О ‘tkir Hoshimov
xarsang - hech nima yo‘q edi. Yana momaqaldiroq guldira-
di. 0 ‘sha zahoti Adhamning dahshat to ia tovushi eshitildi:
- Rustam! Boshing yonyapti, Rustam!
Hayron boiib Adhamga qaradim-u dahshatdan qotib qol-
dim. Adhamning sochlari tikka-tikka bo‘lib ketgan, negadir
sochi orasidan ko‘kimtir cho‘g‘ sachrab osmonga otilardi.
- 0 ‘zingni... 0 ‘zingni boshing yonayapti! - dedim du-
duqlanib.
- Voydod! - Adham ko‘zlari olayib boshini changallagan-
cha yugurib ketdi. Men ham toshlarga qoqilib-qoqilib uning
ketidan chopdim. Momaqaldiroq tinimsiz gumburlar, ora-cho-
ra sukunat cho‘kkanida sochlarim o‘zidan-o‘zi tikkayib, yonib
ketayotganga o‘xshar, Adhamni chaqiray desam, qo‘rqqanim-
dan ovozim chiqmasdi.
Oradan qancha o‘tganini bilmayman. Bir mahal yigirma
qadamcha oldinda yugurib ketayotgan Adham bir narsaga
qoqilib yiqilib tushdi. Men yetib kelganimda u hamon bo
shini changallagancha kiyiko‘tlar orasida g‘ujanak bo‘lib
yotardi.
- Tur o‘mingdan, Adham! - dedim yelkasidan tutib.
U qo‘rquv bilan menga qaradi.
- Boshing yonib ketmadimi? - dedi yig‘lamsirab.
- 0 ‘zingniki-chi?
Ikkalamiz beixtiyor boshimizni ushlab ko‘rdik. Yo‘q, hech
qayerimiz yonmagan, sochimiz ham kuymagandi.
- 0 ‘z ko‘zim bilan ko‘rdim! - dedi Adham hamon qo‘r-
quvdan ko‘zlari olayib. - Sochingdan olov chiqib ketdi. Xu-
do ursin, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.
- Men ham ko‘rdim! - dedim Adhamning boshiga sin-
chiklab qarab. - Sening boshingdan ham cho‘g‘ chiqib ket
di. Soching o‘zidan-o‘zi tikka bo‘lib, cho‘g‘ sachrab ketdi.
Ko‘kimtir cho‘g‘.
Yana momaqaldiroq gumburladi. Yirik-yirik yomg‘ir
tomchilari shatir-shutur qilib tusha boshladi.
Uzun kechalar
91
- Ajina - Adham sakrab o‘midan turib ketdi. - Ajina
chaladi. Qoch!
Yana avvalgidek u oldinda, men keyinda yugurib ket-
dik. Ammo endi Adhamning boshidan cho‘g‘ chiqmas,
savalab yomg‘ir yog‘ar edi. Faqat mol fermasi oldiga kel-
gandagina sal nafasimizni rostladik. Qishloqqa kirgani-
mizda yomg‘ir tinib qolgan edi. Jintepa ustida quyosh bo-
tib borardi.
Adhamning ust-boshi loy bo‘lib ketgandi. U xayrlash-
masdan to‘g‘ri uyiga kirib ketdi. Men ham uyga kirdim-u
damimni chiqarmay, yotib ola qoldim. Jintepaga chiqqani-
mizni oyim eshitsa, sog‘ qo‘ymasligini bilardim.
Kechasi bilan alaq-chalaq tushlar ko‘rib chiqdim. Qa-
mishzorga kirib qolibmanmi-ey, qamishlar yonib ketib-
dimi-ey...
Ertalab yuvinayotganimda nuqul labim achishaverdi. Ar-
tinayotib, oynaga qarasam, hammayog‘imga uchuq toshib
ketibdi.
- Kun bo‘yi har xil o‘yinlami o‘ynaydi-di, kechasi alah-
lab chiqadi! - dedi oyim zarda bilan.
Indamasdan papkani ko‘tarib Adhamlamikiga chiqdim.
Buvisi hadeb sigiming yeliniga yopishayotgan buzoqni chet-
ga tortayotgan ekan.
- Menga bering, buvi, - dedim arqonga qo‘l uzatib.
- Qoch, qorang o‘chgur! - Adhamning buvisi arqonning
bir uchi bilan yelkamga tushirib qoldi. - Bolani nima qilding?
Senga baloyam urmaydi...
Demak, eshitibdi... Papkamni ko‘targancha sekin ichkari
kirdim. Adham kirpech ilingan devor ostidagi temir karavot-
da yotar, rangida rang qolmagan edi.
- Tuzukmisan? - dedim peshanasiga kaftimni bosib.
Uning boshi cho‘g‘ bo‘lib qizib ketgandi.
- Darsga borolmayman, - Adham sekin pichirladi. - Tez
roq keta qol. Buvim urishadilar.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |