0 ‘ Т К I R H O S H I M O V
UZUN
kechalar
Bir
yarim yildirki, о
sha sirli olam
xayolida tunlari uyqusiz kezib chiqar,
ammo unga kirolmay azob chekar edi.
Bu — ijo d . o l a m i e d i !
1
—
—- г . —
* 4. '.•■в*,
' "
"a*
' _«*-
*******
^
■>jg
-
.- :v
~
H
I
K
O
Y
A
L
A
R
UO‘K: 821.512.133-32
КВК 84(50‘)6
Н 71
0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi 04kir Hoshimovning „Dunyoning
ishlari“ qissasini o‘qigansiz. Bu
kitob dunyodagi eng mehribon, eng
aziz inson - onalarga bagishlangan go‘zal asarlardan biridir. Adibning
ushbu to‘plamga kiritilgan ,,Laylak“, „Tamov“, ,,0 ‘zbeklar“, „Deh-
qonning bir tuni“ hikoyalari qahramonlari ham onalar. Yo‘q, adib
onangizni asrang, tirikligida uning qadriga yeting deb nasihat qil-
maydi.
Xuddi quyosh kabi umrimizni, chiroq nuri misol qalbimizni
yoritib turgan ona mehrini har doim ham payqayvermasligimizni,
onani yo‘qotgandan keyingina afsus va nadomat chekishimizni yorqin
misollar orqali tasvirlab beradi.
0 ‘ylaymizki, sizni o‘ylashga, mushohada
yuritishga chorlovchi
ushbu kitob ko‘ngil mulkingizdan munosib o‘rin oladi.
ISBN 978-9943-5936-4-0
© 0 ‘tkir Hoshimov.
© „Ziyo nashr
66
nashriyoti, 2019.
NEGA? NEGA?
Trolleybus silkinib qo‘zg‘aldi.
- Keyingisi - Beshinchi mavze! Pattalami chekichlashni
unutmanglar. Yo‘lda nazoratchi bor.
Hamidulla o‘rta qatordagi o‘rindiqda o‘tiribdi. Deraza
oldida.
,,Qo‘rqadi nazoratchilaringdan!
Talaba anoyi ekan-da,
tutqich beradigan. Yarmi sambochi, yarmi karatechi!“ Shu-
naqa deydi-ku, keyingi paytda nazoratchilar ham kooperativ
tuzgan. Pattasiz odanini ushlasa, jarimani qurtdek sanab ola-
di. Bir gal o‘zi ham qo‘lga tushdi. Kap-katta odam. Uyat-e!
Palakat bosib, pattasi tugagan ekan... Bir emas, to‘rtta xirs-
day yigit atrofingni o‘rab turgandan keyin ilojing qancha?
To‘laysan!
-
Eslataman, yo‘lda nazoratchi bor.
„Quloq soladi gapingga! Ichida so‘kayotgandir hammasi“.
Bunaqa paytda markaz tomonga odam kam bo‘ladi. Trol
leybus tiqilinch emas. Har kuni bitta yo‘ldan yuraverganing-
dan keyin o‘rganib ketarkansan. Sakkiz yildan beri shu
(qamoqdan qaytganidan buyon) Qoraqamish ,,ikki-bir„dan
(topgan nomini qarang: ,,ikki-bir„mish, o‘lsin agar, odamning
tili kelishsa) sekin yo‘lga tushadi. Bitta-bitta yur-e-eb talaba-
lar shaharchasiga keladi. Trolleybusga o‘tirib (ertalab joy be-
malol-da) 0 ‘rdagacha boradi. Ishga. Oshxonaga.
Kechqurun
shu yo‘ldan orqaga qaytadi. Qoraqamishga. Uyiga. „Shef ‘ -
insofli odam. Uyg‘ur - Oxun aka. Ishga undan oldin borib