0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
0 ‘ZBEK ISHI
0 ‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi Koryagin mashi- 
naning orqa o‘rindig‘ida o‘tirar, toliqqan edi. Eski ,Jiguli“ 
ikki betida baqateraklar tizilgan, onda-sonda paxta laxtaklari 
to‘kilib qolgan yoidan borar, mashina eshigi asabni qaqsha- 
tib, muttasil g‘iyqillardi.
Jumanov degani, mana, to‘rt oydirki, aybini bo‘yniga ol- 
maydi. U yoqda gruppa boshlig‘i Ambarsumyan siquvga olib 
yotibdi: ,3 iz sizni yosh, g‘ayratli mutaxassis sifatida bu ishga 
jalb qilgandik. Boshqalar obkom sekretarlarini yong‘oqdek 
chaqib tashladi. Siz bo‘lsangiz, allaqanday sovxoz direktorini 
eplay olmaysiz“.
Ming la’nat hammasiga! Paxtasigayam, Jumanovgayam! 
Awal ham ,,shug‘ullanishgan“ u bilan. Bir emas, ikkita ter­
govchi... Umuman, o‘rgimchak uyasiga o‘xshaydi bular. 
Hammasi chatishib ketgan.
Shu tobda mashina haydab borayotgan Berdiyev ham 
ko‘ziga shubhali ko‘rindi. Viloyat prokuraturasi xodimi. 
Peshka! Qarang, shuniyam tagida mashina. ,,Nol-olti“. 0 ‘zi- 
da-chi? Kichik adliya maslahatchisi-da! Mototsikl ham 
yo‘q... Muncha g‘iyqillaydi bu eshik?!
- Mashinangizni moylasangiz boimaydimi, Berdiyev?
Berdiyev ortiga qarab jilmaydi:
- Kechirasiz, Vasiliy Stepanovich! - dedi chap qo‘li bi­
lan rulni ushlaganicha, o‘ng qo‘lini ko‘ksiga bosib. - Mashi­
na meniki emas...
,,Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yishga balo bormi? Qullik psixo- 
logiyasi!“
- Nima, otangiznikimi?
- Yo‘q, Vasiliy Stepanovich! Qo‘shnimizniki. Bir kunga 
so‘rab oldim.
Koryagin jilmaydi.
- Tushunarli... Bundan chiqdi, qo‘shningiz Qahramon...
- Qahramon! - Berdiyev favqulodda yangilikni xabar qi-


Uzun kechalar
97
layotgandek, samimiy shang‘illadi. - Qahramon Ona! 0 ‘n ik- 
kita bolasi bor.
,,Xo‘p qahramonlik qiptimi? Kalamushga o‘xshab bola- 
lash jasorat bo‘lsa... Aslida, mana qayerda yotibdi o‘g‘irlik- 
ning ildizi! Churvaqalar tug‘ilaversa, yeyman-ichaman deb 
og‘zini ochib turaversa...“
- Aytib qo‘ying, Berdiyev. Kampir mashinasining eshi- 
gini moylab yursin...
Berdiyev kuldi.
- Kampiming pravasi yo‘q, Vasiliy Stepanovich. Ma­
shina haydolmaydi.
- Bundan chiqdi, sizning ismingizga xatlatgan... „Qahra- 
mon“ga qanday qarindoshchiligingiz bor?
,,Qitmir“ savol, Koryagin o‘zining soddaligidan miyig‘i- 
da kuldi. Bordi-yu, Berdiyev mashinasini „Qahramon ona“ 
nomi bilan xaspo‘shlagan taqdirda ham og‘zidan gullarmidi? 
Har qalay yurist...“
- Aytdim-ku, qo‘shnisi bo‘laman! - Berdiyev orqaga o‘gi- 
rilib tag‘in shang‘illadi. - Mashinani kampiming to‘rtinchi 
o‘g‘li haydaydi. Pedagog. Krupskaya mukofoti laureati. Mak- 
tabda rus tilidan dars beradi.
„Laureat emish! Rus tilidan dars berarmish! Qani o‘sha 
laureatning shogirdlari? So‘roq paytida ko‘zini lo‘q qilib tu- 
radi. Rus tilini bilmasmish. Aslida-ku, sovet hokimiyatida 
oltmish to‘qqiz yil yashab rus tilini o‘rganmaslik... Biladi! 
Baloni biladi! 0 ‘zini go‘llikka soladi. Keyin majbur bo‘la- 
san Berdiyevga o‘xshagan mahalliy huquqshunoslami yor- 
damga chaqirishga...“
- Laureatingizning mashinasi tezroq yura oladimi, yo 
aravadan farqi yo‘qmi?
- Mayli-ku, yo‘l tor, Vasiliy Stepanovich! Telejka chiqib 
qolishi mumkin...
- Tor bo‘Isa, ko‘zingizga qarang! Meni birinchi marta 
ko‘rayotganingiz yo‘q!


98

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish