya va virusologiya asoslari. Toshkent O’qituvchi 1983.
Mustaqilov O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari Toshkent O’qituvchi 1995.
Mishustin ye.N, Emsev V.T. Mikrobiologiya. Moskva Kolos 1970.
Do'stlaringiz bilan baham: |