О ‘tkir Hoshimov
Buvisining jahlini chiqarmaslik uchun sekin chiqib keta
qoldim. Hali dars boshlanmagan edi. Kechadan buyon ichim-
ga sig‘dirolmayotgan gapni o‘zim bilan bitga partada o‘tiradi-
gan Nusratga aytib berdim. Nusrat ko‘zimga qarab turdi-da,
birdan xaxolab kulib yubordi.
- Boshing yonib ketgan bo‘Isa, manavini qayoqdan ol-
ding! - dedi peshanamga chertib.
Atrofimizni bolalar o‘rab olishdi. Nusrat gaplarimni oqiz-
may-tomizmay bolalarga aytib berdi. Chekka-chekkadan mas-
xaraomuz savollar yog‘ila boshladi:
- Boshingni ustida gugurt chaqqaning yo‘qmidi?
- Balki chaqmoq tegib yonib ketgandir?
- Adham-chi, Adham... Uyam kalla sho‘rva pishirdimi?
Hatto hech qachon bunaqa gaplarga aralashmaydigan
eng yuvosh Mo‘minjon ham gap otib qoldi:
- Boshing yonganida qanaqa hid chiqdi?
Hammalari sinfiii boshlarga ko‘tarib qahqaha otib kulishdi.
Birinchi dars biologiyadan edi. Odamning maymundan
tarqalganini jon kuydirib tushuntiradigan, o‘zining ham alla-
qayeri maymunga o‘xshab ketadigan, qanshari past, burun
kataklari keng o‘qituvchimiz bo‘lardi. 0 ‘sha sinfga kirishi
bilan hamma jimib qoldi. U odaticha stulni qog‘oz bilan
yaxshilab artdi-da, o‘tirib yo‘qlama qila boshladi. Adham-
ning familiyasini aytganida yonimdagi Nusrat hammadan
oldin javob qildi:
- Adhamni ajina chalib ketibdi.
Bolalar gurr etib kulib yuborishdi.
0 ‘qituvchimiz jumaldan boshini ko‘tarib, jerkib so‘radi:
- Nima?
- Mana, Rustam ko‘ribdi, - dedi Nusrat menga imo qilib.
- Nimani ko‘ribdi?
-A jina chalganini, - dedi Nusrat yana iljayib. - Jintepa
ga chiqishgan ekan, ajina chalib ketibdi.
Jahli chiqqanidan o‘qituvchimizning yuzi qizarib ketdi.
Uzun kechalar
93
- Tur o‘mingdan! - dedi menga. - Nima deb aljirading?
Qanaqa ajina?
Sekin o‘mimdan turdim.
- Men ajina chaldi deganim yo‘q, - dedim to‘ng‘illab. -
Adhamning boshidan cho‘g‘ chiqib ketdi.
0 ‘qituvchining burun kataklari yanayam kengayib ketdi.
- 0 ‘zingnikidan chiqmadimi ishqilib?
Bolalar boyagidan ham dahshatli qahqaha urib yuborishdi.
- Chiqdi! - dedim qaysarlik bilan.
0 ‘qituvchining oldinga turtib chiqqan iyagi yanayam
cho‘zilib ketgandek bo‘ldi.
- Nima chiqdi? - dedi kinoya qilib.
- Cho‘g‘ chiqdi! - dedim ovozim titrab. - Sochimdan
cho‘g‘ chiqib ketdi.
- Sochingdan emas, ko‘zingdan chiqib ketgandir.
Bolalar yana xaxolab kulishdi.
Alam bilan baqirib yubordim:
- Axir, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.
- Sening boshing emas, miyang yonib ketganga o‘x-
shaydi. 0 ‘tir!
Biologiya o‘qituvchisi nima dedi, nima dars o‘tdi, esim-
da yo‘q. Tanaffus paytida bolalarga mazax bo‘lmaslik uchun
maktab bog‘ining etagidagi issiqxona atrofida aylanib yurdim.
Darsga kirgim kelmasdi. Hozir fizika o‘qituvchisi kiradi. Yana
yo‘qlama qiladi. Adhamga gal kelganda hammasi qaytadan
boshlanadi.
Fizika o‘qituvchimiz Ismoil aka yo‘qlama qilib o‘tirma-
di. Sinfga kirishi bilan atrofga bir qaradi-yu, so‘radi:
- Adham qani?
Bolalar xuddi shuni kutib turgandek, xaxolab kulib yu
borishdi.
Ismoil aka qoshini chimirib so‘radi:
- Nima gap?
Nusrat o‘zini tutolmay qomini ushlab kula boshladi.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |